O‘zbek tilining o‘ziga xos so‘z yasalishi me’yorlari mavjud. Har qanday
yasaladigan so‘z shu me’yorlar doirasida bo‘lmog‘i shart. Bu me’yorlarga amal
qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan,
-
gich (-g‘ich, -qich, -kich) qo‘shimchasi faol yasovchi qo‘shimchalardan bo‘lib,
tilimizdagi mavjud so‘z yasalish me’yorlariga ko‘ra fe’lga qo‘shiladi va narsa-
qurol, ya’ni fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi qurol otini yasaydi:
suzgich, mekislagich, chizg‘ich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsatkich kabi. Bu
qo‘shimcha ot turkumidagi so‘zga mutlaqo qo‘shila olmaydi. Lekin ba’zilar bu
qoidani buzib, tomirgich so‘zini yasaydilar ("O‘zbekiston adabiyoti va san’ati",
1990-yil 16-noyabr). Pulsografni
tomirgich deb aytish, o‘zbek tilida bunday
so‘z yasash tilimiz tabiatiga tamoman ziddir. Chunki
tomir so‘zi ot turkumiga
oid bo‘lib, mazkur qo‘shimchaning ma’nosi bilan uyg‘unlasha olmaydi,
demakki, yangi so‘z yuzaga kelmaydi. Shuning uchun ham bu "so‘z" tilimiz
lug‘atiga kirmadi.
Xuddi shuningdek,
bir muddat matbuot institut so‘zi o‘rnida
oliygohni
qo‘llab ko‘rdi. Bu so‘zning yasalishi ham o‘zbek tilining so‘z yasalishi
me’yorlariga zid edi. Mustaqil so‘z sifatida tilimizda
goh yo‘q. Buning ustiga,
fors-tojik tilida ham
goh unsuri faqat ot turkumidagi so‘zga qo‘shiladi, ya’ni
donishgoh (donish — bilim),
oromgoh, xobgoh kabi.
Oliy so‘zi
esa sifat,
demak,
oliygoh so‘zi o‘zbek tili yasalish qonuniyatlariga ham, tojik tili
qonuniyatlariga ham begonadir.
O‘zbek tilining o‘z tabiati, an’analari, umuman, so‘z yasalishi
me’yorlariga uyg‘un bo‘lmaganligi uchun "gazeta" ma’nosida
yasalgan
kunnoma, "jurnal" ma’nosida yasalgan oynoma,
oybitik, "arxiv" ma’nosida
yasalgan
hujjat asrovxona kabi bir qancha sun’iy yasalmalar lug‘atimizdan
joy ololmadi. Tilning so‘z yasalishi me’yorlari juda ham mustahkam bo‘lib,
uni subyektiv holatda buzish amri mahol. Bu o‘rinda hech qanday zo‘rlik ish
bermaydi.
O‘zbek adabiy tilining so‘z yasalishi me’yorlariga ko‘ra
-zor qo‘shimchasi
o‘simlik, daraxt kabi narsalarni bildiradigan so‘zlarga qo‘shilib, shu narsalar
ko‘p bo‘ladigan joyni ifodalovchi otlarni yasaydi:
lola+zor, olma+zor,
beda+zor kabi. So‘z ustalari bu me’yordan estetik maqsad bilan chekinib,
o‘smaydigan narsani bildiradigan so‘zlardan ham qo‘shimcha
vositasida
yangi so‘z yasaydilar. Masalan, ulkan so‘z san’atkori Abdulla Qodiriy
"O‘tgan kunlar" romanida qorong‘u
zor shaklida so‘z yasagan:
Uning
(Otabekning) ko‘ngil mevasi bu kungi qora
voqea bilan qanday o‘ralib,
yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi
bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘sgan
daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin
edi. U shu qorong‘uzor
bilan qo‘shilishib ketgandek va qorong‘ulikning quchog‘iga kira borgandek
mevazorning ichkarisiga yura bordi. Bu go‘zal va nafis tasvirdagi
ko‘ngil
mevasi, qora voqea, kecha
rangi, bundagi daraxtlar, o‘z mevalari,
qorong‘ulikning quchog‘i
mevazorning ichkarisi kabi birikmalar bilan
qorong‘uzor so‘zi favqulodda bir uyg‘unlik hosil qilgan va Otabek qalbida
o‘sgan, o‘sayotgan qorong‘ilikning plastik tasviri jonlangan. Badiiy
adabiyotda yozuvchi bunday yangi so‘zlarni
adabiy kiritish uchun emas,
balki aniq badiiy-estetik maqsad bilan yaratadi. Shuning uchun ham bunday
so‘zlar ayni maqsadga qay darajada xizmat qilganligi nuqtayi nazaridan
baholanadi.
Ўзбек тилининг ўзига хос сўз ясалиши меъѐрлари мавжуд. Ҳар
қандай ясаладиган сўз шу меъѐрлар доирасида бўлмоғи шарт. Бу
меъѐрларга амал қилинмасдан ясалган сўз тилнинг луғат таркибидан ўрин
ололмайди. Масалан,
-гич (-ғич, -қич, -кич) қўшимчаси фаол ясовчи
қўшимчалардан бўлиб, тилимиздаги мавжуд сўз ясалиш меъѐрларига кўра
феълга қўшилади ва нарса-қурол, яъни феълдан англашилган ҳаракатни
бажарувчи қурол отини ясайди:
сузгич, meкислагич, чизғич, қирғич,