Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa, so‘nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So‘nggi paleolitning boshlarida gominid evolutsiyasi yakunlanib, zamonaviy «aqlli odam» turi paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko‘payishi natijasida tarkibiy qurollar – tasma, uchlik, shuningdek to‘qimachilik paydo bo‘ladi.
Nihoyat, dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot – urug‘ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli insonlarning asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo‘lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishidagi tafovutlarga qaramasdan, tarixda saqlanib qoldi.
Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo‘ladi. Tarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan.
Ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg‘un holda vujudga kelgan. Urug‘chilik jamoasining paydo bo‘lishi davrida ibtidoiy odamlar san’atning nimaligini to‘la anglamagan holda tirikchilik jarayonida san’at shakllana boshladi. Ibtidoiy san’at xilma-xil bo‘lib, bir necha turlarga bo‘linadi:
suyak, tosh parchasi, shox, kulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari;
g‘or devorlariga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvirlangan. Bunday tasvirlar Turon, Sahroi Kabir, Markaziy Osiyo, G‘arbiy Yevropada ko‘plab uchraydi;
qoyatoshlarga o‘yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kundalik mehnati bilan bog‘liq manzaralar o‘rin olgan. Qoyatosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Yevropada ko‘p uchraydi;
arxaik san’at turlaridan yana biri haykaltoroshlik ham urug‘chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo‘lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek hayvonlar haykallari ishlangan. Bunday haykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykallarda ibtidoiy mehnat va e’tiqod ramzlari namoyon bo‘ladi;
ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (neolit) faoliyati bilan bog‘liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o‘simlik tasvirlari uchraydi;
ibtidoiy san’at turlaridan biri – niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo‘rqitib, o‘zlarini himoya qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan;
musiqa, qo‘shiq, o‘yin ibtidoiy san’at turlari hisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan;
xalq og‘zaki ijodi – asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo‘lib, ibtidoiy odamning turmushi, o‘y-fikri va kayfiyatini ifodalagan, diniy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘lgan1.
Umuman, ibtidoiy san’at kishilarning dastlabki umumiy ijodi bo‘lib, u odamlarning mehnat faoliyati, ichki ruhiyati va diniy tasavvurlari bilan
1 Musaev N.U. Azimov H.I. Madaniyatshunoslik. í Ɍ., 2010. í 36-ɛ.
uyg‘un bo‘lgan. Diniy tasavvur va e’tiqod shakllari madaniyatning moddiy va ma’naviy turlarining rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
Ibtidoiy odamlar turli mintaqalarga tarqalib, turli xil tirikchilik bilan shug‘ullana boshlaydi. Tabiatning va tirikchilikning xilma-xilligi turli e’tiqodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Tabiat va jamiyat hodisalariga bog‘liq g‘ayritabiiy kuchlarga ishonish ibtidoiy e’tiqod deyiladi. Uning totemizm, animizm, sehrgarlik kabi turlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |