Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui;
Milliy arxiv fondining davlat katalogi — arxiv hujjatlari Milliy arxiv fondining tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobga olish hujjati;
noyob hujjat — o‘zida mavjud bo‘lgan axborot va (yoki) tashqi belgilari bo‘yicha o‘xshashi yo‘q, yo‘qotilgan taqdirda o‘zining ahamiyati va (yoki) asl qo‘lyozmaligi nuqtai nazaridan o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan alohida qimmatli hujjat;
sug‘urta nusxa — alohida qimmatli hujjat yoki noyob hujjatning boshqa moddiy jismdagi, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi ko‘chirma nusxasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |