Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi



Download 2,14 Mb.
bet51/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

2.Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990 yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo‘shni respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday holat sobiq tuzum davrida yuritilgan biryoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Buning evaziga O‘zbekistondan asosan paxta xomashyosini etkazib berish talab qilinardi. Biroq, bunday siyosat mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar edi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan aholini eng avvalo, oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Chunki, mustabid tuzum davrida O‘zbekiston iqtisodiyotini paxta xom ashyosini etishtirishga ixtisoslashtirish shu darajaga etgan ediki, buning oqibatida 5-6 millionlab gektar dehqonchilik uchun mo‘ljallangan yeri bor mamlakat aholining donga bo‘lgan ehtiyojining atigi 18 foizini qondira olar, qolgan 82 foizini qo‘shni respublikalardan sotib olishga majbur edi. Bu esa nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, balki oddiy oqilona xo‘jalik yuritish nuqtai nazaridan ham mantiqqa  zid kelardi.

Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining 75 foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar qisqartirildi.

Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagi 1899 ming tonnadan 2010 yilda 6952 ming tonnaga, 2014 yilda esa 8050 ming tonnaga etdi, ya’ni 4,2 barobar o‘sdi.

2015 yilda ham g‘alla yetishtirishda katta natijalarga erishilganligi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’urzasida: “Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil etishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi.

Ta’kidlash kerakki, bunday mo‘l hosil asosan qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish evaziga ta’minlandi.

Mamlakatimizda bug‘doydan gektaridan o‘rtacha 55 sentner hosil olingani, ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning ulkan yutug‘idir”, deb alohida ta’kidlab o‘tdi.

Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza-qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va engil sanoat kabi tarmoqlarning hissasi ortib bordi. Natijada, 1995 yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayib borgan bo‘lsa, 1996 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o‘sib bormoqda. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2000 yilda 1990 yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010 yilda 3 barobar, 2015 yilda esa 4.4 barobar o‘sdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish