Kichik tumanni erkin qurilish bilan loyihalashga misol.
Qurilish usulini tanlashga tabiiy-iqlimiy omillar: doimiy esadigan kuchli shamollarning mavjudligi,quyoshli kunlar miqdori va h.k.lar katta ta'sir ko'rsatadi.
Turar-joy binolari hamda jamoat binolari orasidagi masofani soya solayotgan imorat qavati bo'yicha qabul qilish lozim. Turar- joy binolarini magistral ko'chalar qizil chizig'idan kamida 6 m, mahalliy ko'chalar qizil chizig'idan kamida 3 m masofada joylashtirish lozim.
O'zbekiston aholisining tez ko'payib borishi va shaharlaming kengayishi uchun bo'sh maydonlarning nihoyatda kamligi tufayli hududlardan foydalanish scrunumligi, samaradorligini oshirish maqsadida turar joylar zichligini oshirisli respublikamiz katta shaharlari uchun tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda, shahar hududlarini tejab sarflash zarurati kuchaymoqda.
Qizil chiziq - magistrallar, ko'chalar, maydonlar hududini qurilishga mo'ljallangan hududdan ajratib turuvchi shartli chcgara.
Qurilish chizig'i - qurilayotgan hududning chegarasini belgilaydi. Ba'zan yuqorida keltirilgan chiziqlar mos tushishi mumkin, ammo odatda, qurilish chizig'i kichik tuman va kvartallar ichiga (qizil chiziqdan kamida) 3—6 m ichkariga joylashtiriladj.
Qizil chiziq va qurilish chizig'i orasidagi makon yashil himoya qismi uchun foydalaniladi.
Tumanning me'moriy-makoniy kompozitsiyasiga quyidagi omillar ta'sir qiladi:
tabiiy-iqlimiy;
landshaft;
shaharning bosh rejasidan kelib chiqadigan, loyihalanayotgan tumanning mahalliy (tarxiy) shart-sharoitlari;
turar-joy muhitini qurish usullari;
turar-joy va jamoal binolari turlari, hududni obodon- lashtirish.
Shu kunlargacha turar-joy binolari aholiga xizmat ko'rsatish xonalaridan ajralgan holda qurib kelindi. Xizmat ko'rsatish xonalari belgilangan masofalarga rioya qilingan holda takror yoki bir joyga to'plangan holda joylashtirildi.
Shahar hududlaridan foydalanish samaradorligini oshirish muammosining yuzaga kelishi munosabati bilan aholiga xizmat ko'rsatish xonalarini o'z ichiga olgan turar-joy binolarini, ular majmuasini yaratish zarurati tug'ildi. Bu esa turar-joy binolari arxitekturasidagi yangi masaladir. Bu yerda turar-joy binosi majmuasi aholisining optimal sonini topish talab qilinadi. Aholi soni xizmat ko'rsatish xonalarining rivojlangan darajasini va ularning rentabel ishlashini ta'minlashi lozim.
Shovqindan himoya qilingan turar- joy binolarini yaratish.
Avtomobil va shahar transport! turlarining ko'payishi hamda ular harakati tezligining oshishi tufayli shaharda shovqin darajasi va uning ta'siri kuchaydi. Ayniqsa, shahar katta ko'chalari ta'siri ostidagi qismlarda sanitariya-gigiyena sharoitining yomonlashuvi yuz bermoqda Bu esa turar-joy binolarini joylashtirish usullari bilan bir qatorda, binolarning rejaviy tuzilishini ham qayta ko'rib chiqishni taqozo qilmoqda, ularning shovqindan himoyalanganjigini oshirish talab etilnioqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |