Kabellarni tanlash
Kabellar elektr qurilmalarda keng qo'llaniladi. Odatda, 6—10 kV li iste'molchilar kabel liniyalar orqali ta'minlanadi, kabellar taqsimlash qurilmalarida kabel tunnellariga, yerga va transheyalarga qo'yilgan bo'ladi. Elektr stansiya va podstansiyalarning o'z ehtiyoji iste'molchilarini ulash uchun tegishli shinalardan tashqari yana 6 va 0,4 kV li kabellar qo'llaniladi. Bu kabellar kabelli yarim qavatlarda, tunnellarga, devorlarga va imorat tuzilmalariga yoki ochiq taqsimlash qurilmalariga mahkamlangan turli metall tarnovlarga o'rnatiladi. IEM va AES laming ishlab chiqarish xonalarida yong'in xavfsizligini ta'minlash uchun kabel izolyatsiyasi, qobig'i va qoplamasi yonmaydigan materiallardan, masalan, o'zi o'chadigan polietilen yoki polivinilxlorid plastikadan tayyorlanadi.
Kabelga ta'sir etuvchi o'rnatilgan joyi, muhit xossalari, mexanik kuchlarga qarab kabellarning turli markalari tavsiya etiladi. 6—10 va 35 kV li plastmassa izolyatsiyali kabellarning ruxsat etiladigan g'ovaklari, qog'oz izolyatsiyali kabellarniki singari olinadi. 0,5 va 1 kV li kabellarning yuklamasi rezina izolyatsiyali kabellarning ruxsat etilgan yuklamasiga mos bo'ladi.
Kabellar quyidagicha tanlanadi:
• Qurilmalarning kuchlanishi bo'yicha Uishl < Unom ;
• Tuzilmasi (konstruksiya) bo'yicha;
• Tokning tejamkorlik zichligi bo'yicha qe=Inorm/je;
• Ruxsat etiladigan tok bo'yicha Imax < Irux.et
bunda Irux.et — yerga qo'yilgan qo'shni kabellar qatorining sonini tuzatuvchi k, va atrof muhit temperaturasini tuzatuvchi k2 tuzatish koeffitsiyentlarini hisobga olin-gandagi uzoq ruxsat etilgan tok:
Inom = k1 k2 Irux.et
kj va k2 tuzatish koeffitsiyentlari, ruxsat etiladigan tok kattaligi ma'lumotnomalar-dan yoki PUE dan olinadi.
Normal ish rejimi bo'yicha olingan kabellar 0OX < 0oxruxset yoki qmin < qshan bo'yicha termik turg'unlikka tekshiriladi.
Bunda uzun bo'lmagan kabellar kabelning boshlanishida q.t. toki bo'yicha tekshiriladi; kesimining uzunligi bo'yicha pog'onali yakka kabellar esa har bir uchast-ka boshida q.t. bo'yicha bevosita kabel bog'lamidan so'ng, ya'ni q.t. tokining tar-moqlanishi hisobga olib tekshiriladi.
O'tkazgichlarning kesim yuzalari qizish sharti, himoya asbob-uskunaning toki va^tokning iqtisodiy zichligi bo'yicha tanlanadi. Sex tarmoqlari nisbatan qisqa bo'lgani uchun ular kuchlanish isrofi bo'yicha tekshirilmaydi (bu shart bo'yicha faqat yoritish tarmoqlari tanlanadi). Tanlash shartlarini ko'rib chiqamiz.
Tokning iqtisodiy zichligi bo'yicha tanlash. O'tkazgichlarning kesim yuzasi s=Ih/Je sharti bo'yicha ham tanlanadi. Kuchlanish 1000 V gacha bo'lgan elektr tarmoqlarida bu shart bo'yicha tanlangan kesim yuzalari shartlarda tanlangan yuzalardan 2—3 marta katta bo'ladi. Bu o'tkazgich materiallarini ko'p sarflashga sabab bo'ladi. Shuning uchun bu tarmoqlarda Je bo'yicha tanlash quyidagi hollarda ishlatiladi.
1) agar Tm > 6000 - 7000 soat bo'lsa:
2) elektroliz qurilmalarining elektr o'zgarmas tokli tarmoqlarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |