Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,45 Mb.
bet39/193
Sana04.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#428493
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   193
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI

To‘lovchining
banki (7)




5 6 2 1 3




Pul oluvchi (mol sotuvchi)

To‘lovchi (mol oluvchi)
1
4.4.5-rasm. To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblardagi aylanishi


hujjatlar



  1. Maqsulot jo‘natuvchi korxona bilan maqsulot oluvchi korxona o‘rtasida xo‘jalik shartnomasi tuziladi.





  1. Maqsulot jo‘natuvchi korxona maqsulot oluvchi korxonaga tovar jo‘natadi.

  2. Maqsulot jo‘natuvchi korxona o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limiga to‘lov talabnomasi va tovar-transport hujjatlarini taqdim qiladi.

  3. Maqsulot jo‘natuvchi korxona banki maqsulot oluvchi korxona bankiga pochta yoki kurerlar orqali hujjatlarni jo‘natadi.

  4. Maqsulot oluvchi korxona banki kelib tushgan to‘lov talabnomasini akseptlash uchun maqsulot oluvchi korxonaga beradi.

  5. Korxona o‘z bankiga akseptlangan talabnomani taqdim etadii.

  6. Maqsulot oluvchi korxona banki talabnomada ko‘rsatilgan summani to‘lovchi korxona hisob varag‘idan chegirib, talabnoma bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.

  7. Maqsulot oluvchi korxona banki hisob Markaziga to‘langan elektron to‘lov

talabnomasini modem orqali jo‘natadi.

  1. Hisob Markazi elektron to‘lov tizimi orqali to‘langan talabnomani maqsulot sotuvchi korxona bankiga o‘tkazadi.

  2. Maqsulot sotuvchi korxona banki talabnoma summasini maqsulot sotuvchi korxonaning hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

  3. To‘lovning kelib tushganligini habar qilish uchun kompyuterda chiqarilgan elektron to‘lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobvaraqdan ko‘chirma bilan birgalikda maqsulot sotuvchi korxonaga topshiradi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari kabi to‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar xam ma‘lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari quyidagilardan iborat:

  1. Maqsulot sotuvchi bilan maqsulot oluvchi tomonlar bir-birini o‘zaro

nazorat qilishga kulay.

  1. Maqsulot oluvchiga tovarni jo‘natish kechiktirilmaydi.

  2. Mol jo‘natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun maqsulot oluvchining mablag‘ini aloxida hisobvaraqda deponent qilib ko‘yish talab etilmaydi, ya‘ni to‘lovchining mablag‘lari biror muddatga oborotdan tashqariga chiqib ketmaydi.

  3. To‘lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol etkazib beruvchining shartnoma shartlari .ay darajada bajarilishini tekshirish huquqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda to‘lov to‘lashdan bosh tortish huquqiga ega bo‘ladi.

  4. Mol oluvchi hisob varag‘idan akseptsiz talabnomalar bo‘yicha mablag‘larning majburiy olinishi maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi.

To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning kamchiliklari quyidagilar:

  1. Maqsulot sotuvchi korxonaga to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi

kafolatlanmaydi.

  1. To‘lov o‘tkazilishi bilan tovar jo‘natilishi vaqtining bir-biriga mos kelmasligi.

  2. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlar aylanishi to‘lov

topshiriqiga nisbatan uzo.roq davom etadii.
Umuman, to‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning ishlatilishi ko‘p hollarda - 2-kartotekadan o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov talabnomalarning ko‘payishiga sharoit yaratadi, chunki talabnoma bankka to‘lov uchun kelib tushgan
vaqtda to‘lovchining hisobvarag‘idan qar doim ham to‘lovni amalga oshirish uchun etarli pul mablag‘lari bo‘lmaydi. Kartotekaga qo‘yilgan qar bir to‘lov talabnomasi respublika qal. xo‘jaligi debetorlik va kreditorlik qarzlarining oshganligidan dalolat beradi. Shu sababli, respublika banklari o‘z mijozlarining kartotekadagi hujjatlari va ularni to‘lash bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotganini nazorat qilib turadilar.
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to‘lov oborotida juda kam ulushni tashkil etadii. Hisob – kitoblarning akkreditiv shaklida mijozning (to‘lovchining) topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni oluvchi foydasiga to‘lovni amalga oshirish uchun mablag‘ ma‘lum muddatga deponentlanadi.
Akkreditiv-mijozning topshiriqiga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko‘ra akkreditiv ochgan bank maqsulot etkazib beruvchiga to‘lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarning ijobiy jihati shundaki, korxona jo‘natgan tovar va ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov kafolatlanadi. Shu bilan birga aytish lozimki, akkreditiv bilan hisob – kitoblarda mol sotib oluvchi korxonaning mablag‘lari ma‘lum muddatga o‘z ixtiyoridan chiqib ketadii.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.
(6) (4)
(13)




(1)


4.4.6-rasm. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi


  1. tovarlarni oldi-sotdi shartnomasini imzolash.

  2. sotib oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish to‘g`risida ariza beradi.

  3. akkreditiv ochiladi va bu haqda mol yetkazib beruvchining bankiga xabar beriladi. Xabar akkreditiv telegrammasi shaklida beriladi. Mana shu vaqtdan boshlab sotib oluvchining banki to‘lov yuzasidan kafil hisoblanadi.

  4. mol yetkazib beruvchining banki mol yetkazib beruvchini akkreditiv ochilganligidan xabardor qiladi.

  5. mol yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi.



  1. mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni o‘zining bankiga uzatadi.

  2. mol yetkazib beruvchining banki hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi. 8- mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni sotib

oluvchining bankiga jo‘natadi.
9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi. 10-sotib oluvchining banki tovar hujjatlarini sotib oluvchiga beradi.

  1. sotib oluvchining banki mol yetkazib beruvchining bankini (9) operatsiya bajarilganligi to‘g`risida yozma ravishda xabardor qiladi.

  1. mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamiga kirim qiladi.

  1. mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma berish. Hujjatlashtirilgan akkreditivda ishtirok etuvchilarning o‘z nomlariga ega: Mol yetkazib beruvchi benifetsiar deyiladi

Sotib oluvchining banki xabar beruvchi deyiladi Sotib oluvchi arizador diyiladi
Sotib oluvchining banki akkreditiv bank deyiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o‘z afzalligi, shu bilan birgalikda, bir qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakli bo‘yicha hisob-kitob qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsulot etkazib beruvchi uchun to‘lov to‘liq kafolatlangan bo‘ladi. Hujjatlashtirilgan akkreditiv ning asosiy kamchiligi bu uning qimmatligidir. Germaniya banklari aholiga ochganligi uchun 1,2-1,4% yevro oladi. O‘zbekistonda esa akkreditiv summasi mijozning joriy hoisob raqamidan olinib alohida hisob raqamiga depozit qilinadi.
Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:

  • akkreditiv shakli bo‘yicha hujjatlar aylanishi texnik jiqatdan birmuncha qiyinroq;

  • transportga qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo‘natish uchun tayyor transport bo‘lmasligi mumkin, bu esa yuk jo‘natishni kechikishiga olib keladi;

  • bu shaklda to‘lovchining mablag‘lari oborotdan qisman chetlashadi, boshqa hisob-kitoblar uchun bu mablag‘lardan foydalanishga ruxsat etilmaydi;

  • akkreditiv bo‘yicha odatda faqat bir mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilinadi.


    1. Download 1,45 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish