BURHONIDDIN MARG’INONIY
ASARLARIDAN PARCHALAR
“HIDOYA” ASARIDAN
Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmas.
* * *
Sahbon o’g’li Ajlonning og’zidan chiqqan fasohatli so’zlarining o’zi bir xulqu tabiatdirki, u bularni otasi (Sahbon)dan olgan.
* * *
Senga ezgulik ko’rsatgan kimsaga ezgulik qilgin, chunonchi Javzo yulduzi botgandan keyin Shixara yulduzining porlashi go’zaldir.
* * *
Payg’ambar alayhissalomdan: «La’na ollohu ar-roshiy va-l-murtashiy», ya’ni «rishvat (pora) oluvchiga ham, beruvchiga ham, Alloh taoloning la’nati bo’lsin», degan hadisi sharif sodir bo’lgandur».
* * *
Qimorbozlar oy nurini g’animat bilib qimor o’ynasalar, tunlari qissayu hikoyatlar tinglovchilar esa bedorlikka parvo qilmaydilar.
* * *
Yozilgan kitob nusxasining to’g’riligi ko’z qorachig’ining boqqaniga bog’liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar.
* * *
Baland tog’larga ko’tarilib va pastliklarga tushib safar qilish uyda, devorlar ichida, mashaqqatlar orasida och o’tirishdan avlodir (xayrlidir).
* * *
O’z vaqtidan kechikib berilgan in»m-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bug’uvchidir.
* * *
Hunarmandu kosiblar qo’pdir, biroq mohiru qobiliyatlari ozdir (ya’ni, usta ko’pu ustasi ozdir).
* * *
Ikki narsa bir daraxtning butog’idir, ya’ni, ikkalasi ham bir xildir: biror narsa so’raganga (tilanganga) bersa-yu ammo keyin uni minnat qilsa, ikkinchisi, o’zining in’om — ehsonini ayab, xassislik qilsa, chunonchi Alloh taolo nazdida minnat bilan bir narsa berish va xassislik qilib bermaslik qabohatda barobar hisoblanadi.
* * *
Zimmangda farz bo’lgan narsani qarz va burch o’rniga qo’y. Bu hol qalbingu dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro’yingii saqlash uchun eng to’g’ri yo’ldir.
* * *
Olam uzra shunday yurginki, to butun olamning yelkasiga oyoq qo’ygandek bo’l, shunda jami maxluqotdan (borliqdan) ustun bo’lursan.
* * *
Alloh taolo ato qilgan turli ne’matlarning lazzati qudrat holvasidan totliroqdir. Ammo minnat bo’lgan holatda esa zaqum (jahannam daraxti) mevasining achchig’iga qaraganda ham achchiqdir.
* * *
O’zi sazovor bo’lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.
* * *
Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshi , degandek (ya’ni, onadan tug’ilgan kuni kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh
taolo nazdida aybli bo’lmaydi.
* * *
Misvoklar (tish tozalagichlar) bilan og’zingni tozalading, koshki endi bundan keyin sen og’zingni (tilingni) bo’hton, yolg’on, g’iybat so’zlarni aytish bilan bulg’amasang.
* * *
Senga malomat bilan ko’p hollarda mudom vaz’ qildilar (senga ko’p malomat qildilar ma’nosida), bularning o’rniga seni g’aflatning davomli uyqusidan uyg’otganlarida ma’qul bo’lardi.
* * *
Ilmli bo’lish bir baland toqqa chiqish kabi ko’p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog’i chuqur chashma misoli bo’lsa-da, biroq u ko’p qiyinchiligu azoblarga giriftor qiladi».
* * *
Yomon narsayu e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi.
* * *
Ilmli bo’lish o’qish, o’qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo’ladigan bir saboqdir. Agar olim kishi chiroyli, xushxat yozuvga ega bo’lsa, bu uning kamolotga yetganidan dalolatdir.
* * *
Seni kasodu inkisorga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo’l, qo’rqma, zarari yo’q, ziyoni yo’q, deb yuklatuvchilardan uzoqroqda bo’l.
* * *
Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan o’ylardan voz kech, shayton yo’ldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas, tafakkur va idrok bilan ish tut.
Do'stlaringiz bilan baham: |