Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 tashkil etilgan. U XTTB va XRAga nisbatan boshqa strategik siyosatni amalga oshiradi. XMK asosan xususiy sohani kreditlash bilan shug'ullanib, uning kreditlari bo'yicha XTTB va XRAdan farqli o'laroq, davlat kafolati talab etilmaydi. XMK berayotgan kreditlar asosan loyiha summasining 25 foizidan ortmaydi. Kreditlarning muddati asosan 7-8 yil va eng yuqorisi 15 yilgacha berilishi mumkin. XMKning moliyaviy resurslari xalqaro moliya bozorlaridan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish asosida shakllantiriladi.,
Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (GXKA) rivojlanayotgan mamlakatlarga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. EXKA a'zo-mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklar-dan, ya'ni investitsiya mulklarini eksproportsiya qilish, siyosiy katak-lizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini kafolatlaydi. Odatda investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo'yicha muammolar vujudga kelganda ularning 90 foizi GXKA tomonidan qoplab beriladi. GXKA o'zining kafolatlash faoliyatini milliy sug'urta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo'yicha xalqaro markazi (DV1XM) 1966 yilda tashkil etilgan bo'lib, investitsion nizo-larni arbitraj yordamida, xalqaro huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashadi. Shu bois ham ko'plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar shartida IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda Yevropa parlamentining yig'ilishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB) ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so'ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB ta'sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.
1991 yil 15-17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda bank ta'sischilari bo'Igan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya'ni Yevropa ittifoqi (EI) va Yevropa investitsiya banki (EYU) ishtirok etdi.
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko'ri-shimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vako-latxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a'zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda ETTBning aksiyadorlari 60 mamlakat, EI va ESH xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy imzo-langan kapital-1964 mlrd yevro, to'langan kapital-5, 2 mlrd yevro.
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor muno-sabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy Yevropa mam-lakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda ETTB loyihalari Yevropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o'laroq, bank nizomiga asosan loyiha amalga oshirilayotgan davlatlarda ko'p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali:
sanoatda tarkibiy islohatlar o'tkazish;
raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish;
moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish;
xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo'llab quvvatlash;
korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi.
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bo'lib, bankning har bir a'zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o'z ichiga oladi. ETTBga a'zo mamlakatlar xohishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin.
Direktorlar kengashining 23 a'zosi bo'lib, uning ikkitasi EI va ESH tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to'g'ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 ta-si istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko'ra saylanadi. ETTBni yig'ilishlarida ovoz berish tartibi aksiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTB ustav kapitali tarkibida EI va EEBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlariniki-13%, boshqa Yevropa mamlakatlariniki-11%, boshqa a'zo mamlakatlar hissasiga-24 % kvota to'g'ri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya (8, 5 % dan) mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi.
ETTBning kredit siyosatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, asosan a'zo-mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog'ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrastrakturasini rivojlantirish va eksport-import operatsiyalari bo'yicha dasturlarni qo'llab-quwatlash masalalari alohida o'rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |