Badiiy o’qishga chog’langan talabalar aruz vaznlarini bilishdan tashqari quyidagilarni yodda tutmoqlari kerak. Aruzdagi materiallar o’qilayotganda bir tovushning o’zi misra yoki bayt tarkibida vazn talabiga ko’ra turlicha cho’ziqlikda o’qilishi mumkin. Masalan, Muqimiyning «Navbahor» g’azalidagi matla'ni olib ko’raylik: Navbahor ochildi gullar! sabza bo’ldi bog’lar! Suhbat aylaylik kelinglar! jo’ralar, o’rtoqlar! Bayt tarkibidagi «Navbahor» so’zidagi «o» unlisi odatdagidek talaffuz qilinsa, «ochildi» so’zidagi «o» unlisi avvalgisiga nisbatan bir marta ortiq cho’ziq talaffuz qilinadi. G’azal qofiyasidagi «o» unlisi esa birinchi «o»ga nisbatan ikki marta ortiq cho’ziq talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |