Asarni o’quvchilar tomonidan tinglash. Qo’shiqni badiiy tahlil qilish



Download 26,14 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi26,14 Kb.
#301946
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)

3. Qo’shiqni musiqiy tahlil qilish.

  • Qo’shiq ruhiyati tempi (allegro,moderato,va hokazo)orqali aniqlanadi

  • Qo’shiqning tonalligi (kalit oldi belgilari,boshlanish notasi, tugallanish notasi orqali)aniqlanadi

  • Asarda ishtirok etayotgan notalar cho’zimi haqida fikr yuritiladi.

  • Dinamik belgilar (f-forte , p-piano ,va hakazolar)ga e’tibor qaratiladi

  • Qaytarish belgilari (repriza , volta , va hokazolar) qayd etiladi

Asar Moderato - o’rtacha tezlikda ijro etiladi. Kalit oldida hech qanday kalit belgisi yo’. Do notasidan boshlanib, do notsida tugallangan. C-dur (Do major) tonalligida yozilgan. Asar 6/8 o’lchovida yozilgan. Unda ishtirok etayotgan notalar cho’zimlaridan chorak, nimchorak va 16 talik chozimlar mavjud. Dinamik belgilaridan mf-ortcha balandlikda ijro etiladi. Reprizalar mavjud.

Dilorom Omonullayeva

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi. Kompozitor Dilorom Omonullayeva O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga estrada qo'shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. U o'zining ijodiy faoliyati bilan respublika musiqa san'atining rivojlanishiga samarah hissa qo'shib kelmoqda. Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tug'ildi. Diloromning qalbiga ona allalari bilan birga musiqiy mo'jizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi bo'yicha o'qiy boshladi. 12 yoshida esa professor Boris Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham qo'shimcha saboq oldi. Ilk asarlari orasida torli orkestr, urma cholg'ular va fortepiano uchun 5 qismli suitasini milliy simfonik orkestri ijro etdi va muvaffaqiyat qozondi.

Dilorom Omonullayeva 1978-yili maktabni muvaffaqiyatli bitirib. Tosbkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor Boris Zeydman sinfida o'qishni davom ettirdi, kompozitor Rumil Vildanov sinfida o'qishni imtiyozli diplom bilan bitirdi. Yosh mutaxassis talabalik davridayoq Hamza xotirasiga bag'ishlangan fortepiano uchun «Sonata I», «Samarqand manzaralari» V qismi suitasi, «Sonata II», bir necha romanslar va III qismli kvartet, fortepiano va fleyta uchun «Pomir eskizlari» polifonik pyesalarni yaratdi.

Dilorom Omonullayeva 1984— 1986-yillarda yo'llanma bilan Guliston san'at bilim yurtida musiqa fanlaridan dars bera boshladi. 1986— 1990-yillarda D. Omonullayeva konservaioriyada professor To'lqin Qurbonov sinfida asisstenturani bitirdi, so'ngra 1990—1993 yillarda konservatoriyada «BastakorUk va cholg'ulashtirish kafedrasi»da o'qituvchi, 1993-yildan V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida o'qituvchi bo'lib ishladi. Dilorom Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo'shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U. Azimov, E. Obidov, N. Narzullayev. Z. Mo'minova, X. Xudoyberdiyeva va boshqalarning she'rlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo'shiqlar yaratdi. Ular «Siz yoqqansiz menga hamisha», «Yomg'ir yog'di» «Saraton». «Sen qaydasan», «Ikki daraxt», «Azizim», «Yig'lama», «Yolg'on dunyo» va boshqalar. Kompozitor turli yoshdagi bolalar uchun ham ko'p qo'shiqlar bastaladi. Uning qo'shiqlari teleradio to'lqinlarida doimo yangrab kelmoqda. 1984-yil shoira Nodira g'azallariga 2 ta romans yozdi.

Dilorom Omonullayeva musiqa san'atining boshqa janr va shakllarida ham asarlar yaratdi: fortepiano va simfonik orkestr uchun konsert, xor va orkestr uchun suita, kamer cholg'ular uchun musiqiy asarlar, jumladan, «Baxtimiz taronasi», «Istiqlol madhiyasi», fortepiano uchun sonata, fortepiano uchun «Bolalar albomi», 5 ta kichik pyesa, «Kichkintoylar uchun musiqa» to'plamiga 20 ta qo'shiq va 30 ta raqs kuylari kiritilgan, «Topishmoq aytishuv», «Topishmoq qo'shiqlar», «Alifbe qo'shiqlari* va boshqalarni Teleradiokompaniyaning «Bulbulcha» xor jamoasi simfonik estrada jo'rlig'ida ijro etib kelmoqda. Shuningdek, 1997-yil Usmon Azim she'riga «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali madhiyasini yaratdi. O'zbek Milliy teatri ochilishi munosabati bilan «Milliy teatr madhiyasi» va vatanparvarlik mavzusida 30 ga yaqin qo'shiqlar yaratgan.

Dilorom Omonullayeva «Do'stlik» ordeni bilan taqdirlangan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, «Ofarin» mukofoti sohibi, «O'zbekiston — Vatanim manim» va boshqa tanlovlar sovrindori.



Poʻlat Moʻmin

Poʻlat Moʻmin adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U oʻzining quvnoq sheʼrlari, zavqli qoʻshiqlari, qiziqarli dostonlari va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biriga aylangan edi.


U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik qiladi. 1948–1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951–1952 yillarda Oʻzbekiston Davlat nashriyoti bolalar adabiyoti boʻlimining mudiri boʻlib ishlaydi. 1954–1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962–1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida xizmat qiladi.
1949 yilga kelib uning “Sayrang, qushlar” nomli ilk toʻplami chop etiladi. Ketma-ket “Boʻl tayyor!”, “Tish choʻtkasi ertagi” (1955), “Hunardan unar” (1958), “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar” (1960), “Aql qayerda boʻlar?” (1962), “Oltin nay” (1967), “Rahmatga rahmat” (1969), “Eson va omon” (1971), “Odob va oftob” (1971), “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Gul va piyoz”, “Kuldi xiyol”, “Men sevaman, sen sevasanmi?”, “Oltin boshoqlar”, “66 oltin qoʻl”, “Ertakdan ertakka” (1990), “Fardlar kitobi” (1993) va boshqa toʻplamlari nashr etildi. Uning “Bolajon, bolajonim” kitobi 2004 yilda kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu toʻplamlarning hammasida yoshlarning begʻubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.
Poʻlat Moʻmin dramaturg sifatida ham “Qovoqvoy va Chanoqvoy” (1970), “Suqatoy va Konfetoy”, “Bahodirning jasorati” kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qoʻshiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning “Indamadi”, “Onadur ul, onadur”, “Senga bir gap aytaman” kabi oʻnlab qoʻshiqlari oʻzining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan oʻrin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga oʻgirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Poʻlat Moʻminning adabiyotimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholangan. U 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Asar yuzasidan mustahkamlash va xulosalash faoliyati

  • Qo’shiqni bir necha bor tinglanadi(qo’shiqni o’rganish avvalida , badiiy tahlildan oldin, musiqiy tahlildan oldin , qo’shiqni o’rgatishdan oldin, qo’shiqni ozlashtirilgandan keyin)

  • Qo’shiqni bir necha bor kuylatiladi.( forte,piano , tez , sekin va talab etilgan tempda va balandlikda)

  • Qo’shiqni uyga vazifa qilib beriladi va keyingi darsda talab etiladi.

  • O’quvchilardan qo’shiqni tinglash va kuylash davomida qanday kechinmalar va his tuygular o’tganligi xaqida suhbatlashiladi.

  • O’quvchillar ruhiyatida qo’shiqni o’zlashtirilgandan keyin qanday o’zgarishlar bo’lishi kuzatiladi.

Download 26,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish