Arthropoda tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Qisqichbaqasimonlar



Download 128,95 Kb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi128,95 Kb.
#782516
1   2   3   4
Bog'liq
ис ичба асимонларнинг ташки тузилиши

Аsоsiy sаvоllаr:
1. Bo‘g‘imoyoqlilar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.
2. Qisqichbaqasimonlar sinfi vakillarining o‘ziga xos tuzilish belgilari.
3. Qisqichbaqasimonlar sinfi vakillarining ko‘payishi va rivojlanishi.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlar vа ibоrаlаr: Antennula, antenna, jag‘ oyoqlar, kuyikish a’zosi, protopodit, endopodit, ekzopodit, epipodit, pilorik oshqozon, halqumoldi konnektiva, ko‘krak endoskeleti, kopulyativ organi, nauplius, metanauplius, kutikula, epikutikula, geteronom, sklerit, sternit, pleyrit, miksotsel, ostiylar, gemotsianin, gemolimfa, koksal bezlar, malpigi naychalar, konnektivalar, karapaks.
1-sаvоl bo‘yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga bo‘g‘imoyoqlilar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish.
Birinchi sаvоl bаyоni:
Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi turlarga juda boy bo‘lib, 1-1,5 mln. ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Aslida ularning turi 2-3 mln dan kam emas. Bo‘g‘imoyoqlilar dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida va ayniqsa, Yer yuzining quruqlik qismida keng tarqalgan. Bo‘g'imoyoqlilar issiq va nam tropik iqlimli o‘lkalarda ayniqsa ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Bu hayvonlarni suvsiz jazirama issiq sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qahraton sovug'ida ham uchratish mumkin. Turlarining xilma-xilligi va yer yuzida tarqalishi jihatidan bo‘g'imoyoqlilar boshqa hamma hayvonlarni birga qo‘shib hisoblaganda ham bir necha marta ustun turadi.
Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki tomonlama simmеtriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Tana bo‘g'imlarining tuzilishi va o‘lchami har xil (geteronom) bo‘ladi. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi tayanch-skеlеt vazifasini bajaradi.
Bo‘g'imoyoqlilarning tanasi bosh, ko‘krak va qorindan iborat uchta bo‘limga bo‘linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo‘limlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi natijasida ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, daryo qisqichbaqasining bosh va ko‘krak bo‘limlari qo‘shilib, bitta bosh-ko‘krakka birlashganligi sababli ular tanasini ikki bo‘lim, ya’ni bosh-ko‘krak va qoringa ajratish mumkin. Kanalarda esa hamma tana bo‘g'imlari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan. Bosh bo‘limi akrondan va 4 ta tana bo‘g'imidan kelib chiqqan. Bo‘g'imoyoqlilar boshida sezgi va og'iz organlari joylashgan. Boshining birinchi bo‘g'imi akron halqali chuvalchanglar prostomiumiga mos keladi. Ko‘krak bo‘limi 3-8 bo‘g'imlardan tashkil topgan, unda yurish oyoqlari yoki qanotlari (hasharotlarda) joylashgan.
Bo‘g'imoyoqlilarning muskullari teri-muskul xalta hosil qilmaydi, ular tanada to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan ko‘ndalang targ'il muskullardan iborat. Muskullarning bir uchi tana organlariga, ikkinchi uchi tana qoplag'ichining qalinlashgan qismlariga kelib birikadi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining birga qo‘shilib kеtishidan hosil bo‘lgan aralash (miksotsel) tana bo‘shlig‘i dеyiladi. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar jabralar, quruqlikda yashovchilari esa traxеya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning qon aylanish sistеmasi ochiq bo‘lib, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi.
Suvda hayot kechiruvchi bo‘g'imoyoqlilar ayirish sistemasi halqali chuvalchanglar metanefridiylarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon bezlardan iborat. Bu bezlarning tashqi chiqarish yo‘li ko‘krak oyoqlari yoki antennalar asosiga ochilganligi sababli, ular koksal bezlar deyiladi. Quruqlikda yashovchi bo‘g'imoyoqlilar-o‘rgimchaksimonlar, ko‘poyoqlilar, hasharotlarda o‘ziga xos ayirish sistemasi malpigi naychalari rivojlangan. Naychalar orqa ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tuguni, ya'ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tadigan nerv tomirlari-konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya protoserebrum, deytoserebrum va tritoserebrum deb ataladigan uch bo‘limdan iborat. Bo‘g'imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi hamda murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzadan iborat oddiy yoki ko‘p linzali murakkab, ya'ni fasetkali bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik bo‘g'imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug'lanish orqali, ba'zan partenogenez usulda ko‘payadi. Azaldan suvda hayot kechiradigan bo‘g'imoyoqlilarda urug'lanish tashqi, quruqlikda hayot kechiradigan guruhlarida esa ichki bo‘ladi. Ayrim vakillari tuxum qo‘ymasdan tirik tug'adi. Ko‘pchilik bo‘g'imoyoqlilar ancha murakkab o‘zgarishlar orqali rivojlanadi. Tuxumi sariq moddasiga boy bo‘lgan turlarining yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Bo‘g'imoyoqlilar faqat tullagandan so‘ng o‘sadi. Tullash o‘sayotgan hayvon uchun tor kelib qolgan eski qalqonning yorilib, hayvon tanasidan tushib ketishidan iborat.
Bo‘g‘imoyoqlilar tipi 4 ta kеnja tip(Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata), Xеlitsеralilar (Chelicerata), Traxеyalilar (Tracheata) va Trilobitsimonalar (Trilobitomorpha)ga bo‘linadi. Birinchi kеnja tipga Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi, ikkkinchi kenja tipga 3 ta sinf, ya’ni 1. Gigant qalqondorlar yoki Qisqichbaqa chayonlar (Euripterida) sinfi. 2. Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi va 3. O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi, uchinchi kenja tipga Ko‘poyo‘qlilar (Myriapoda) va Hasharotlar (Insecta) katta sinflari va to‘rtinchi kenja tipga Trilobitlar (Trilobita) sinfi kiradi.

Download 128,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish