Asalarining asab sistemasi va sezgi a'zolari Sharofiddinova Gulira'no Hasanboy qizi Zootexniya fakulteti ii-bosqich talabasi



Download 44,5 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2022
Hajmi44,5 Kb.
#677763
  1   2
Bog'liq
Asalarining asab sistemasi va sezgi a\'zolari


Asalarining asab sistemasi va sezgi a'zolari
Sharofiddinova Gulira'no Hasanboy qizi
Zootexniya fakulteti
II-bosqich talabasi
Annotasiya:Ushbu maqolada arilarni asab sistemasi va sezgi a'zolari haqida malumotlar berilgan. Bundan tashqari arilarni tam bilishi va ko'rish qobilyatni amaliy konikma asosida o'rganilgan bilimlarga tayanib bayon etilgan .
Kalit so'zlar: ari xartumchasi, murakkab ko'zlar, kutikula,retseptorlar.


Asalarining asab sistemasi va sezgi a`zolari
Asalarilar sezgi organlari vositasida tashqi muxitdan kejgan tasirni qabul qiladi va ularga tegishlicha javob qaytaradi. Tashqi muxit ta`siri nerv sistemsining to`qimalariga tushadi. Arilarda ko`rish , hid bilish, is bilish, sezish, ta`m-maza bilish va eshitish organlari bo`lib, ular xayvonlar va odamlardan farq qiladi.
Asalarilarning ko`rish organlari- uchta oddiy va ikkita murakkab ko`zlardan iborat. Oddiy ko`zlari yaxshi rivojlanmagan, linza ko`rinishida. Linza yon tarafidan nurlarni so`ndiruvchi qora pigmentlar bilan o`raglan.
Murakkab ko`zlari 4-5 ming (erkak arida 8 mingdan ortiq) mayda ko`zchalardan, ya`ni ommatidlardan tuzilgan. Xar bir ko`zcha tagida yaltiroq xrustal konus va xrustaj tayoqchasi bo`ladi. Xar bitta mayda ko`zcha aloxida aloxida chegaralangan joyni ko`rib, xamma mayda ko`zlar birlashib, to`liq ko`rish yuzaga keladi va bu mozaik ko`rish deyiladi. Xar bitta ko`zchaning aloxida linzasi bo`lib, uning ostida ko`rish ustunchasi joylashgan. Ommatidiy atrofida ichki va tashqi pigment xujayralari bor. Ommatidiylar asosi bilan murakkab ko`zning ko`rish bo`lakchalariga bog`langan. Ishchi asalarilarning murakkab ko`zida 4000-5000 ta, ona arida 5000 ta va erkak arida 8000 tadan ortiq ommatidiy bor. Xar bitta ko1zcha aloxida chegaralangan joyni ko`radi. Asalari ko`zlarida buyumlar ayrim nuqtalardan iborat bo`lgan mozaika ko`rinishida tasvirlanadi.
Olimlarning fikricha murakkab ko`zlar uzoqni ko`rmay, faqat bir necha santimetr masofadan ko`rar ekan. Narsani uzoqlashtirsa, ularning koqrish qobiliyati susayib, qimirlayotgan predmetlarni faqat 0.5 metrgacha masofada ko`rar ekan.
Oddiy ko`zlarning xam bajardigan ish funksiyalari hali aniq emas. Ko`p yillik ilmiy tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, ylarning oddiy ko`zlari nurlarni sezishda murakkab ko`zlari bosh qismida joylashganligi uchun ular juda kata maydondagi narsalarni ko`rish qobiliyatiga ega. Murakkab ko`zlari nurlarning yo1nalishini ko`rish va sezish qobiliyatiga ega. Asalarilar sariq, havo rang, ko`k, binafsha ranglarni ajrata oladi. Ular qizil, rangni qora va to`q qo`ng`ir rang bilan aralashtirib yuboradi. Odam ko`ziga nisbatan asalarilar ko`zi ultrabinafsha nurlarni ko`radi.
Asalarilarning qutublangan nurlarni qabul qilishi-Ma`lumki, inson ko1zi qutiblangan nurlarni qutiblanmagan nurlardan ajrata olmaydi. Birinchi bo`lib K.Frish arilar qutiblangan nurlarni qabul qilishini aniqlagan. Aalarilar yualari ichida daladan sharbat va gulchang tashib kelayotgan vaqitda o`ynash usullari yoki birir idishda shakar sharbati berilganda oddiy quyosh nuri tushib turgan uyalarda bir xil yo`nalishda to`g`ri yo`l bilan o`yin tushar ekan. Bu to`g`ri yo`l bilan o`yin tushishi sharbatning qaysi erda joylashganini ma`lum qilar ekan. Arilar faq at qutiblangan nurlarga qarabmo`jallangan yoki oziq bor joyning yo`lini aniqlar ekan. L.I.Seleskaya (1956 yil) arilarning murakkab ko`zlariga to`plangan nurni yo`naltirish orqali, ya`ni nur yo`naltirish yo`lida qutiblangan nurni o`tkazuvchi plastinka o`rnatib va bu plastinkani 90O ga burib turganda asalarilarning ko`zlarida biotoklar o`zgarishi sezilganini aniqlagan. Shunday qilib arilarning ko`zi bilan qutiblangan nurni o`tkazuvchi plastinka o`rtasida ekran (papiros qog`ozi) qo`yib nurlarni qutiblantirmagan holda plastinka aylantirilganda arining ko`zidagi biotoklar o`zgarishi sezilmagan. K.Frishning ko`rsatishicha, qutibangan nurlarni sezish mexanizmlari arining murakkab ko`zida taraqqiy etgan bo`lib, ommatidiylarning ko`rish ustunchalariga sakkizta radial joylashgan ko`rish to`qimalari tutashgan va nur mana shu erda nerv taasurotlarini uyg`otar ekan.
Asalarilarning hid bilishi-Arilarda hid bilish yaxshi taraqqiy etgan bo`lib, bu organ arining mo`ylovida joylashgan. Mo`ylovning ustki qismida ko`p ming sonli cho`nqirchalar bo`lib, shu ch`nqirchalarda sezish nerv to`qimalari joylashgan. Bu to`qimalar tashqi tassurotni qabul qilish va qabul qilingan tassurotni miyaga uzatish funksiyalarini bajaradi. Xar bitta mo`ylovda olti mingga yaqin hid bilish cho`nqirlari bo`ladi. Tajribalarning ko`rsatishicha, arilar ko`pgina hidlarni xuddi odamdek sezar ekan. Masalan mahsus xidli geraniola moddasining 1:100000000 nisbatda suyultirilganining hidini yaxsh sezadilar. Odamlar bunday hidni sezmaydi. Ma`lum bo`lishicha , bu geraniola moddasini Nasanov bezi ajratar ekan. Nasanov bezi ajratgan geraniola suyuqligi arinind beshinchi va oltinchi qorin segmentlarini bel tomonida joylashgan. Nasanov bezi ajratgan hidli suyuqlikarilar ko`chga chiqganda havoda uchayotganda arilarning bir-biri bilan bog`lanishiga yki bir joyga to`planishigda kerak bo`ladi. Arilar o`zlarining zaxari hidini ham yaxshi sezadi, chunki bu hid ularni g`azablantiradi va qo`zg`atadi. Asalarilar ona arining ajratgan suyuqligining hidiga qarab urchiga yoki urchimagan ona ari ekanligini hamda uyada ona ari bor-yo`qligini juda tez ajratib oladilar. Bundan tashqari , arilarda mo`ylovlarini tekgazib sezish, hid bilish qobiliyati ham rivojlangan: mo`ylovlarini tekgazib, hid bilish orqali ular o`z uyalaridagi arilarni boshqa uya arilaridan ajrata oladilar.

Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish