Arxivlar haqida umumiy tushuncha



Download 74 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi74 Kb.
#374257
  1   2
Bog'liq
arxiv mus ish


Mavzu: Arxivshunoslik fani va uning vazifalari. Dastlabki arxivlarning tashkil etilishi.

Reja:

  1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha

  2. Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar

  3. Arxivshunoslik fani, uning predmeti va vazifalari


Arxivlar haqida umumiy tushuncha. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida teran yangilanishlar jarayoni boshlandi. Ushbu ma`suliyatli bir davrda tarixni o‘rganish, uni haqqoniy baholash tarixchilar oldiga katta mas`uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Vazifa yangi o‘quv qo‘llanmalarini, lektsiya matnlarini va darsliklarini yaratishdan iborat. Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Sрuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi ayniqsa muhimdir. Arxiv so‘zi bu lotincha «arxivium» - tushunchasidan olingan bo‘lib, aslida - hukumat binosi - degan ma`noni anglatadi. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo‘llanilishida - «hujjatlar saqlanadigan maxsus bino» - degan mazmunni anglash kerak. O‘zbek davlatchiligi tarixida arxivlar yozuv bilan birga paydo bo‘lgan. qadimshunoslar ko‘hna Tuproqqal`a tegishli III- IV asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan topishgan. 1930 yilda Panjikent shahri yaqinidagi Mug’ tog’laridagi arxeologik manzillardan So‘g’diyona davlatkatlariga tegishli Devashtich arxivi xarobalari topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid saksonga yaqin so‘g’d tilida hujjatlar saqlanganligi aniqlangan. IX - X asrlarga oid Somoniylar davlatining poytaxti Buxoroda Abu Ali ibn Sino foydalangan yirik arxiv - kutubxona bo‘lgan. Keyingi davlardagi davlatlarda, ayniqsa temuriylar davrida mahkamalarda hujjatlarni saqlashga birmuncha e`tibor berildi. Biroq so‘nggi yillardagi xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar natijasida ko‘pgina arxiv hujjatlar yo‘q qilib yuborildi. Arxivshunoslik kursi tarix fanining boshqa yo‘nalishlari o‘lkashunoslik manbashunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik va shu kabi kurslari bilan ham chambarchas bog’liq. Studentlar tarix fanining ushbu yo‘nalishlari bilan tanishar ekan arxivshunoslik kursining nazariy asoslarini ham to‘laroq tushuna boshlaydi. Lekin student uchun arxivshunoslik kursining hozirgi bosqichdagi nazariyasi va amaliyoti nihoyatda muhim bir kasbiy mavqeni egallaydi. Bugungi taraqqiyotda har bir tashkilot uz xizmati nuqtai - nazaridan faoliyat ko‘rsatar ekan hujjatlarni ijod bilib yaratibgina qolmasdan, chetdan uziga zarur bo‘lgan axborotlarni hujjatlar vositasida qabul qilib ham oladi.

Korxonami yoki shaxsning mana shunday faoliyati natijasida to‘planadigan yozma ma`lumotlar - hujjatlar - fondi (jamgarmasi) ni tashkil etadi.Ko‘pchilik korxonalarda arxiv faoliyatini yuritish va arxiv ishini bajarish amaliyotidan xabardor bo‘lmoqlikni shart qilib qo‘yadi. Universitet oliy ta`limini oluvchi studentlar uchun «Arxivshunoslik» kursi quyidagi 17 ta mavzudan iborat - qilib o‘tiladi. Arxiv ishi amaliyoti va tarixi kursini ikki bosqichga ajratish mumkin. Dastlabki oltita mavzu O‘zbekiston davlatchiligi tarixida arxiv ishi tarixiga bag’ishlanadi, qolgan o‘n mavzu arxivshunoslikning asosiy qismi arxiv ishi nazariyasi va amaliyotini yoritishga xizmat qiladi. Arxivshunoslik kursining vazifasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: hujjatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini ochib berish; ishlab chiqarish yoki boshqa tashkilotlarda yozma ma`lumotnomalar bilan bevosita bog’liq ish yurituvchilarning hujjatlarni ilmiy soha uchun saqlash zarurligidagi mas`uliyat; O‘zbekistonda arxiv ishi haqida tasavvurga ega qilish; joriy arxivlarning davlat arxivlarining faoliyatidagi muhim bosqich ekanligini ko‘rsatish; studentlarda hujjatlarni ilmiy qimmatini ekspertizadan o‘tkazishning usullaridan voqif etish; umuman arxivarius xizmati yoki o‘zi uchun zarur bo‘lganda arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun foydalana olish. Shunday qilib arxiv ishining nazariy, metodik va tashkiliy tomonlarini ilmiy asosda o‘rganuvchi, uning tarixini to‘liq ochib berishga qaratilgan fan - arxivshunoslik deb ataladi. Arxiv - bu arxiv hujjatlari majmun, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxivi hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo‘likmasi, tushuniladi. Arxiv hujjatlari - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plenkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyodagi yozuvlarni tushunish kerak.

O‘zbekiston Respublikasining «Arxivlar to‘g’risidagi» qonuni 1999 yil 15 aprelida qabul qilingan bo‘lib, 21ta moddadan iboratdir. Ushbu qonun arxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi. Qonun O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarini to‘liq qamrab olishga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tabtibini belgilashga qaratilgandir. Mustaqillik sharoishida arxiv ishining istiqbolla ravnaqi masalasi muhim o‘rin tutadi. Zero, modiy saboqlari; o‘tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida o‘rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor. SamDUda «Arxivshunoslik» fanini o‘qitishda Toshkent Milliy universiteti tarix fakulteti olimlarining ya`ni o‘quv dasturi tarix fakulteti yozma manbalar, arxiv va muzey fokularnii o‘rganish hamda tadqiq etish, tarixnavislik markazi a`zolari tomonidan yozilgan, o‘quv dasturidan foydalanib tuzildi. Xuddi shuningdek Alimov I. va boshq. Arxivshunoslik: O‘quv qo‘llanma (Ibrohim Abdug’offorovich Alimov, Fatxulla Raimovich ergashev, Abdurashid Bo‘taevich Bo‘taev) Mas`ul muharrir: O.Toshmuhamedov. T., Sharq, 1997. - 80 betni tayerladilar. Ushbu qo‘llanma dastlabki harakat bo‘lib, unda keltirilgan arxiv ish nazariyasi ma`lumotlari bugungi kunda ancha boyigan bo‘lib, studentlardan yangi ma`lumotlarni to‘laroq bilishni talab etadi. Shu jihatdan Bosh arxiv boshqarmasi va Respublika atamashunoslik qo‘mitasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan «Hujjatlar». Arxiv ishiga doir ruscha - o‘zbekcha qisqacha izoqli lug’at. - T., qonuslar Bosh tahririyati, 1993 yilda nashr etilgani yordam beradigan bo‘ldi. Yuqoridagilardan tashqari Rudelson K.I., Dolgix V.I. Teoriya i praktika arxivnogo dela. - M., 1980; kabi Rossiya Federatsiyasida nashrdan Chiqarilgan darsliklar ham arxivshunoslik fanini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston olimlardan Gavhar (Gauhar) Seydualiieva Tileukulov «Arxivnoe delo v Uzbekistane (1918-1980-e gg) Opit i problemi mavzusida tarix fanlari nomzodi dissntatsiyasini 1995 yilda yoqladi. SHu muallifnining bir nechta tadqiqotlari: «Rol arxivov Uzbekistana v nauchno-issledovatelskoy i kulturnoy jizni respubliki (1918 - 1980 gg)» va «Nekotorie stranitsi istorii kulturnogo stroitelstva v Uzbekistane» nomlilar arxiv ishi tarixni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. 30 oktyabr 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Arxivlar to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida» 1999 yil 15 apreldagi 769-1-son qarorini bajarish maqsadida quyidagi 4 ta Nizomni qabul qilishi arxivshunoslik fanini o‘rganishda yangilik bo‘ldi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g’risida Nizom.

2. O‘zbekiston Repsublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Tartibi

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi.

4. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g’risidagi Namunaviy nizom.

Hozirgi naytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bo‘lajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan tanishtirishga hamda ulardan ilmiy - tadqiqot yohud targ’ibot - tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Albatta, arxiv materiallariga eng ko‘p murojaat qiluvchilar - tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotchilarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir. Shuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o‘zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o‘rganmoqchi bo‘lgan muayyan soha tadqiqotchilari - iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohasi vakillari ham kiradi.


Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan. Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi. Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi. Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi. Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi.
XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining hujjatlarini topshirish shart etib qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi shart edi. Fransiyada arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi. Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi. O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi. Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi.

O’zbekiston arxiv muassasalari ham mazkur xalqaro tashkilotning a’zosidir.

Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda.


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish