Shahar atrofini ko'kalamzorlashtirish tizimi.
Umumiy foydalanishga mo'ljallangan shahar atrofi ko'kalamzorlari.
O'rmon — shahar atrofidagi tabiiy yashil massivlar. Ular bir turdagi daraxtlardan yoki har xil turdagi daraxtlardan tashkil topishi mumkin.
O'rmon-bog' — aholining tabiiy muhitda dam olishi uchun mo'ljallangan obodonlashtirilgan tabiiy yashil massivlar. O'rmon- bog'larda piyodalar yo'laklari, shiyponlar, chaylalar, skameykalar o'rnatilgan dam olish joylari, savdo, ovqatlanish joylari, o'yiri maydonchalari, gulxan yoqib dam olish uchun maydonlar joylashtiriladi. U yerda pansionatlar, mehmonxonalar, sport, sayohat maskanlari loyihalanadi.
O'rmon tozalab turiladi, manzarali joylar yaratiladi. Hayvon va qushlar yashashi uchun sharoitlar yaratiladi.
Milliy bog'lar— aynan bir hududga xos bo'lgan landshaft spetsifikasi va o'simlik shakllarinirig o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lgan hududlar. Milliy bog'lar kam uchraydigan va yo'qolib borayotgan o'simliklarni saqlash uchun yaratiladi.
Alohida tabiat yodgorliklari — noyob, qiminatli suv va o'simlik obyektlari bo'lgan landshaftlar hududi bo'lib, davlat tomonidan himoya qilinadi. Bu hududlarga kelish qat'iy qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
Saroy-muzeylar bog'lari — bu bog'larni o'z davrining buyuk me'morlari, haykaltaroshlari, rassomlari, bog'bonlari boshchiligida hukmdorlar, boy dvoryanlar saroylari atrofida yaratishgan. Bu saroy- bog' ansambllaridan faqaf oliy tabaqadagi odamlar foydalanishgan. Hozirgi kunda ular tarix muzeylariga aylantirilib, hamma uchun tashrif buyurish imkoni yaratildi.
Yo'llar bo 'yidagi himoya-dekorativ o'simliklari shaharni shahar atrofi hududi bilan bogiaydi.
Cheklangan foydalanishga mo'ljallangan shahar atrofi ko 'kalamzorlari.
Qo'riqxonalar — yo'qolib borayotgan o'simlik, hayvonlar turlarini, qimmatli landshaft, tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish uchun tashkil etilgan hududlar. Qo'riqxonalar davlat tomonidan tashkil etilib, muhofaza qilinadi.
Suv yig'ish stansiyalari va tozalash inshootlarining ko'kalam- zorlashtirilgan himoya hududlari oqava suvlar qurilmalaridan shahar va boshqa aholi turar-joylariga zararli mikroblar o'tmasligini ta'minlaydi.
Qabristonlar yashil hududlari — qisqa muddatga keluvchi odamlar uchun qulay sharoit yaratish va sanitar vazifalarni bajarish uchun loyihajanadi. Daraxtlar o'zining ildizlari orqali tuproq va grunt suvlarini infeksiya tarqatuvchi mikroorganizmlar va zaharlardan himoyalaydi.
Tashqi transport qismi
Tashqi transportga havo transports temir yo'l transporti va suv transporti kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |