Xalqaro valyuta jamg'armasi Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) jamg'armaga a'zo mamlakatlaming valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularning to'lov balansi defitsitini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o'rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug'ullanadi.
Jamg'arma BMTning rasmiy ixtisoslashgan muassasasi statusiga ega. U dunyo valyutasining institutsional asosi sifatida faoliyat yuritadi. XVJ BMTning 1944 yil 1-22 iyulda AQShning Bretton-Vudse shahrida o'tkazilgan xalqaro valyuta-moliya munosabatlariga bag'ishlangan konferensiyasida ta'sis etilgan.
Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu hujjat 1945 yil 27 dekabrdan kuchga kirdi. Jamg'arma o'z faoliyatini 39 a'zo-mamlakat bilan 1946 yil mayda boshladi, valyuta opertsiyalari faoliyati bo'yicha operatsiyalari 1947 yil 1 martdan kuchga kirdi. Sobiq ittifoq Bretton-Vudse konferentsiyasida ishtirok etdi, biroq Janub va G'arb o'rtasidagi "sovuq urush" tufayli jamg'arma kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi.
XVJga a'zo mamlakatlar soni 2004 yilda 184 taga yetdi. Jam-g'armaning bosh ofisi Vashingtonda joylashgan, shu bilan birga Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida vakolatxonasi mavjud.
XVJning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
> valyuta-moliya doirasida xalqaro hamkorlikni rag'bat-
lantirish;
a'zo-mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, band-lilikning yuqori darajasini ta'minlash va aholining real daromadini oshirish maqsadida "xalqaro savdoni kengaytirish va uning muvozanatliligini ta'minlashga yordam berish";
"valyutaning barqarorligini ta'minlash, a'zo-mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlari bilan bog'liq masalalarni hal etish" va raqobatbardosh muhitni ta'minlash maqsadida milliy valyutaning barqarorligini tushib ketishining oldini olish;
a'zo-mamlakatlar to'lov balansidagi salbiy qoldiqni bartaraf etish maqsadida kreditlar berish;
a'zo-mamlaktlar o'rtasida hisob-kitoblarni tashkil etishga yordam berish, shuningdek valyuta cheklovlariga barham berish.
XVJning maxsus hisob-kitob valyutasi hisoblangan SDR (spetsialnыx prav zaimstvovanie-maxsus ayirboshlash huquqi) ning rasmiy kursi SDR savatchasiga kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. Quyida XVJning SDR savatchasiga kiritilgan valyutalar va ularning ulushi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Jadvaldan SDR savatchasida asosiy ulush AQSh dollari hissasiga to'g'ri kelganligini kuzatish mumkin, keyingi o'rinlarda Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlarda amal qiladigan yevro pul birligi egallab turibdi.
XVJda ovozlar "tortilgan" tamoyilga amal qilib, a'zo-mamlakatlar ularning jamg'armadagi a'zolik badali miqdoridan qa'tiy nazar 250 "asosiy" ovozga ega bo'lib, har bir qo'shimcha ovoz uchun 100 ming SDR badal to'lanishi lozim.