Ritorik sо„roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini
ta‘minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega
bо‗lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ―ritorik sо‗roq‖ gap
deyiladi
10
. Kо‗pincha ritorik sо‗roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta‘kidni
kuchaytiruvchi sо‗zlar keladi. Ular nutqqa kо‗tariki ruh bag‗ishlaydi va
tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta‘kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap
shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va
gumonsirashini, g‗azab va nafratini ifodalashda juda qо‗l keladi. Ichki va tashqi
nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng qо‗llaniladi: ―Xasta ruhni
o‘ldirish mumkinmi?‖ (III kitob, 790-b.); ―Dunyoda adolat izlagan kammi?‖ (V
kitob, 682-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |