Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish



Download 2,14 Mb.
bet59/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

Jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

O’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

Yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

2016-yil «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan choratadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlantirish maqsadida «Mard o‘g‘lon» mukofoti ta’sis etildi. Shu yil sentabrda o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufi da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborotkommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi) tashkil etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.
1997-yildan  boshlab  har  yili  1-sinf  o‘quvchilariga  bepul  o‘quv  anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich  sinflarda  o‘qiydigan  bolalariga  bepul  qishki  issiq  kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.

2015-yilga  kelib  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom. «Bolalarni  asraylik»  xalqaro  tashkiloti  tomonidan  tuzilgan  jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kirdi.

2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million kishini  tashkil  qiladi.  Bu  ko‘rsatkich  2017-yilga  nisbatan  1,7  %  ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni jami aholining 50,6 % ini, qishloq aholisi  49,4  %  ni  tashkil  qiladi.  Aholisi  soni  3  million  kishidan  oshgan hududlar  soni  4  ta  bo‘lib,  ular  Samarqand,  Farg‘ona,  Qashqadaryo  va Andijon  viloyatlari  hisoblanadi.  Oʻzbekistonda  Oʻrta  Osiyodagi  jami aholining 1/3 qismidan koʻprogʻi yashaydi.

Har yili 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan urush qatnashchilari mukofotlanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil  4-apreldagi  farmoniga  ko‘ra,  Ikkinchi  jahon  urushi qatnashchilari 2 mln. so‘mdan mukofotlandilar. Urush qatnashchilarining ayrimlariga to‘la jihozlangan uylar, Haj ziyoratiga bepul borish va navbatsiz avtomobil sotib olish imtiyozlari berildi.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish