Davlat bosh islohotchi – Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan asoslangan “Taraqqiyotning o‘zbek” modelining tamoyillaridan biri. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlat bosh islohotchi sifatida ish olib borib, iqtisodiyotni va ijtimoiy turmushning boshqa sohalarini rejalarini tuzib, uni amalga oshiradi.Davlat o‘zining alohida mavqeiga ko‘ra hamma davrlarda iqtisodiy jarayonlarga ta’sir o‘tkazib kelgan: xozirgi o‘tish davrida xalq xo‘jaligining, ayniqsa, asosini belgilaydigan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, narx-navoni tartibga solib turishi, soliq solish va qarz berishda ma’lum tabaqalarga imtiyozlar yaratishi, shuningdek bevosita yordam ko‘rsatish yo‘li bilan muhim tarmoqlarga madad berishi lozim. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi va ularni bevosita amalga oshirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |