2-AMALIY MASHG’ULOT: ARXIVLASH DASTURLARI, FAYLLARNI
ARXIVLASHTIRISH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT RAR VA ZIP
ARXIVATOR DASTURLAR
Fayllarni arxivlash
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini
bildiruvchi sarlavhaga ega
bo’ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi
ma’lumotlar saqlanadi:
- fayl nomi;
- fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;
- faylning oxirgi marta qayta ishlangan
sanasi va vaqti;
- faylning diskdagi va arxivdagi o’lchami;
- arxivning to’liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik
tekshirish kodi.
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. Quyida biz Windows muhitida
fayllarni arxivlash uchun yaratilgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz.
WinRar arxivlash dasturi
“WinRar” arxivlovchi dasturi “RAR” formatidagi arxiv fayllarini hosil qiladi.
RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo’lib:
- birinchidan zichlash samaradorligi
ancha yuqori;
- ikkinchidan ko’p tomli va uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi;
- uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni xam arxivlash imkonini beradi.
Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo’laklarga bo’linishiga aytiladi.
Odatda tomlar katta xajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun
qo’llaniladi. Bu xolda birinchi tom odatdagidek “.rar” kengaytmali bo’ladi,
qolganlari esa mos ravishda “.r00”, “.r01”, “.r02” va hokozolar.
Tomlar xam
uzluksiz va xam o’zini-o’zi ochadigan ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Yaratilgan tomlarni o’zgartirish, ya’ni unga biror faylni qo’shish, yangilash
yoki undan biror faylni o’chirish mumkin emas.
WinRAR oynasi
Arxivlash uchun arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar joylashgan xotira
qurilmasi nomi va papka tanlanadi. Shundan so’ng papkadagi fayllar ro’yxatidan
arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar ajratiladi va “Команд”
menyusidan yoki
kontekst menyudan “Добавит файл архив” buyrug’i tanlanadi yoki “Alt+A”
tugmachalar kombinatsiyasi bosiladi yoki uskunalar panelidagi “Добавит” tugmasi
bosilishi xam mumkin. Natijada navbatdagi “Имя и параметры архива” nomli
oyna ochilib unda arxivlanayotgan fayllar uchun umumiy nom va arxivlashning
standart kattaliklari tavsiya etiladi.
“Имя и параметры архива” nomli oynadagi kattaliklarning
ayrimlari bilan
tanishib olamiz. “Umumiy” varaqchasida: “Обзор…” tugmachasi yordamida, agar
kerak bo’lsa, avvaldan mavjud bo’lgan arxiv faylini nomini tanlashimiz va u
yerga ajratilgan fayllarni arxivlab qo’shib qo’yishimiz mumkin yoki “Имя
архива” nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonida bor bo’lgan
nomlardan birini
tanlashimiz yoki yangi nom kiritishimiz mumkin.
“Yangilash usuli” (“Метод обновления”) nomli qisqartirilgan ro’yxat
maydonidan “Fayllarni almashtirish orqali qo’shish”, “Fayllarni yangilash orqali
qo’shish”, yoki “Mavjud fayllarni yangilash” usullaridan birini tanlaymiz. “Arxiv
formati” (“Формат архива”) “RAR” ni tanlaymiz. “Zichlash usuli” nomli
qisqartirilgan ro’yxat
maydonidan zichlamasdan, katta tezlikda (Скоростной),
tezda (бистро) va Maksimal zichlash usullaridan birini tanlaymiz.
Agar arxivni tomlarga bo’laklash kerak bo’lsa, u xolda “o’lchamdagi
tomlarga bo’laklash (baytlarda)” nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonida keltirilgan
kattaliklardan birini tanlaymiz.
“Arxivlash parametrlari” nomli maydondan kerakli parametrlarni tanlash
orqali quyidagi ko’rinishdagi arxivlarni yaratish mumkin:
- zichlashtirilgandan so’ng shu fayllarni aslini joyidan o’chirib tashlash kerak bo’lsa
“Удалит файл после упаковки” tanlanadi;
- o’zi ochiladigan “.exe” kengaytmali “SFX” – arxivini yaratish kerak bo’lsa
“Создат SFX – архив” tanlanadi;
- uzluksiz arxivlarni yaratish uchun “Создат непреривной архив” tanlanadi;
- agar arxivni parol bilan himoyalab qo’yish kerak bo’lsa, u xolda “qo’shimcha”
(“Дополнително”) bandida, “Parol o’rnatish” (“Установит пароль”) tugmachasi
yordamida hosil bo’lgan arxiv faylini himoya qilib qo’yish mumkin.
Savol va topshiriqlar:
1.
“WinRar” arxivlovchi dasturi qanday formatidagi arxiv fayllarini hosil
qiladi?
2.
“RAR” formatidagi arxivning ustunlik tomonlari?
3.
Fayl va papkalarni uzluksiz arxivlash deganda nimani tushunasiz?
4.
“SFX” tom arxivining kengaytmasi va mohiyati nimada?
5.
“WinRar” ni ishga tushirish usullar?
6.
Arxivlangan fayl – bu?
7.
Fayllarni arxivlash – bu?
8.
Ko’p muddatga arxivlash – bu?
9.
Arxiv hosil qilish jarayoni nima deb yuritiladi?
10.
Siqilgan faylni eski holiga qaytarish nima deb yuritiladi?
11.
Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi
har bir fayl uchun qanday
ma’lumotlar saqlanadi?