MA’RUZA №11
Mavzu: Kommunal ombor hududi. Ko’kalamzorlar hududi. Tashqi transport qismi
Ma’ruza rejasi:
1. Kommunal omborxona xo’jaligini joylashtirish shakllari
2. Kommunal omborxona hududlarining joylashishi
3. Shahar landshafti
4. Ko’kalamzorlashtirilgan hududlarni funksional qismlarga bo’lish
5. Shahar atrofini ko’kalamzorlashtirish tizimi
6. Tashqi transport qismi
TAYANCH SO’ZLAR:
Kommunikatsion yo'laklar - (polimagistrallar) har xil turdagi u yoki bu yo'nalishdagi magistrallarning (temir yo'llar, avtomobil yo'Ilari, quvur o'tkazgichlar hamda energiya uzatish va aloqa kanallari liniyalari) mos tushishi. Bunday koridorlar polosasining eni bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha bo'lishi mumkin.
Ko'kalamzorlashtirish me'yori - shaharning bitta aholisiga to'g'ri keladigan ko'kalamzorlashtirilgan maydonni ifodalovchi ko'rsatkich (m.kv. da).
Shahar landshafti — shahar hududidagi tabiiy (relyef, o'simliklar, suv havzasi) va antropogen (muhandislik inshootlari, binolar, yo'llar) omillarning hosilasi.
Shaharnl ko'kalamzorlashtirish sxemasi - bu shahar bosh rejasi asosida landshaft arxitekturasi obyektlari joylashishining prinsipial xarakterini ularning bajaradigan vazifasiga bog'liq ravishda aks ettiruvchi chizmadir.
Omborxona xo'jaligi shahar hududining o'rtacha 1,5-2% ini va turar-joy hududidan tashqarida esa 6% gacha maydonni egallaydi.
Kommunal-ombor qismlar shahar ichi va tashqi transport tarmog'i bilan yaxshi aloqaga ega bo'lishi lozim. Ular ham aholi joylari kam bo'lgan sanoat tumanlarida joylashtiriladi.
Kommunal-ombor qismi savdo omborlari, meva-sabzavot saqlanadigan omborlar, tramvay depolari, trolleybus, avtobus vataksomotor parklari, maishiy-xizmat ko'rsatish muassasalari, kir yuvish, kimyoviy tozalash va boshqa obyektlardan iborat.
Shahar tarkibidagi omborxona xo'jaligi shaharsozlikning quyidagi asosiy talablarini bajarishga asoslanishi lozim:
tranzit yuk tashishdan tashqari barcha shahar ichki yuk tashuvchi oqimini kamaytirish;
shahar hududidan samarali foydalanish.
Kommunal-omborxona xo'jaligini joylashtirish shakllari va tamo-
yillarini aniqlovchi shaharsozlik omillariga quyidagilar kiradi:
-shaharning rejaviy tarkibida omborxonalarni funksional-fazoviy tashkillashtirish;
omborxona hududlaridan foydalanish samarasini oshirish;
omborxona majmuasini hajmiy-fazoviy yechimi.
Omborxona majmuasini asosiy rejaviy tashkillashtirish quyidagicha
bo'ladi:
majmua hududida yukni qabul qilish, saqlash va jo'natishga mo'ljallangan omborxona maydoni ajratilgan holda chegaralash;
yukni qabul qilish va jo'natish, bir transportdan boshqasiga qayta yuklash vazifalarini bajaruvchi transport hududi;
maishiy va ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi hudud;
sanitar-himoya hududi.
Shaharning omborxona xo'jaligi bir nechta tarrnoqguruhlardan. sanoat, savdo, qurilish, yoqilg'i va boshqa omborxonalardan tashkil topadi
Shunday qilib, shahardagi kommunal-omborxona hududlanning
shaharsozlik yechimlari quyidagi prinsiplardan kelib chiqadi.
- yer osti hajmiy kengligidan faol foydalangan holda, omborxonalar majmuasini kooperatsiyalashm shakllantinsh,
omborxonalar majmuasi tarmoqlarini to'g'ri tashk.let.shhisob.ga shahar hududi bo'yicha qo'shimcha yuk tashish yo llar.ni tiklash va
ularni shahar tashqarisiga joylashtirish;
- shahar omborxonalar majmuasi tizimini shahar ichki va tashqarisidagi yuk tashish transport elementlan bilan birgalikda
shakllantinsh;
- transport-yuk hududlarini tashqi transport obyektlari va inshootlari bilan birgalikda bitta majmuada shakllantinsh.
Kommunal-omborxona hududlari shaharga yo'nalgan asosiy yuk trassasi kesishmalari bo'lgan transport kommunikatsiyasi bilan yaqindan bog'langan bo'lishi kerak. Bunday transport kommunikatsiyasi tashqi omborxona yuk tashish trassasining oqimini va uning iste’molchiga yetkazilishini qamragan bo'lishi lozim. Tashqi aloqalarning transport-kommunikatsiyasi tizimida kommunal-omborxona hududlarini iste'molchi bilan eng qisqa yo’llar bilan bog'lash samarali usuldir. Bu shartlarni bajarish shahar ichida yuk- transport oqimining, shahar havosidagi zaharli gazlarning, qurilish va ekspluatatsiyaga sarflanadigan xarajatning kamayishiga olib keladi.
Kommunal-omborxona hududlari uchun ajratiladigan maydonlar yirik va juda yirik shaharlarda ko'p qavatli omborxonalar qurilishini taqozo etadi. Bunda maydon har bir shahar aholisiga 2 kv.m. va boshqa shahar turar-joylarida 2.5 kv.m. ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |