Teng saylov huquqi – saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplaridan biri sifatida saylovlarda ishtirok etuvchi saylovchilar huquqlarining tenglik tamoyili asosida himoyalanishi, ya’ni har bir saylovchi bir ovozga ega eekanligi, barcha saylov talablari bir xil joriy etilishi, hama uchun bir xil tashkiliy-huquqiy sharoit yaratilishida nomoyon bo‘ladi. SHuningdek, ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatlaridan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega ekanligini ham anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |