Aerasiya zonasi yer osti suvlarini yer yuzasidan pastki qatlamlarga va pastki qatlamlardan yer yuzasiga bug’ shaklida o’tkazib turadi. Tuproq suvlaridan pastda joylashgan suv qatlami grunt suvlari deb nomlanadi. Grunt suvlari suv o’tkazmaydigan qatlamning ustida yig’iladi va odatda qum hamda shag’al qatlami orasida sizib yuradi. Bu yerga yer yuzasidan yomg’ir, qor va daryo suvlari sizib o’tadi. Chunki grunt suvlarining ustida suv o’tkazmaydigan qatlam bo’lmaydi. Grunt suvlari faqat og ‘irlik kuchi ta’siri ostida sizib yuradi, ular bosim kuchiga ega emas. Odatda, quduq suvi grunt suvlari qatlamidan hosil bo’ladi. Tabiiy sharoitda yer po’sti qatlamlarining geologik tuzilishiga bog’liq holda bunday yer osti suvlari grunt suvlari oqimini yoki grunt suvlari havzasini hosil qilishi mumkin. (42-rasm) Gidrogeologik kesma bo’yicha, grunt suvlarinign ostida qatlamlar orasidagi suvlar joylashadi. Suv o’tkazmaydigan tog’ jinslaridan tashkil topgan ikki qatlam orasidagi bo’shliqlarda mavjud bo’lgan suvlarga qatlamlar orasidagi suvlar deb ataladi.
Gidrogeologik kesma bo’yicha bunday suv qatlamlari bir-ikkitadan tortib, o’n-o’n beshtagacha va hatto undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Qatlamlar orasidagi bosim kuchiga ega bo’lgan suvlar artezian suvlari deb ataladi. Artezian suvlari tarqalgan maydonlar artezian havzalari deyiladi. (43-rasm) Ko’pincha artezian havzalarining kaltaligi bir necha yuz va hatto ming kvadrat kilometrga boradi. Artezian suvlari va artezian havzasi atamalari Fransiyadagi artuz viloyatining nomidan kelib chiqqan. Bu viloyatnign qadimiy nomi Artezian bo’lgan. Shu yerda 1126-yilda kavlangan quduqdan suv katta bosim bilan otilib chiqqan. Shundan buyon yer ostidan bosim kuchi bilan otilib chiqadigan va suv olish uchun kavlanga quduqlar artezian quduqlari deb atala boshlagan.