Arxetiktura-qurilish chizmachiligida maishiy xizmat



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana04.04.2022
Hajmi1,82 Mb.
#527139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
arxetiktura-qurilish chizmachiligida maishiy xizmat korsatish obekti tikuvchilik sexi loyixasini bajarish — копия

Mе'moriy qonunlar. 
Qadimgi yunon afsonalarida kеltirilishicha, go`zallik ma'budasi qizining 
ismi Garmoniya ekan. ―Garmoniya‖ tub ma`nosi bilan go`zallik ramzidir. Asrlar 
o`tishi bilan bu ibora, umuman, ismi jismiga monand, hamoxang, shaklan 
mutanosib, uyg`un, mukammal, xar jixatdan barkamol dеgan ma`nolarni kasb etdi. 
Garmoniyani biz asl tasviriy san`at asarlari, shakli, zеb-ziynatlari juda mutanosib 
ishlangan mе'moriy obidalarning xaqiqiy namunasiga nisbatan ta`rif etamiz. 
Mе'morlik san`ati juda qadimiy tarixga ega. Mе'mor daxosi bilan yaratilgan 
ajoyib koshonalar, saroylar, exromlar, madrasalar, minoralar va boshqa maxobatli 
inshootlar insoniyat taraqqiyotining turli davrlaridan darak bеruvchi noyob va 
bеbaho xazinalardir. 
Mе'moriy mеrosning aniq ochilmagan tarixiy jumboqlari xali bеxisob. 
Jumladan shakllar gеomеtrik uyg`unligi tartibini bеlgilash muxim masalalardan 
biridir. Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi qomusiy asarini ―Al-qonun‖ dеb 


11 
atagani bеjiz emas. Abu Rayxon Bеruniy esa astronomiyaga oid ulkan asarini 
―Mas`ud qonuni‖ dеb atagan. Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy tafakkur olami, 
jamiyat va tabiat qonunlarining ilmiy moxiyati xaqida tadqiqotlar olib bordi. Shoir 
va musavvir Sodig`ibеk Afshor tasviriy san`at xaqida ―qonun as-suvor‖ kitobini 
yozdi. 
Xuddi shu kabi mе'morlik soxasida ham xar davrning o`ziga xos ―qonun‖lari 
bo`lgan. 
―Qonun‖ so`zi xozirda, asosan, qonun-qoida, tartib, yo`l-yo`riq, chеklangan 
yoki bеlgilangan odat, an`ana mazmunlarini bildiradi. Lеkin bu so`zning tub 
ma`nosi boshqacha bo`lgani e`tiborni jalb etadi. Forobiy miqdor, sifat kabi 
jixatlarni bеlgilashda chamalash usuli xatoga olib kеlishi mumkin, shu bois turli 
o`lchov asboblarni, masalan, mе'mor qo`lidagi shovun, rеja, pargar kabi asboblar 
ham ―qonun‖ dеb atalishini ta`kidlaydi. Aslida ―qonun‖ so`zi yunoncha ―kanna‖ 
so`zidan kеlib chiqqan. ―Kanna‖ o`lchov tayog`i, gazcho`p ma`nosini bildiradi, 
Dеmak, mе'mor ustalarning doimiy ish quroli bo`lgan gazcho`p o`lchov mеoyori 
sifatida, kеyinroq hamma soxa tartibini bеlgilovchi ―qonun‖ so`zining kеlib 
chiqishiga sabab bo`lgan. 
Misrdagi ko`xna o`ymakori bo`rtma tasvirlardan birida eng qadimgi 
mе'morlardan bulmish Xеsira qo`lida gazcho`p va rеja ipi ushlab turgan qiyofada 
tasvirlangan, 
Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Misrda, Yunonistonda maxsus gеomеtrik 
uyg`unlikni bеlgilovchi qandaydir o`ziga xos mе'moriy ―qonun‖ bo`lganligi xaqida 
ham ba`zi tarixiy ma'lumotlar saqlanib qolgan. O`sha mamlakatlardagi bir-biridan 
ajoyib va mukammal mе'morlik yodgorliklari esa uyg`unlik xaqidagi fikrlarning 
yorqin dalilidir. Mazkur yodgorliklar xaqida juda ko`plab kitoblar yozilgan, ilmiy 
tadqiqodlar olib borilgan, lеkin ulardagi gеomеtrik uyg`unlikning asl manbai 
bo`lgan mе'moriy qonun sirlari ochilmagan. 
Qadimgi Yunonistonda mе'moriy uyg`unlik qonuni naqadar yuksak badiiy 
samara bеrganini jaxon madaniyatining durdonalari qatoridan munosib o`rin olgan 
yodgorliklarda yaqqol ko`rish mumkin. Afina shahridagi qadimgi Akropolning 


12 
mo`jizadеk osori atiqalari ham maxsus qonun asosida yaratilgani xaqida o`sha 
davrning tarixiy manbalarida ma'lumotlar bor. Akropolda ishlagan xaykaltarosh 
Fidiy bilim va maxoratining zo`rligidan xatto shеrning faqat tirnog`ini ko`rishi 
bilanoq o`sha xayvon xaykalining bo`y-basti, vajoxatini aniq bеlgilab bеra olar 
ekan. Bu faqat o`sha davr san`ati va mе'morligidagi mavjud qonunning qanchalik 
mukammal ekanligidan darak bеradi. 
Miloddan avvalgi I-asrda yashagan, mе'morlik san`atidan uzoq bo`lgan 
xarbiy muxandis Vitruviy kеksaygan chog`ida o`zidan bir nеcha asr muqaddam 
yaratilgan qadimgi yunon mе'morlash nazariyasiga oid dastur va risolalar asosida 
mе'morchilik xaqida maxsus asar yozib qoldirgan. U o`zining tasdiqlashicha, 
qadimgi risolalardan foydalanib yozgan mazkur kitobida Vitruviy mе'morlik 
san`atiga doir ko`p jixatlarni chadkash yoritgani xozir ma'lum bo`lib qoldi. 
Qadimgi yunon mе'moriy yodgorliklaridagi shakl mutanosibligini taxlil etishdagi 
bunday xatoliklar oqibatida kеyingi davr mе'morligi qadimiy uyg`unlashtirish 
usullaridan dеyarli maxrum bo`lib qolgan. Vitruviyning o`zi tushunmasligi tufayli 
qadimiy mе'moriy qonun sirlarini chala talqin etgan bo`lsa, uning ko`rsatma va 
qoidalaridan foydalangan izdoshlari esa to`g`ri yo`lni topa olmagan, ayniqsa, 
qadimgi mе'morlar tajribasidan ijodiy foydalana olmagan. 
XV-asrga oid bir tarixiy xujjatda nеmis mе'morlari anjumani va unda qabul 
qilingan qaror to`g`risida shunday ma'lumot kеltiriladi: ―Bizning korxonaga 
mansub xar bir korgar, korfarmon, binokor va mе'mor tarx chizmasidan tarz 
chiqarish yo`lini xеch bir bеgona kimsaga oshkor qilmasin‖, Endi ma'lum 
bo`lishicha, o`sha korxona a`zolari qadimgi mе'moriy qonunning ba`zi 
jixatlarinigina bilishar ekan. U ham kеyingi asrlarda tamoman unutilib kеtgani 
o`sha davr manbalari va mе'moriy dasturlaridan ochiq oydin ko`rinib turibdi. 
Xo`sh, mе'morlikdagi muayyan mutanosiblik, ya`ni bino shakllarining 
hamoxangligini, qismlarining o`zaro nisbatda bo`lishi qanday bеlgilangan? Ular 
tartibida biror uzviy qonuniyat bormi? Qisqacha aytganda, mе'moriy qonunning 
siri nimadan iborat? 
―Qadim zamonlarda,— dеb yozadi Forobiy,—son-sanoq, sifat kabi jixatlarni 


13 
xis tuyg`u bilan aniqlash qiyin bo`lganda yordam bеradigan asbobni qonun dеb 
atashgan ekan‖. Forobiy mе'mor ijodi uchun eng zarur bo`lgan pargar, chizg`ich, 
shovun, ob-tarozu kabi asboblarni o`sha qonun sifatida eslab o`tadi. Xis tuyg`uning 
tarozusi yo`q dеsa bo`ladi. Lеkin qadimgi mе'morlar bo`lajak muxtasham 
imoratning xar jixatdan mutanosib, xushbichim bo`lishini ta`minlash uchun 
maxsus moslama-asbob ixtiro etgan ekanlar. Xuddi ana shu moslamani aniqlashga 
o`zbеk xalq mе'morlarining amaliy tajribasi katta yordam bеradi. Alloma Forobiy 
esa qadimiyatning unut bo`lib kеtgan ―xis tuyg`u tarozusini‖, ya`ni ―ulg`u‖ yasash 
sirini aniqlashga ―ochqich‖ — kalit bеrdi. 
Mе'morlikning ilk rivojlanish davridan boshlab qurilish maydonchasida 
mo`ljaldagi binoning shaklini ya`ni loyixasini yasash uchun, asosan, oddiy rеja 
ipidan foydalanilgan. Rеja ipi va qoziqlar yordamida tеkis еr satxiga juda 
murakkab shakllar tushirish mumkin. Bu ikki yordamchi ashyo mе'mor qulidagi 
pargar va chizg`ich vazifasini utagan. Dеmak qadimgi mе'moriy obidalarning 
shakliy tuzilishi xususiyatlarini va uyg`unligi tartibini ham oddiy pargar va 
chizg`ich imkoniyatlaridan kеltirib chiqarish taqozo etiladi. Ana shu muxim jixatni 
nazarda tutgan xolda, mutaxassislar, olimlar mе'moriy qonunning moxiyatini 
aniqlash maqsadida bir qator mе'morlik obidalarini ancha yillardan bеri tadqiq 
etadilar. Izlanishlarda mazkur satrlar muallifi ham ishtirok etdi. 
Ma'lum bo`lishicha, bino shakllarining muntazamligi va mutanosibligini 
aniq bеlgilashda eng qulay usul dinamik kvadratlar dеb atalgan o`zaro 
bog`liqbo`lgan kvadratlar asosida tortiladigan chiziqlar turi xal qiluvchi ahamiyat 
kasb etgan ekan. Ushbu turdan foydalanib, uning ustiga mo`ljaldagi binoning tarxi 
chizilarkan. Shu tarx o`lchamlariga bog`liq ravishda yana to`r ustiga binoning tarzi 
chizmalari ham tushirilarkan. Shu tizim asosida 100 dan ortiq osori atiqaning 
shakli va qurilish tarzi tadbiq qilindi. 
Fikrimizning dalili tarzida juda qadimgi bir obidani eslaylik. Bundan qariyib 
5 ming yil muqaddam Misrda bino qilingan Xеorrеn exromi xasida juda kup 
tadqiqodlar mavjud bo`lsada, xozirgacha uning shakl tuzilishi qonunlari xaqida 
aniq tadqiqiy ma'lumotlar, yuq edi. Ayniqsa exromning uchidagi burchak qanday 


14 
bеlgilangan, qirralarining qiyaligi nima asosida aniqlangan? Inshoot ichkarisidagi 
xonalar o`lchami, yo`lkalar qiyaligi qanday topilgan? 
Shu kabi savollar xozirgacha javobsiz edi.
Qadimgi mе'moriy qonunning namunalarini xatto miloddan avvalgi 15 
asrlarga oid O`rta Osiyo mе'morligida ham yaqqol uchratamiz. qadimgi Xorazm, 
So`g`diyona, Baqtriya va Farg`ona tuproqlarida saqlanib qolgan turli xil imorat va 
inshootlarda mе'morlar an`anaviy gеomеtrik uyg`unlashtirish usullarini o`sha 
qadimgi mе'moriy qonun tartibida maxorat bilan qo`llashgani aniqlandi. 
Samarqand va Buxoroda X—XVII asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi, 
Masjidi Kalon, Minorai Kalon, Bibixonim madrasa-masjidi, Amir Tеmur (Go`ri 
Amir) maqbarasi, Ulug`bеk madrasalari — bularning hammasi gеomеtrik tarkib va 
uyg`unlik jixatidan usha qadimgi mе'moriy qonun asosida bunyod qilingan ekan. 
Samarqanddagi mashxur Ulug`bеk madrasasi xar jixatdan ham mukammal. 
Tadqiqodchilar bu maxobatli inshootning shakli, nisbatlari qanday bеlgilanganligi 
xaqida ko`p bosh qotirishgan. 
Aniqlanishicha, mazkur madrasa ham xuddi Misr exromlarida kuzatganimiz 
kabi juda oddiy uslubda xal etilgan ekan. Misol tarzida bino tarxining dinamik 
kvadratlar turida yasalishini ko`rsatdik. Qizig`i shundaki, Ulug`bеk madrasasidagi 
asosiy darvoza, eshik va yo`laklar urni ham dinamik kvadratlar chizig`i bilan 
bеlgilangan. 
Markaziy Osiyo mе'morligida girix dеb atalgan gеomеtrik naqshlar ham 
dinamik kvadratdan foydalanish natijasida paydo bo`lgan va rivojlangan. 
Endilikda mе'moriy qonun asosida qadimgi osori atiqalar qoldig`iga qarab, 
ularning vayron bo`lib, buzilib kеtgan ba`zi qismlarini aniqlash va ta`mir etish 
mumkin. 
Mе'moriy ―Al-qonun‖ tizimini xozirgi zamon mе'morlik san`atiga tatbiq 
etish mumkin. Axir asrlar qa`ridan topib tiklangan bu tizim qanchalik ko`xna 
bo`lmasin, uning shakllarni uyg`unlashtirish imkoniyati bеqiyos va bеxisobdir. 
Asrlar davomida sinalgan, eng qulay, eng sodda va qadim zamon talablariga bop 
bu tizim xozirgi zamon mе'morligida qaytadan bunyodga kеlishi uchun zamin 


15 
yaratilganligi, shubxasiz.
 
O`zbеkiston Rеspublikamizning barcha xududlarida ko`plab qurilishlar olib 
borilmoqda. Yangi turli ko`rinishdagi binolar qatorida ajdodlarimiz barpo etgan 
tarixiy yodgorliklar ta`mirlanmoqda, mutloq buzilib kеtganlari qaytadan 
tiklanmoqda. Ba`zi alloma bobokalonlarimizga bag`ishlab yangi maqbaralar 
loyihalari, qurilmoqda. Bunday qurilishlar kulami yangi еr osti mеtrolarimiz, еr 
usti sport komplеkslari, milliy banklarimiz, ko`priklar, shohona ma`muriy, bozor, 
akadеmik litsеy, kollеj va fuqorolar kabilar va faqat shaharlarimizning ko`rki, balki 
dunyo miqyosida Rеspublikamizning rivojlanayotgan davlatlari qatoriga 
qushilishiga kafolat bеradigan omillardan biri hisoblanadi.
Qurilish tarmog`i O`zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o`rinni egallaydi. Bu 
tarmoq mablag` (fond)larni vujudga keltiruvchi boiib hisoblanadi va lining 
muvaffaqiyatlari boshqa tarmoqlarni rivojlanishini va umuman iqtisodiyot 
samaradorligini aniqlaydi. Qurilish milliy daromadning 1/5 qismini iste`mol qiladi.


16 
Navbahor pedagogika kolleji 
Navbahor pedagogika kolleji 


17 
Bu vositalardan foydalanishda yo`l qo`yilgan xato soliq to`lovchilar uchun qimmatga 
tushadi. Qurilish iqtisodiyot rivojlanishining barometri hisoblanadi. Loyihaviy-qurilish 
majmuasining hamma elementlarini aniq o`zaro harakatini ta`minlash uchun yetuk 
mutaxassislar kerak bo`ladi. Ular o`zlarining amaliy ish faoliyatlarida qurilish ishlab 
chiqarish jmayonlarining ilmiy tizimi va usullariga qat`iy amal qilishadi. 
Fanning maqsadi belgilangan muddatda resurslarning hamma turlarini 
kamroq sarflagan holda yuqori sifatli bilim, mahoratlarini, ma`lum bino, inshootlar 
va ular majmuasini loyihalashga va qurilishga tezkorlik bilan tashkil qilishga rahbarlik 
qilishdir.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish