Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 2,14 Mb.
bet132/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

Xususiylashtirish – fuqorolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini  yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olish.

Chet el investitsiyalari – foyda, divident yoki boshqa shakllardagi daromadlarni olish maqsadida milliy iqtisodiyotga chet ellik sarmoyadorlarning kiritgan mablag‘lari.

Tadbirkorlik faoliyati – shakli, turi va sohasidan qat’iy nazar , foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat.

Fermer xo‘jaligi – ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.

Biznes – o‘zining mulkiy javobgarligi ostida xususiy yoki qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan, assosiy maqsadi foyda olish va o‘z ishini rivojlantirish nuqtai nazaridan yuritiluvchi iqtisodiy faoliyat.

Aksiyadorlik jamiyati – kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona.

Aksiya – uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganiga va uning foydasidan divident shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.

Infratuzilma – asosiy tarmoq yoki sohaga xizmat ko‘rsatuvchi, uning to‘la qonli xizmati uchun shart-sharoit yaratib beruvchi soha. Yo‘nalishiga ko‘ra , ishlab chiqarish, ijtimoiy, bozor va boshqa infratuzilmani ajratib ko‘rsatish mumkin.  

 Investitsiya – iqtisodiy samara  (foyda, daromad) olish yoki  ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, pul mablag‘lar, litsenziyalar va samara beradigan har qanday boylik.

Investor – investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlarni, investitsion faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs.   

Ma’naviyat (arabcha – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo‘shishga aql, idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashiga xizmat qiladi. Ma’naviyat va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va  taraqqiyot manbaidir. I.A.Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban uyg‘onishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning qarashlarining mezonidir”,-deb takidlaydi.

Mafkura (arabcha – fikrlar majmui)  –  muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.  


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish