Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#599781
1   2   3
Bog'liq
art-menejmentni-rivojlantirishda-zamonaviy-yondashuvlarning-ahamiyati

Menejment
- bu tashkiliy resurslarni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va 
nazorat qilish orqali tashkilot (ya’ni korxona, muassasa, firma, jamiyat va h.k.) 
maqsadlariga samarali va unumli erishishdir [2: 139].
Menejment fani
- bu boshqaruvchiga tanlovni to‘gʻri amalga oshirishni va 
ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha bo‘gʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali 
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan 
quyidagilarni o‘rganadi: 

boshqarish nazariyasi va amaliyoti; 

boshqarish obyekti va subyekti; 

boshqarish tamoyillari va usullari; 

boshqarish madaniyati; 

menejer va uning fazilatlari; 

menejer reytingi; 

boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; 

boshqarish funksiyalari; 

xodimlarni boshqarish; 

ishlab chiqarishni boshqarish; 

samaradorlikni boshqarish; 

o‘z-o‘zini boshqarish; 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
66
http://oac.dsmi-qf.uz/



hududiy boshqarish va hokazolar. 
Ko‘rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti 
orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga 
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat. 
Fanni o‘qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqishni 
uygʻotish, amaliy va ijodiy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tugʻdirishdan iborat. 
Chunki, hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish 
tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va 
firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish 
bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib 
etishadilar [3: 267]. 
Ijodiy jarayon va madaniy boyliklarni ishlab chiqarish hamda ularni jamiyatda 
idrok etishni targʻib etish uchun sharoit yaratish san’at menejeri faoliyatining asosi 
hisoblanadi. 
Menejer
- bu maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-
qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer - bu yollanma 
boshqaruvchi boʻlib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub boʻladi. 
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga 
ega boʻlgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, maʼmuriy boshqaruvchilar 
menejerlar deb yuritiladi [4: 99]. 
San’at menejerining faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: 
-
ijodiy jarayonni (gʻoyalar beruvchi, ssenariy yozuvchi va h.k.) tashkil etuvchi 
tadbirkor menejeri; 
-
badiiy asarlarni yaratishni tashkil etuvchi menejer tashkilotchi; 
-
madaniy mahsulotlar tarqatishni tashkil etuvchi va vositachilik xizmatlarini 
koʻrsatuvchi savdo boʻyicha menejer (koʻrgazmalar, gastrollar, kitob, disk, ijod 
mahsulotining savdosi) 
-
madaniyat va san’atni ommalashtirishni tashkil etuvchi, madaniy jarayonni 
jamiyat tomonidan qabul qilishga yordam beruvchi marketing sohasi boʻyicha 
menejer (axborot, reklama); 
-
madaniy boyliklarni tiklash, ularni asrash va ommaga taqdim etish dasturi 
boʻyicha menejer. 
Bugungi kun menejeri axborot va kommunikatsiya harakatini an’anaviy vertikal 
aloqada emas, balki gorizontal yoʻnalishda ta’minlamoqda. Bu esa oʻz navbatida 
tashqi muhit oʻzgarishlariga tashkilotning javoban harakatini tezlashtiradi. 
Iyerarxiyaning gorizontal yoʻnalishida faoliyat yurituvchi loyiha menejerlari, 
funksional va bosh menejerlar zamonaviy biznesning talabiga aylanmoqda. 
San’at menejmentida ham erkak va ayol menejerlar faoliyat koʻrsatadi. Ularning 
qobiliyatlari va bajaradigan vazifalarini oʻrganish jarayonlari bir qator olim va 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
67
http://oac.dsmi-qf.uz/


olimalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ulardan biri tadqiqotchi olima 
F.Denmark katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, boshqaruv 
sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol 
va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar 
jamoadagi insoniy munosabatlarga koʻproq e’tibor beradilar. Erkak va ayol 
menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning boʻlishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan 
vazifani bajarish, koʻzlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi 
[5: 16-17-b.]. 
San’at menejmentning iqtisodiy vazifalariga esa quyidagilar kiradi: 

bozor iqtisodiyotining madaniy siyosatidan kelib chiquvchi madaniy hayot 
tizimi (modeli)ni vujudga keltirish; 

madaniyat taraqqiyotini rejalashtirish; 

san’at sohasidagi tarmoq tizimlarini yaratish; 

san’at sohasidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini doimiy nazorat 
etish; 

xodimlar faoliyatini ragʻbatlantirish; 

yangi san’at bozorlarini izlash va egallash; 

san’at sohasida xalqaro hamkorlik shakl va modellarini yaratish. 
Zamonaviy menejment tarkibiy qismi sifatida san’at menejmenti oʻz oldiga 
quyidagi vazifalarni qoʻyadi: 

san’at tashkilotining rivojlantirish maqsadlarini aniqlash; 

uning strategiyasini ishlab chiqish; 

muammolarni yechish uchun tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 

vazifalarning bajarilishini nazorat qilish. 
Bugungi kunda san’at menejmenti madaniy qadriyatlarni tanlash, saqlash, ishlab 
chiqarish va tarqatish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan funksional faoliyat turlaridan 
biri sifatida qaraladi. San’at menejmenti, shuningdek, madaniy xizmatlar bozori 
mahsulotini ishlab chiqarishni boshqarish jarayoni boʻlib, u ushbu ishlab chiqarishda 
ishtirok etadigan odamlarni tashkil etish orqali boshqaruvning barcha tarkibiy 
elementlarini (rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat) oʻz ichiga oladi. 
Aytishimiz mumkinki, san’at menejmenti klassik menejmentga xos boʻlgan 
boshqaruv uslublari yigʻindisi va umuman badiiy mahsulotlarni yaratish va tarqatish 
jarayonini oʻz ichiga olgan san’at sohasidagi boshqaruv faoliyatining alohida turidir 
[6: 93]. 
Yurtimizda madaniyat va san’at sohasi muhtaram Prezidentimiz ilgari 
surayotgan 
Taraqqiyot 
strategiyasida 
boshqaruv 
mexanizmlarini 
nazariy 
umumlashtirish va ilmiy tahlil qilishni taqozo etayotganligini inobatga oladigan 
boʻlsak, san’at menejmentning oʻrni va ahamiyatini oʻrganish dolzarb boʻlib qoladi. 
Bu shuni anglatadiki, ijtimoiy-madaniy faoliyatda professional, toʻgʻri boshqaruv va 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
68
http://oac.dsmi-qf.uz/


tartibga solinmasdan hech qanday tarzda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi, bu esa 
madaniyat va san’at oliygohlarida talabalar tayyorlashning yangi usullarini va eng 
samarali oʻqitish texnologiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. 
Rossiyalik tadqiqotchi G.N.Novikova ta’kidlaganidek: bugungi kunda san’at 
menejmenti madaniyat va san’at sohasidagi tijorat faoliyatining eng dolzarb 
yoʻnalishlaridan biridir [7: 13]. 
Ishlab chiqarishda uning samarasini texnika va texnologiya, unumdorlik va 
rentabellik aniqlasada, san’atda tashkilot faoliyati mohiyatinining har bir xodimining 
ijodiy qobiliyati, iste’dodi va gʻoyalari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, 
notijorat tashkilotlarda personalni boshqarish ishlab chiqarish jarayoni boshqaruvidan 
ahamiyatlidir. San’at muassasida personalni boshqarish san’at mahsulotining sifati va 
tarqatish masshtabini aniqlaydi. 
Muassasa rahbari resurslardan oqilona foydalanish masalasi yechimining eng 
optimal variantini qabul qilishi lozim. Mehnat resurslari muassasaning eng muhim 
resursi boʻlib, uni ijodkor xodimlar tashkil qiladi. Ularni boshqarishda motivatsiya 
alohida ahamiyatga ega. 
Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish jarayoni san’at muassasasida boshqa 
tashkilotlarga qaraganda murakkabroq kechadi, chunki buning uchun ma’lum 
obyektiv oʻlchovlar mavjud emas. San’at muassasasida ishga qabul qilish tanlov 
asosida yoki mehnat bozorida monitoring bilan shugʻullanuvchi maxsus boʻlimlar 
orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Ishga qabul qilingan xodimni muassasa foaliyati konsepsiyasiga va mehnat 
usuliga koʻniktirish bu rahbarning keyingi vazifasidir. Opera teatri yoki muzey kabi 
yirik kompleksli muassasa haqida gap borsa, bu vazifa ancha murakkab boʻlishi 
mumkin, chunki misol uchun shuhratparaslik kabi nozik masalalar e’tiborga olinishi 
kerak. Har bir xodimning maksimal darajada oʻz qobliyatini namoyon eta olish uchun 
sharoitlar yaratib berish va shu bilan birga mehnatga motivlashtirishning eng yuqori 
pogʻonasiga erishish ham personal boshqaruvning muhim vazifalaridan biridir. 
Art menejment motivatsion muammolarga ancha sezgir boʻlib kadrlarning 
bazaviy joylashtirish motivatsiyaga toʻgʻridan toʻgʻri ta’sir etadi. Bu esa natijada 
ijodiy jarayon samarodorligini aniqlaydi, shuning uchun motivatsion jarayoninini 
dasturlash murakkab va strategik jihatdan muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma’lumotiga koʻra, oddiy yapon menejeri, 
albatta, muhandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar boʻyicha universitet 
diplomiga ega boʻlishi shart. Koʻp hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga 
ega boʻlsa, bir qator yetakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning biografik tahlili 
ularning yuqori ma’lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi [8: 17]. 
San’at sohasidagi menejment mutaxassislaridan biri Djilian Xenberi Pul 
menejerlarga quyidagi yoʻl-yoʻriqlarni bergan: “Tashkilotda kerakli ma’naviy muhit 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
69
http://oac.dsmi-qf.uz/


yaratish uchun bir qator yoʻlar mavjud. Mening fikrimcha, xodimlarni xonasiga 
chaqirib olish eng noʻmaqul yoʻllardan biri. Men esa menejerga boshqarayotgan 
muassasasi boʻylab aylanib chiqishini tavsiya etaman. Kabinetingizdan chiqing va 
sizning xodimlaringiz “nima bilan nafas olayotganini” his qilishga harakat qiling. 
Agarda siz kirib kelishingiz bilan xodimlaringiz gaplashishini toʻxtatsa, bunda nima 
uchun bunday boʻlishini aniqlashingiz kerakdir. Kimdir tushkin kayfiyatda boʻlsachi, 
bir daqiqaga uning yoniga oʻtiring. Agarda yerda qogʻoz yotgan boʻlsa boshqalarga 
oʻrnak boʻlib uni koʻtaring [9: 34-35-b.]. 
San’at menejerlari zamonaviy san’at asarlari narxlarini shakllantirishda boror 
sharoitlarini oʻrganish kuchli darajada talab etiladi. 
Zamonaviy san’at asarlarining narxini nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan koʻrib 
chiqish kerak, chunki biz estetik qiymatga ega boʻlgan ob’ektlarning narxlari haqida 
gaplashamiz. Taxminan aytganda, narx ma’lum ma’noga ega. Barcha bozorlar (shu 
jumladan zamonaviy san’at bozori) bir xil ishlaydi: ularni madaniy voqelikdan 
alohida mavjud boʻlmagan narxlar boshqaradi. Narxlar ishlarni sotadigan tashkilot 
turiga bogʻliq. 
Galereyalar va auktsion uylari narxlarni belgilashda boshqacha yondashuvni 
qoʻllaydilar. Agar ilgari san’at sohasida savdo-sotiq qilingan boʻlsa, ikkinchisi 
tovarlarni sotadi. Galereya egalari zamonaviy san’atni targʻib qilishda oʻz vazifalarini 
bajaradilar va auktsion uylaridagi hamkasblarni “parazitlar” deb bilishadi. San’at 
asarlari savdosining 56% galereyalarga toʻgʻri keladi. 
Narxlarni oʻz-oʻzidan oʻrnatish mumkin emas. Katta formatdagi ish kichik 
ishdan koʻra koʻproq xarajat qiladi, rasm chizish esa rasm va shunga oʻxshashlardan 
koʻproq xarajatlarni talab qiladi. Biroq, ishning narxi nafaqat uning texnik 
xususiyatlariga bogʻliq. Bunday texnik boʻlmagan jihatlarni tushunish uchun narxni 
tahlil qilish kerak, bu oʻz-oʻzidan san’atdir. San’at asarlari sotuvchilari turli xil 
narxlar sxemalariga tayanadilar, ular “biron bir qarorga kelishga yordam beradigan 
kognitiv koʻrsatmalar kabi ishlaydi”. Badiiy asar narxini belgilashda turli 
savdogarlarning narxlarni belgilash yondashuvlari ishning texnik va birinchi 
navbatda texnik boʻlmagan xususiyatlariga qarab doimiy ravishda koʻrib chiqiladi. 
Bugungi kunda rassomlar, dilerlar va kollektorlar uchun san’at asarining narxini 
aniqlash qiyinroq. Zamonaviy san’at bozorining globallashuvi yangi hodisa emas, 
ammo bu hali ham narxlar atrofida yuzaga kelgan noaniqlikni izohlaydigan asosiy 
omil. Yarmarka misolida Hindiston san’at yarmarkasi taniqli hind rassomlarining 
asarlari AQSh va Buyuk Britaniyada Hindistonga qaraganda yaxshiroq sotilganligini 
koʻrish mumkin. 
Rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekstonda ham san’at menejerlari 
faoliyat koʻrsatadigan markaz mavjudir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
70
http://oac.dsmi-qf.uz/


chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini 
ta’minlash, shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, jahon madaniy sahnasida mamlakatning ijobiy imijini 
mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 6-martda “Toshkent 
shahrida Zamonaviy san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi 131-sonli qarori qabul qilingan. 
Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat 
va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi 
Zamonaviy san’at markazi tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
-
zamonaviy san’at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yoʻlga qoʻyish; 
-
tasviriy va amaliy san’atning barcha turlari vakillarini professional ravishda 
birlashtirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy san’atni innovatsion va texnologik 
rivojlantirishda uzoq muddatli tashabbuslarning fanlararo oʻzaro platformasi 
yaratilishini ta’minlash; 
-
Oʻzbekistonda madaniyat va san’atning rivojini qoʻllab-quvvatlaydigan yosh 
san’at namoyandalari va pedagoglari hamjamiyatini tashkil etish va uning faoliyatiga 
koʻmaklashish; 
-
Oʻzbekiston san’ati tarixi va tadqiqot tashabbuslari boʻyicha ixtisoslashtirilgan 
kutubxonalar hamda bosma, foto, video va audio materiallar arxivini yaratish va 
boshqarish; 
-
zamonaviy san’at sohasida ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha 
platformani yaratish va boshqarish; 
-
zamonaviy madaniyat va san’at sohasida spektakllar, perfomanslar, kino 
namoyishlari, audio-vizual loyihalarni amalga oshirish laboratoriyasini tashkil etish 
va boshqarish [10: 414-b.]. 
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda jahon ta’lim va art bozor makoniga qoʻshilish 
sharoitida madaniyat va san’at sohasidagi boʻlajak mutaxassislarni badiiy boshqarish 
texnologiyalari asosida tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir. 
Ushbu bogʻliqlik natijasida badiiy menejmentning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy 
profildagi ta’lim muassasalarining faoliyati va rivojlanishi muammolarini hal 
qiladigan texnologiyalar va usullarni qoʻllashning nazariy ahamiyati va amaliyotini 
oshirish zarur. 
Art menejment san’at va madaniyatning maxsus tizimi sifatida markaziy oʻrinni 
egallaydi, chunki u insonning ijodiy va moddiy faoliyati mahsullari bilan bevosita 
bogʻliq boʻlib, ularga nisbatan mustaqil ma’noga ega boʻlgan estetik va ma’naviy 
mazmunni kiritadi, lekin pirovard natijada funktsional va ma’noga boʻysunadi. 
narsaning konstruktiv, amaliy maqsadi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
71
http://oac.dsmi-qf.uz/


San’at sohasidagi art menejment sohasida kadrlar tayyorlash tizimini samarali 
boshqarish va tartibga solish vositasi sifatida qaraladi, chunki u badiiy qadriyatlarni 
yaratish va targʻib qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda texnologik 
vositaga aylanishi kerak. 
Kasbiy san’at menejmentining asosini tashkilot (teatr, filarmoniya, ishlab 
chiqarish markazi va boshqalar) tashkil qiladi, uning samaradorligi toʻgʻri topilgan 
modelga, shuningdek, menejerning shaxsiyati va kasbiy tayyorgarligiga bogʻliq. 
San’at biznesining har bir yoʻnalishi oʻz boshqaruv modellariga va uning 
samaradorligi mezonlariga ega. Madaniy tadbirkorlik ham bundan mustasno emas. 
Ushbu sohada tashkilot faoliyatini boshqarish jarayonlarining samaradorligi 
koʻrsatkichlari mavjud. 
Binobarin, badiiy menejmentning maqsadlari quyidagilardan iborat: san’at 
sohasidagi sub’ektlarning individual madaniy faoliyatini va ijtimoiy-madaniy 
faoliyatini tartibga solish, san’at sohasidagi jarayonlarni boshqarish, badiiy va badiiy 
va ijodiy jarayonlarni modellashtirish, ularning madaniy ekspertizasi, ijtimoiy-
madaniy dizayn va ijtimoiy amaliyotning turli sohalarida tegishli texnologiyani 
tanlash. 
Bugungi kunda har kuni amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning 
aksariyati Nyu-York, London, Chikago va Gonkong kabi jahon san’atining yirik 
poytaxtlarida amalga oshiriladi. Mahalliy darajada emas, balki “global shaharlar” 
oʻrtasida yaqinroq aloqa mavjud. Xuddi shu narsa zamonaviy san’at bozorida sodir 
boʻladi, unda xalqaro darajadagi galereyalar etakchi oʻrinni egallaydi: Gagosian 
galereyasi (Dunyo boʻylab 16 galereya) Pace galereyasi (10), Hauser va Wirth 
galereyasi (6), Perrotin galereyasi (6), Zvirner galereyasi (4) plyus xalqaro 
koʻrgazmalar), Marian Goodman galereyasi (3), Blum & Poe galereyasi (3) va Fergus 
Makkaffri galereyasi (2) shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar v.b. 
Eng yirik zamonaviy rassomlar oʻz asarlarini sotishga ishonishadi: ular orasida 
Takashi Murakami, Richard Serra, Yayoi Kusama, Metyu Barni, Urs Fisher, Sofi 
Kull, Damian Xirst, Gregori Krudson, Sindi Sherman, Andreas Gurskiy, Gerhard 
Richter, Jeff Kouns, Pol MakKarti. va Olafur Eliassonlar art menejment olamida yirik 
tajribaga egadir. 
Bugungi kunda xalqaro miqyosdagi ushbu galereyalar savdogar va kollektor 
oʻrtasidagi munosabatlar tizimini rivojlantirmoqda. Rivojlanayotgan manbalar va 
ma’muriy moslashuvchanlik ularga yangi tendentsiyalarga tezda javob qaytarish va 
muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan ishlarni jalb qilishga imkon beradi. Muzey 
ob’ektlari ekspozitsiyasi ushbu san’at galereyalari va rassomlarning oʻzlarini 
yaratadi, ular galereyalarni ommalashtirish uchun yanada obroʻli va ahamiyatlidir. 
Shu sababli, galereyalar taniqli san’atshunoslar va muzey xodimlarining tajribalarida 
oʻz hududlarida koʻrgazmalar tashkil qilish uchun murojaat qilishadi. Galereya 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
72
http://oac.dsmi-qf.uz/


resurslari koʻpayishi bilan ular endi faqat birlamchi bozorda sotuvdan qoniqmaydilar 
- shuning uchun galereyalar, odatda, kim oshdi savdosi uylarining huquqi boʻlgan 
ikkilamchi bozorda juda faol harakat qila boshlaydilar. 
Bugungi kunda zamonaviy san’at bozorida eng katta savdogarlar oʻrtasidagi 
raqobat mahalliy emas, balki xalqaro miqyosda. Ushbu bozorda muhim oʻrinni 
egallash uchun, yosh galereya egalari doimiy boʻsh joylardan foydalanishni rad 
etishga qaror qilishadi. Koʻp yillar davomida koʻchmanchi koʻrgazmalar tashkil etgan 
Vito Shnabel, Sankt-Morits shahrida (Shveytsariya) galereya ishi uchun gʻayrioddiy 
joy ochdi. Andy Valmorbid va Vladimir Restaun Reutfeld an’anaviy galereya 
maydonisiz ham shugʻullanadilar. Ular sotuvga qoʻyishga qaror qilgan asarlarni 
koʻrgazma uchun dunyo boʻylab binolarni ijaraga olishadi. Bundan tashqari, ba’zi 
mehmonxonalar oʻzlarini koʻrgazma maydonchalari - galereyalarga alternativa 
sifatida koʻrsatishadi. Galereyalar yoki muzeylar uslubida oʻz foyesini yoki 
xonalarini koʻrgazma maydonchalariga aylantiradigan xizmatlarni taklif qiladi. 
Galereyalar duch kelishi mumkin boʻlgan eng yoqimsiz ajablantiradigan narsa 
bu zamonaviy yirik rassomlarning oʻzlarining shaxsiy koʻrgazmalari va shaxsiy 
toʻplamlarini namoyish etadigan shaxsiy koʻrgazma maydonlarini ochish toʻgʻrisidagi 
qaroridir. Damian Xirst bu jarayonni allaqachon boshlagan: 2015 yilda u galereya 
ochgan Newport koʻcha galereyasi (bu “Damian Hirst Galereya” deb ham ataladi) 
Lambertda, Londonning tez oʻsib boradigan hududida. 
Umuman olganda, fazoni kengaytirish nuqtai nazaridan gallereyalarning 
rivojlanishi dunyoda eng chuqur oʻzgarishlar roʻy berayotganligini koʻrsatmoqda. 
Yirik muzeylar nafaqat sayyohlar tashrif buyuradigan mustaqil ziyoratgohga 
aylandi, balki san’at bozori globallashuvi ta’siriga uchradi. XIX-XX asrlarda 
muzeylar xalqlarning “xayoliy birlashmasi” tarkibiga kirgan. Ammo XXI asr 
boshlarida ular milliy va xalqaro loyihalar mavjudligini anglashga yordam berishdi. 
Eng yirik muzeylar oʻz kollektsiyalaridan dunyo boʻylab filiallari boʻlgan 
galereyalarga tegishli asarlarni namoyish etishadi, shuningdek xalqaro miqyosdagi 
muzeylar almashinuvida qatnashadilar. 
Art menejmentini rivojlantirishda bu kabi zamonaviy yondashuvlarning 
ahamiyati juda katta. Shu nuqtaiy nazardan Oʻzbekistonda art menejmentini 
rivojlantirishda quydagi zamonaviy yondashuvlarni ilgari suramiz. 
Art menejment faoliyatida litsenziyalash, litsenziatlarning davlat reyestrini 
yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish 
va art marketing statistikasi boʻyicha yagona onlayn portali yaratish kerak va barcha 
art menejment dasturlari orqali amalga oshiriladi. 
Madaniyat va san’at muassasalarining asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib 
chiqib, ularning tashabbuslari bilan o‘tkaziladigan galleriyalar, media prezentasiyalar, 
art menejmentda ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
73
http://oac.dsmi-qf.uz/


boʻyicha kalendar rejalari ishlab chiqish va aholiga yogana onlayn portal orqali 
yetkazib borish. 
Art menejment dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar 
bo‘yicha buyurtmachilar bilan ishlashish va ularni moliyalashtirish manbalari yanada 
takomillashtirish zarur. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish