Создат новый каталог maydonida katalogga nom berib OK buyrug’i ustida “sichqoncha” tugmasi bosiladi.
Keraksiz katalogni yoki faylni o’chirish uchun [F8]- Удалить tugmachasidan foydlaniladi. O’chirilayotgan fayl yoki katalog o’chirilishini tasdiqlash uchun [Да] tugmasidan “sichqoncha” ko’rsatkichi keltirilib bosiladi. O’chirishni bekor qilish uchun Отмена yoki Нет buyrug’i beriladi.
WINDOWS COMMANDER dasturidan chiqish uchun klaviaturadan[Alt]+[F4] tugmalari birgalikda bosiladi.
Nazorat savollari
Windows OT ishga tushirish bosqichlarini sanab bering
NC dasturidan Windows OT iga qanday o’tiladi?
Windows tizimida kompyuter taprmog’iga qo’shilish uchun nima ishlar qilish kerak?
Windows ishchi stoli deganda nimani tushinasiz?
Ishchi stolga qaysi ob‘ektlar kiradi?
Windows OT ishi qanday tugatiladi?
Windows OT ishi klaviatura yordamida qanday tugatiladi?
Mavzu: Matn muharrirlari. Matn muharrirlarining turlari, asosiy vazifalari va qo’llanilishi
Reja:
1. Matn muharrirlari.
2. WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
3. Microsoft Office tarkibidagi matn muharriri
Do'stlaringiz bilan baham: |