Qayta qurish siyosati – 80 yillarning o‘rtalariga kelganda SSSRda tanglik holatining keskin kuchayib , mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi, xalq xo‘jaligidagi tanglikning siyosiy tanglikka o‘sib o‘tish havfining kuchayishi natijasida butun jamiyat ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurati oqibatida Markaz tomonidan 1985-1990 yillarda amalga oshirilgan, ilmiy jihatdan puxta asoslanmagan siyosat. KPSS MK ning Aprel (1985) Plenumi sovet jamiyatini “qayta qurish”, bu jamiyat hayotini barcha sohalarini “chuqur isloh qilish” yo‘lini e’lon qildi. Bunda avvalo , ijtimoiy hayotni demokratlashtirish,oshkoralik, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq ilmiy jihatdan puxta asoslanmagan qayta qurish “konsepsiyasi” avval boshdanoq mag‘lubiyatga mahkum edi. Shuning uchun ham kutilgan natijani bermadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |