Arziqulov Fazliddin 03-18-ee Mavzu topshiriqlariga javoblar



Download 32,83 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2020
Hajmi32,83 Kb.
#46758
  1   2   3   4
Bog'liq
2 Mavzu topshiriqlariga javoblar


Arziqulov Fazliddin 403-18-ee


2 Mavzu topshiriqlariga javoblar

1.  Qadimgi Misr falsafasiga xos xususiyatlarni sanab bera olasizmi?

Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog’liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’liq bo’lganini ko’rsatadi.Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o’rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu – o’sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u – davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo’lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo’lgan.Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo’lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko’nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o’sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo’q edi. Bu – o’sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xo’jayinning o’z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo’shig’i», «O’z hayotidan hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo’lgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, o’sha davrdagi odamlarga xos tuyg’ular bayon qilingan.Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo’lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha tsivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.



2.  «Veda»lar nima va qachon paydo bo‘lganini ayta olasizmi?

Vedalar (sanskritcha veda — bilim)— Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): "Rigveda" (qasida, madhiya, duolar toʻplami), "Samaveda" (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob (mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon oʻzgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir, togʻlar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qoʻshiqlar, madhiyalar toʻqilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bogʻliq holda tasavvur qilingan, "Rigveda"ga koʻra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon maʼbudi, Agni — Olov maʼbudi, Yama — ajal, oʻlim keltiruvchi, Sama — Oy maʼbudasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "Rigveda" qoʻshiqlarini toʻplovchilar rishi (ilohiy qoʻshiqlarni toʻquvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, inson boʻla turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq boʻlgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar. Shuning uchun farishtalar rishilardan foydalandilar, chunki rishilar bilim egasidirlar. Rishilardan yuksakda faqat Barohim turadi. "Rigveda" kitobida qad. dunyo falsafiy tafakkurining oʻziga xos badiiy ifodasi koʻrinadi. Unda qad. hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Mac, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tugʻilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? V.da bu va b. koʻplab bunday muammolar koʻtarilgan. Sharq faylasuflari toʻrt unsur — suv, olov, havo, tuproqni barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Bu jihatdan Veda falsafasi Arastu zamonidagi, keyinroq Forobiy zamonidagi falsafiy tafakkurga taʼsir etgan. V. adabiyoti V.dan tashqari brahmanlar, aranyakalar va upanishadlardan iborat. Qad. Hindistonda varna (kasta)chilik jamiyati vujudga kelganida brahmanlar adabiyoti rivojlangan. Brahmanlarda samhitalardagi kohinlarning diniy marosimlari sharhlab beriladi.

"Aranyakalar" (aynan "Oʻrmon kitobi") jamiyatdagi jabr-zulmdan, gʻarazli, tuban, mol-dunyoga oʻch odamlardan oʻrmonlarga qochib, yolgʻizlikda yashaganlarga bagʻishlangan.

Upanishad (maxfiy taʼlimot)lar asosan falsafiy-diniy risolalardir. Upanishadlarda falsafiy masalalar ancha keng yoritilgan boʻlib, hindlar tangrisi Brahma (Beruniyda — Barohim) borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudotlarning asosi, deb ulugʻlanadi. Upanishadlarga koʻra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo boʻlgan va oʻshanga qaytadi. Bu fikr islomdagi — sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va b.)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u bilan qoʻshilib ketadi, degan fikrlariga uygʻundir. Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dharma taʼlimotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga koʻra, har bir inson oʻzidagi ilohiy dharmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar bilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson boʻlib keladi. Aksincha boʻlsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga koʻchadi. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha: shu tabaqalar (brahmanlar, kshatriy-harbiylar, vayshya — dehqonlar, chorvadorlar, shudra — quyi tabaqa vakillari)dan kimning xalos boʻlishga tayyor va loyiq ekani haqida hindlarning fikri turlichadir. Baʼzi vedashunoslar brahmanlar va kshatriydan boshqalar qutulish (najot)ga qobil emas, chunki V.ni oʻrganishga faqat ular haqli xolos, deydilar.



3.  Sizningcha Buddaviylik ta’limotining moxiyati nimadan iborat?

Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.

Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Kisqasi, B. — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.

4.  Konfutsiylik nima?


Download 32,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish