Ishlab chiqarish hududlari
ishlab chiqarish hududlari 11 i shaharsozlik tizimi eicmentlari kabi loyihalashtiriladi. Bunda yagona ijtimoiy ishlab chiqarish, muhandislik- transport va boshqa infrastrukturalarning hamda kelajakda rivojlanuvchi ishlab chiqarish, texnologik, mehnat va madaniy-maishiy munosabatlarning shakllanishini hisobga olish kerak bo'ladi.
Sanoat hudud (tuman) lari rejasi va qurilishining loyiha va sxemalarida viloyat, shahar, tuman rivojlanishining rejasiga, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti konsepsiyasi va asosiy yo'nalishlariga muvofiq tarzda rivojlanishi ketma-ketligi nazarda tutilmog'i lozim.
Bunda sanoat hududi (tumani) taraqqiyotining kelajagini hisobdagi muddatdan tashqarida belgilash shart. Hududiy rivojlanish vazifasiga qarab, hududlashtirish, rejaviy tuzilma, muhandislik-transport infrastrukturasi, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va atrof- muhitni muhofaza qilish bo'yicha qa'tiy yechimlar ham shunga kiradi.
Sanoat korxonalarining yangi guruhlari esa ayrim korxonalarni sanoat va uy-joy qurilishi olib borish uchun qulay sharoitlarga ega kichik va o'rtacha kattalikdagi shaharlarda yoki yangi barpo etilayotgan shahar va qishloqlarda qurish ko'zda tutiladi.
Yirik shaharlarda yangi sanoat korxonalari va boshqa shahar ahamiyatiga molik obyekt (inshoot)lar qurilishi cheklanadi. Texnologik zvenolar va yopiq (chiqindisiz) majmualar elementlari sifatida sanoat hudud (tuman)larini qayta tiklash chog'ida zarur bo'lgan korxona va obyektlar bundan mustasnodir.
Toshkcnt shahrida yangi sanoat korxonalari, tajriba bazalari, transport va ombor korxonalari qurish va amaldagilarni kengaytirish (yangi qurilish hisobiga) taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi hukumatining tegishli maxsus qarorlarida yo'l qo'yilganlari (kommunal (maishiy) ahamiyatiga molik hamda turar-joy fuqaro qurilishi ehtiyojlariga xizmat ko'rsatuvchi obyektlar) bundan mustasnodir.
Tabiiy boyliklar, xom ashyo, atrof-muhitga salbiy ta'sir etishni to'xtatib qoluvchi yoki keskin susaytiruvchi aslvyolardan mumkin qadar to'la va har tomonlama foydalanishni ta'minlovchi aralash ishlah chiqarish majmualarini shakllantirish, ulaini yangi va qayta tiklanayotgan sanoat hudud (tuman) lari tarkibida qurish maqsadga muvonqdir.
Qishloq manzilgohlarining ishlab chiqarish zonalarida ishlah chiqarish xususiyatlariga ko'ra qishloq xo'jalik korxonalarini hamda qishloq xo'jalik mahsiilotlarini dastlabki, to'la va yoppasiga qayta ishlash bo'yicha bir guruh yoki alohida kichik korxonalarni joylashtirish ko'zda tutiladi.
Demografik tarkib, bandlik darajasi, qishloq joylardagi mahalliy an'analarni hisobga olib, ham doimiy, ham mavsumiy tusdagi sanoat korxonalarining ixtisoslashtirilgan bo'limlarini tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |