Vazn talabiga ko’ra faqat «bog’lar», «o’rtoqlar» so’zlaridagina emas, g’azaldagi barcha qofiya bo’layotgan so’zlardagi «o» unlisi ana shu cho’ziqlikdatalaffuz qilinadi. Talabalarning aruzdagi materiallarni o’qish ko’nikmasini egallashida «bahru bayt», «bayt-barak» adabiy o’yini juda qo’l keladi. Talabalik yillarimizda bu adabiy o’yin sirlarini marhum ustozlarimiz: H.Razzoqov, Ulfat, Boqirlar o’rgatishgan edi. Davlat imtihonlariga rais bo’lib kelgan akademik V. Abdullaev bu adabiy o’yinni yanada takomillashtirishga doir qimmatli maslahatlar bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |