Oilada 6-7 ramka usti yopiq qurtchali ramkalar bo‘lishi;
oilada boquvchi asalarilarning soni ko‘p bo‘lishi;
uyada un kg asal hamda ikkita pergali ramka bo‘lishi kerak.
Boquvchi oilada ochiq qurtchalar bo‘lmasligi uchun, o‘n kun oldin ona arining tuxum qo‘yishini qisqartirib qo‘yiladi. Qisqartirish bu – ona arini bir ramkali panjaraga «izolyatorga» mumkatakli ramka bilan qo‘yiladi. Ona ari boshqa ramkalarga o‘tib tuxum qo‘ya olmaydi. Qolgan ramkalardagi qurtchalar 10 kun ichida yopiladi. Keyin ona ari panjara ichidagi ramka bilan boshqa arixonaga solinib, yangi oila yarataladi. Boquvchi oilada faqat yopiq qurtchali ramkalar qoladi.
Boquvchi ari oilasining ona arisi va ochiq qurtchalari olingandan so‘ng asalarilar 8 soat ichida ona ari yo‘qligini sezib, bezovtalana boshlaydilar. Ertasiga bu oilaga ona arilar o‘stirish uchun qurtchalar beriladi. Yaxshi ona ari yetishtirish uchun olingan qurtchalarning yoshi, tuxumdan chiqqandan keyin 1-2 kunlik bo‘lishi kerak. Tuxumdan chiqqaniga ikki kundan oshgan qurtchalardan sifatli ona ari yetishtirib bo‘lmaydi. Tuxumdan chiqqari qurtchalar yarim oy shaklida buklanib turadi. Qurtchalarni 1-2 kunligini kuz bilan ajratib olish ancha qiyin. Yoshi bir qurtchalar bir xil kattalikda bo‘lmaydi. Mumkatakli ramkalarning chetlarida va pastida joylashgan qurtchalarni o‘rta qismdagi qurtchalarga nisbatari yaxshi isitishmaydi. Shuning uchun qurtchalar o‘sishda orqada qolishi mumkin. Kerakli qurtchalarni olish uchun rekordchi oilaning uyasi o‘rtasiga ishchi arilar qurtchalari uchun qurilgan oq rangdagi mumkatakli ramka qo‘yiladi. Bunga ona ari tuxum qo‘ya boshlaganidan keyin, 5 kun o‘tgach eng katta qurtchalar yoshi ikki kunlik bo‘ladi. Bu ramkadagi hamma qurtchalar ona ari yetishtirish uchun yarayveradi. Ona ari yetishtirish uchun ko‘p miqdorda qurtchalar kerak bo‘lganida, izolyator ishlatiladi. Bu izolyator – bitta va ikkita ramkali bo‘lib, ikkita devorchalari sim to‘rdan yasalgan panjaradan iborat. Panjaradan ishchi arilar o‘tib yuradilar, ona ari esa o‘ta olmaydi. Bu izolyatorga ishchi arilarning katakchasi qurilgan oq rangli mumkatakni qo‘yib, so‘nga ona ari joylashtiriladi. Izolyatorni usti yog‘och planka bilan yopiladi. Izolyator uch kunga oila ichiga qo‘yiladi. U yerga qamalgan ona ari uch sutka ichida mumkatakka tuxum qo‘yadi. Uch sutka o‘tgach izolyatordan mumkatakli ramkani ona ari bilan birga olib yana qaytarib uyaga qo‘yiladi va ikki sutka arixonada ushlab turiladi. Shu ramka katakchalaridagi qurtchalarni yoshi ikki kunlik bo‘ladi.
Ikki sutka o‘tgach, bu ramkani ehtiyotkorlik bilan olib, ustidagi asalarilarni cho‘tka bilan supurib uyasiga tushirish kerak. Ramka ustidagi asalarilarni silkitib tushirish yaramaydi, chunki qurtchalar shikastlanib qolishi mumkin.