Arxitektura


MA’RUZA №15 Mavzu: Qishloq aholi joylarini loyihalashtirish



Download 2,84 Mb.
bet83/98
Sana30.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#91943
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98
Bog'liq
shaharsozlik nazariyasi asoslari

MA’RUZA №15
Mavzu: Qishloq aholi joylarini loyihalashtirish
Ma’ruza rejasi:

1. Qishloq aholi joylarini rejalashtirishning asosiy prinsiplari

2. Ishlab chiqarish hududlari

3. Turar joy uylari

4. Jamoat markazlari

5. Ko’kalamzorlashtirish
TAYANCH SO’ZLAR:

Zamonaviy qishloq — hunarmandchilik, turar-joy va ishlab chiqarish hududlarining funksional yaxlit majmuasi.

Markaz - aholi yashash hududi tarkibiga kiradi. Tumanning ma'muriy markazi hisoblangan qishloqlarda markaz alohida hududiy bo'linma sifatida namoyon bo'lishi mumkin.

Aholi yashaydigan qism — turar-joy tumanlari va kichik tumanlari hitmiln madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari bilan band bo'lgan hudud.

Mahalla — kichik shaharsozlik bo'linmalari.
Aholi yashash joylari bajaradigan va/ifasi va aholi soniga qarab, ikkita. asosiy kafegoriyaga ajratiladi — shahar va qishloq aholi yashash joylari. Bizning yurtimizda qishloq aholi joylashishi jamiyat va hududni xo'jalik o'zlashtirilishining tarixiy rivojlanish jarayonida amalga oshdi. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-iqlimiy omillar ta'siri ostida vujudga kelgan.

Aholining mehnat faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qishloq aholi joylari quyidagi guruhlarga ajratiladi: qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va xizmat vazifasiga ko'ra qishloq aholi joylari kategoriyasiga kiruvchi manzilgohlar ichida qishloq xo'jaligiga yo'nalganlari katta ahamiyatga ega. Uning hisobiga barcha qishloq manzilgohlarining 90 % i, qishloq aholisining esa 96 % i to'g'ri keladi.

Qishloq aholi joylarini loyihalash tuman rejalashtirish loyihalarida ishlab chiqaruvchi kuchlar va aholini joylashtirishga mos holda olib boriladi. Qishloq joylarini rejalash va qurish loyihasining vazifasi — uning kclajakda rivojlanishini, rejaviy tuzilishini ta'minlab, hududni funksional va qurilish qismlariga ajratish, turar-joy, madaniy-maishiy va sanoat obyektlari yaratilishdir.

Loyihalanadigan aholini joylashtirish tizimida barcha qishloq aholi joylari bir xil ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmaydi. Shuning uchun aholi joylashishi va qishloq aholi punktlarini loyihalash bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina vazifalarni hal qilish uchun qishloq joylarini quyidagi guruhlarga ajratiladi: tuman markazlari, to'p markazlar, qishloq xo'jaligi korxonalarining asosiy markazlari, sanoat bo'limlari markazlari va tarmoq markazlar.

Zamonaviy qishloq — hunarmandchilik, turar-joy va ishlab chiqarish hududlarining funksional yaxlit majmuasi sifatida namoyon bo'ladi.

Qishloqning ishlab chiqarish hududiga — shaharlardagi kabi ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari to'plangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari (chorvachilik va parrandachilik, issiqxonalar majmuasi, qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, qishloq xo'jalik mashinalarini saqlash, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish muassasalari) joylashgan hududlar kiradi.

Kommunal-ombor hududlari qishloq aholi yashash joylarida alohida bir hududiy bo'linma sifatida shakllanmaydi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar (harnmom, kir yuvish muassasalari, garajlar) qisman turar- joy hududida (omborxona xo'jaligi, o't o'chirish xizmati dcposi) joylashishi mumkin.

Markaz — aholi yashash hududi tarkibiga kiradi. Tumanning ma'muriy markazi hisoblangan qishloqlarda markaz alohida hududiy bo'linma sifatida namoyon bo'lishi mumkin.

Qishloq aholi yashash joylaridagi jamoat binolarining tarkibi va ulardagi o'rinlar soni nafaqat shu qishloq aholisining, balki yaqin atrofdagi qishloqlar aholisining soniga ham bog'liq bo'ladi.

Qishloqlarning tuzilishi va ulardagi xizmat ko'rsatish tizimining tashkil etilishi qishloqning turiga, aholisining soniga, markazning qay darajada rivojlanishiga va alohidaligiga bog'liq.

Turar-joy va ishlab chiqarish hududlarining o'zaro joylashuvi qishloq chegarasida ommaviy mehnat aloqalarining yo'nalishini belgilagan holda aholi yashash joylarining fazoviy tuzilishi asosini tashkil etadi. Qishloq ishlab chiqarish hududiga atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatmaydigan bir qancha ishlab chiqarish korxonalari kiradi va ular bevosita turar-joy hududi chegarasida joylashishi mumkin. Ammo yirik chorvachilik va parrandachilik majmualari turar-joylardan 1,5—2 km va undan sanitar himoya hududi bilan ajratilib joylashtirilishi lozim.

Qishloq hududlarini rejalashtirishning hozirgi kundagi amaliyotida . qishloq funksional hududlarining tranzit yo'lga nisbatan joylashishining uch sxemasi ko'p qo'llaniladi: qishloqlarni loyihalashda qo'llaniladi. Bu holda turar-joy hududi tranzit yo'lga ochib ko'rsatiladi. Ishlab chiqarish hududi ichkarida, alohida kirish yo'li orqali tranzit yo'l bilan bog'langan holda joylashadi. Turar-joy hududi o'tgan maxsus yo'l bu hudud aholisining ishlab chiqarish hududiga bemalol qatnashini ta'minlovchi kompozitsion o'q hisoblanadi.

Uchinchi sxemada tranzit yo'l yoqasida ishlab chiqarish hududining joylashuvi, turar-joy hududining esa boshqa qulay bo'sh yeri bo'lmaganligi tufayli ichkariroqda bo'lishi bilan xarakterlidir. Bunday holda shamolning esish yo'nalishini hisobga olish muhimdir.

Qishloq hududida tabiiy landshaft elementlarining (relyef, suv havzalari, yashil massivlar) mavjudligi uning funksional hududlari joylashishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Yuqorida qayd etilgan tabiiy elcincntlar mavjud hududlar vaqinida dam olish joylarini, ular bilan bevosita bog'liq holda esa markazni joylashtirish maqsadga muvofiqdir.

Qishloqlarni rejalashtirishda ixcham joylashuv eng yaxshi yechim hisoblanadi. Bu holatda monosentrik fuzilmani saqlab qolish imkoni tug'iladi va chiziqli tuzilmaga nisbatan piyodalar yo'laklari uzunligi 1,5—2 baravar qisqaradi.Chiziqli tuzilmali reja asosida quriladigan qishloqlar hududi ayrim hollarda 3 -4 km ga cho'zilib kctadi. Bunda asosiy janioat markazidan tashqari yordamchi markazlar ham tashkil etib rejalashtirishga to'g'ri keladi


Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish