Bobga oid savollar
Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasiga izoh bering.
Markaziy bank mustaqilligi va uning zarurligini belgiiovchi omillar qaysilar?
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi deganda nimani tushunasiz?
Markaziy bankning mustaqillik koeffitsiyentlariga izoh bering.
Yevropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi qanday belgilanadi?
AQSh FZT va uning mustaqillik darajasiga izoh bering.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillik darajasi?
GMT indeksi bo‘yicha iqtisodiy mustaqillik me’yorlari qanday belgilanadi?
GMT indeksi bo‘yicha siyosiy mustaqillik me'yorlari qanday belgilanadi?
MAVZU: TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKSIYALARI
REJA:
1. Tijorat bankini tashkil qilishning asoslari va funksiyalari
2. Tijorat banklarining turlari
3. Ulgurji banklar, chakana banklar va aralash banklar
Tijorat banklari va ularning tashkil topishi
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo‘g‘inidagi moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy adabiyotlarda tijorat banklari jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilib, ushbu mablag‘lami tegishli shartlar (to‘lov-lilik, qaytarishlik, muddatlilik, ta'minlanganlik, maqsadlilik) asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismo-niy va yuridik shaxslarga to‘Iov hisob-kitoblami amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.
Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga asoslangan boiib, ulaming asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga yo‘naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli oiaroq, o‘z foydasini qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablagiarini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablagiarga ehtiyoji mavjud boigan shaxslarga tijorat yo‘sinda berish orqali foydasini shakllantiradigan o‘ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi.
O‘zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mus-taqillik yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat jamg‘armalari kassalari mavjud boTib, ittifoqdosh respublikalarda ushbu banklaming respublika, viloyat idoralari va tuman boTimlari faoliyat ko‘rsatar edi”.O‘zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy asosi bo‘lib 1991 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respub-likasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni xizmat qildi.
Albatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomilla-shuvi va iqtisodiy islohotlaming chuqurlashuvi natijasida tijorat banklari maqomi, kapitali va faoliyatiga qo‘yilgan talablar doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda. Bulaming natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimiz bank tizimi, xususan tijorat banklarini tashkil topishi va rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza boiib xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994-1995 yillarda ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qoTlab quvvatlash uchun), “G‘allabank” (g‘alla etishtirishni moliyalashtirish uchun), “Paxtabank” (qishloq xo‘jaligi korxonalarini qoTlab-quvvatlash uchun) yakka xo‘jaliklami qoTIab-quvvatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”.
O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, ulaming faoliyatini nazorat qilish va to‘xtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan boTib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ulaming ustav kapitaliga qo‘yilgan talab hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo‘yiIgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda.Quyidagi jadvalda bu haqda maTumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |