5.Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi o‘z imkoniyatlarimizni mavjud omillarimizni va resuslarimizni yana bir bor jiddiy ravishda ko‘rib chiqib aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda. Birinchi Prezident I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari” deb nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan kitobi ayni ana shu masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009-2012 yillarda Jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida aniq maqsadlarni ko‘zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi.
Inqirozga qarshi dastur quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi.
Birinchidan-korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnolgik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish orqali.
Ikkinchidan-joriy konyuk’tura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobat bo‘lishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimchalar omillar yaratildi.
Uchinchidan-qat’iy tejamkorlik tizimini joiriy etish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga keng e’tibor qaratildi.
To‘rtinchidan-elektorenergetika tizimini modernizaiya qilish energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini mamlakatda keng joriy etildi.
Beshinchidan-jahon bozorida talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli mahalliylashtirish Dasturi qabul qilindi.
Mazkur dasturda iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab –quvvatlash ularning barqaror ishlashlashini ta’minlash va eksport salohiyatini yanada oshirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan oziq-ovqat va boshqa istemol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko‘lamli rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilib ular uchun 2012 yilining 1 yanvarigacha qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
Jahon bozorida mamlakatimiz eksport qiladigan ayrim mahsulotlarga talab pasaygan sharoitda ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etdi. SHu nuqtai nazardan ishlab chiqarishin mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish belgilab olindi.
Xulosa qilib aytganda Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda bank tizimini rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikaiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish kabi murakkab jarayonlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, inqirozga qarshi chora tadbirlar dasturining o‘z vaqtida puxta ishlab qabul qilinishi, jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Xulosa qilib aytganda mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishning “O‘zbek modeli” jahon moliyaviy inqirozi sharoitida o‘zini amalda oqlab naqadar to‘g‘ri va puxta ekanini isbotladi.
O’zbekiston birinchi prezidenti I.A.Karimov shunday degan edilar:-“Bugungi kunda o‘tgan yillarda to‘plangan tajribalarga tayanib shuni aytish mumkinki bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatini zamonaviy keng tarmoqli texnik jixatdan mukammal bank-moliya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Men bu tizimni bozor infratuzilmasining asosi bosh tayanchi degan bo‘lur edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |