Arxitektorlar usulida perspektivada tasvirni bajarish metodikasi



Download 1,21 Mb.
bet1/2
Sana22.06.2022
Hajmi1,21 Mb.
#693486
  1   2
Bog'liq
Suxrob kurs ishi


Mavzu: Arxitektorlar usulida perspektivada tasvirni bajarish metodikasi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. Perspektiv tasvirlar yasash haqida

  2. Arxitektorlar usuli

Kirish
Tevarak-atrofimizda joylashgan narsalarning ko‘zimizga asl holidan boshqacharoq ko‘rinishi va bu holatning sabablarini o‘rgnish perspektiva fanining shakllanishiga sabab b o ‘ldi. M asalan, turli k o ‘za va chelaklarning aylana qismalari umumiy vaziyatda ellips yoki to ‘g‘ri chiziq holatida, o ‘zaro parallel bo‘lgan temiryo‘l relslari esa bizdan uzoqlashgan sari bir nuqtada uchrashgandek bo‘lib ko‘rinadi. Balandliklari bir xil bo‘lgan simyog'ochlarning uzoqda joylashganlari boshidagilarga nisbatan kichik o ‘lchamda ko‘rinadi. Bunday hodisalar biror qonuniyatga asoslanishini «Perspektiva» fani to ‘laqonli yoritib beradi. Ona tabiatdagi narsalarning ko‘zimizga o ‘z shakliga nisbatan biroz o ‘zgarib ko‘rinishi, rassomlarning yaratgan realistik asarlaridagi chuqurlik fazosining ochib berilishi sabablari bir necha asrlardan beri o'rganilib kelingan va perspektivaga asos solingan.


Perspektiva fani tabiatdagi narsalarning ana shunday ko‘rinishini tekislik yoki biror sirt ustida tasvirlash usullarini o ‘rganadi.
Perspektiva fransuzcha so‘z b o ‘lib, la perspektive — uzoqqa qarash, yunonchasiga esa perspictor — oyna orqali to ‘g‘ri va aniq ko‘rayapman degan m a’noni bildiradi.
Agar markaziy proyeksiyalash insonning ko‘rish xususiyati talablariga moslashtirilsa, yasalgan tasvir yaqqol va ishonchli chiqadi. Bu talablar proyeksiyalanuvchi obyektlarning bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashuvi va ular orasidagi masofalar bilan bog‘liqdir. Demak, insonning ko'rish xususiyatini hisobga olgan holda markaziy proyeksiyalash usulida bajarilgan tasvir perspektiva deb ataladi.
Perspektiva — tasviriy san’atning grammatikasidir, chunki yaratilgan har qanday realistik rassomlik asari perspektiva qonuniyatlari asosida bajariladi yoki bajarilishi shart. Shundagina bu asarning to ‘g‘ri qurilganligi yoki hayotiyligi ta ’minlanadi. Agar tasviriy san’at asari bu qoidalarga amal qilinmasdan yaratilsa, ilmli kuzatuvchilar «bu rasmda perspektiva yo‘q», oddiy kuzatuvchilar «bu rasmdagi narsalar o ‘ziga o ‘xshamabdi» deydilar. Perspektiva fani realistik rasm yaratish uchun ilmiy manba vazifasini o ‘taydi va narsalarni ko‘z o‘ngimizda qanday ko'rsak, shunday tasvirlashga yordam beradi.
Perspektiva turlari. Avval aytib o ‘tilganidek, perspektiva deb inson ko‘rish xususiyatlarini hisobga olgan holda markaziy proyeksiyalash usulida bajarilgan tasvirga aytiladi.
Perspektiva rassomlar amaliyotida rasm tuzilishini. to ‘g‘ri bajarish, arxitekturada qurilayotgan binoning kompozitsiyasini loyiha bosqichida tekshirib, unga tuzatishlar kiritish, aerofotogeodeziyada yuqoridan olingan suratlar orqali obyekt o ‘lcham larini aniqlash, kriminalistikada awaldan harakatda bo‘lib to‘qnashgan mexanizmlarning harakatini tiklash uchun, shuningdek, optika va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Narsalarning fazodagi holati va ularning shaklini qanday ko‘rsak, tekislikda huddi o‘shanday ko‘rinadigan qilib ilmiy asosda tasvirlashni o‘rgatadigan fan perspektiva fanidir.


Perspektiv tasvir qurishda «Chizma geometriya» fanida o ‘rganiladigan markaziy proyeksiyalash usuliga asoslaniladi (1.1-rasm). Bu usulning moliiyati shundaki, fazodagi narsaning, masalan, gugurt qutisini soddalashtirib, uni parallelepipedga (prizmaga) almashtirib olingan ko‘rinishini О markaziy nuqta orqali biror P tekislikka proyeksiyalashda О nuqta bilan prizma uchlari 1, 2, 3, ... nuqtalar tutashtiriladi. Shunda 01, 02, 03, ... chiziqlar P tekislik bilan l p, 2P, 3P, ... nuqtalarda kesishib, prizmaning P tekislikdagi markaziy proyeksiyasini hosil qiladi (1.1-rasm).
Endi О nuqtani ko‘z, ya’ni ko‘rish nuqtasi S bilan, P tekislikni kartina tekisligi К bilan almashtirib, 1.2-rasmdagi holatga o‘tkazib, perspektiv tasvirlar yasashning geometrik apparati hosil qilinadi.


Perspektivaning geometrik apparati:
H — gorizontal tekislik, ya’ni narsalar tekisligi. Yer shartli ravishda narsalar tekisligi deb qabul qilingan.
K — kartina tekisligi. U har doim //narsalar teklisligiga nisbatan
perpendikular yoki qiya olinishi mumkin. Kartinadagi narsalarning
tasviri perspektiv tasvir deb ataladi. Yoki qisqacha perspektiva deyiladi.
KH~ kartina asosi. U kartinaning narsalar tekisligi bilan kesishgan chizig‘i.
S — ko‘rish nuqtasining fazodagi geometrik o ‘rni. U ning balandligi perspektiv tasvirlar yasovchi (kuzatuvchi)ning qayerdan qarab bajarishiga bog‘liq.
Sj — ko‘rish nuqtasi S ning H dagi asosi.
P — kartinaning bosh nuqtasi. Bu nuqta S ko‘rish nuqtasidan kartinaga o ‘tkazilgan perpendikular to‘g‘ri chiziq orqali aniqlanadi.
Ya’ni S dan К ga o ‘tkazilgan perpendikular chiziqning К bilan kesishgan nuqtasidir.
U — ufq tekisligi. S ko‘rish nuqtasi orqali К kartinaga perpendikular qilib o‘tkaziladi.
h — ufq (gorizont) chizig'i. U ufq tekisligining К bilan o ‘zaro kesishgan chizig'i
SP — bosh yoki distansion masofa. U tanlab olingan kartinadiagonalining 1,5—2 baravariga teng qilib olinadi. Bu distension masofa asosan ko‘rish burchagiga bog‘liq bo'lib, ko‘rish maydoni orqali tanlanadi.
N — neytral tekislik. Bu tekislik ^ko'rish nuqatasidan AT kartinaga parallel qilib o‘tkaziladi.
Kartina va neytral tekisliklar fazoni uch qismga bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan fazolar shartli ravishda quyidagicha nomlanadi.
1. Narsalar fazosi. Kuzatuvchiga nisbatan kartina tekisligining orqasida joylashgan bo‘ladi.
2. O‘rta yoki oraliq fazo (tasvirlar yasash fazosi). Kartina tekisligi К bilan neytral tekislik V oralig‘idagi fazo hisoblanadi.
3. Mavhum fazo. Kuzatuvchining ortidagi, ya’ni N neytral tekislikning orqasida joylashgan fazo.
Ufq chizig‘i. Odatda bu chiziq, tabiatda, Yer bilan Osmonning o ‘zaro kesishayotgan chizig'i hisoblanadi. U doimo gorizontal holatda tasvirlanadi. Hayotda esa bu chiziqning o‘m i rassom yoki perspektiv tasvir yasovchining xohishiga bog‘liq bo‘ladi.
Rassom Yeming «portret»ini tasvirlamoqchi bo‘Isa, ufq chizig‘ini kartinaning iloji boricha yuqorirog‘idan o ‘tkazishga harakat qiladi. Osmonni, binolarni, haykallami va shu kabilarni mahobatli qilib ko‘rsatishga to ‘g‘ri kelsa, ufq chizig‘ini kartinaning pastrog‘idan o‘tkazishga to ‘g‘ri keiadi. H am yerni, ham osm onni bir xil ko‘rsatish lozim bo‘lsa, ufq chizig‘i kartinaning o‘rtarog‘idan o‘kaziladi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish