22
DOS komandasini bajarish uchun uni klaviaturadan terilib, [Enter] tugmachasi bosiladi. NC
panelidagi joriy faylni komandalar satriga [Ctrl]+[Enter] tugmachalari chiqaradi. Avvalgi
komandani komandalar satriga [Ctrl]+[E] tugmalari kaytaradi.
NC panelida biror disk yoki katalogning kataloglari, fayllari haqidagi ma‘lumotlar yoki
diskdagi kataloglar tasvirlanishi mumkin. Bunda panelning yuqori qismida
joriy disk yoki joriy
katalog nomi ko’rsatiladi.
Fayl, katalog va panellarni boshqarish buyruqlari va unda ishlash qoidalari
NC panellarini boshqarish uchun (klavishalarning) tugmachalarning quyidagi majmuidan
foydalanish mumkin:
[Tab]- joriy panelni o’zgartiradi,
[Ctrl]+[O]- ekrandagi panellarni ekrandan oladi va chiqaradi,
[Ctrl]+[P]- joriy bulmagan
panelni uchiradi va chiqaradi,
[Ctrl]+[U]- panellarning urnini almashtiradi,
[Ctrl]+[F1]- ( [F2])- chap (ung) panelni ekrandan uchiradi va chiqaradi,
[Alt]+ [F1]- chap panelda disklar ro’yxatini chiqaradi,
[Alt]+ [F2]- ung panelda disklar ro’yxatini chiqaradi.
Agarda NC panelida kataloglar va fayllar ro’yxati
keltirilsa, panelning yuqori qismida
katalog nomi keltiriladi. NC panellarida fayllar nomi kichik harflarda,
kataloglar nomlari bosh
harflar bilan ekranda kurinib turadi. Panelning ichida to’g’ri turburchak shaqlida kursor joylashgan
bo’ladi. Kursor joylashgan panel joriy panel bo’ladi.
Paneldagi biror katalogga kirish uchun kursor shu katalogga keltirilib [Enter] bosiladi. Har bir
katalogga kirilganda katalogdagi ichki kataloglar va faylar ro’yxati panelda chikadi. Ro’yxatning
boshida ‘..’ belgisi turadi, bu belgi katalogning eshigi vazifasini bajaradi. Ya‘ni kursorni shu
belgiga keltirib [Enter]ni bosak katalogdan
chikamiz, yana [Enter]ni bossak katalogga kiramiz.
NC fayllar haqidagi ma‘lumotni kiska va tula tarzda berishi mumkin. Kiskacha ma‘lumot
fakatgina fayllar nomini keltiradi. Tula ma‘lumot fayllar xajmini (baytlarda), yozilgan kuni va
vaqtini ham keltiradi.
NC ning 5-versiyasida dastur rus tilida urnatilgan, shu NC da qiska va tula ma‘lumotlarni
olish uchun quyidagilardan foydalansa bo’ladi:
[F9]+[L]+[K]-CHap panelda kiskacha ma‘lumotni chiqaradi,
[F9]+[P]+[K]-ung panelda kiskacha ma‘lumotni chiqaradi,
[F9]+[L]+[P]-chap panelda tula ma‘lumotni chiqaradi,
[F9]+[P]+[P]-ung panelda tula ma‘lumotni chiqaradi.
Panelning pastki qismida ajratilgan fayllar haqida ma‘lumot keltiriladi.
Faylar guruhini nomini o’zgartirish,
nusxa olish, uchirish uchun ularni tanlashga to’g’ri
keladi. Bu ishlar NSda quyidagicha bajariladi, tanlanayotgan fayllar turgan katalogga kiriladi.
Sungra klaviaturaning ung tomonidagi «*» klavishi bosiladi yoki birma-bir tanlab olish uchun
kursor faylga keltirilib [Insert] klavishi bosiladi. Natijada ajratilgan fayllar ekranda
boshqa rangda
kurinadi. Ajratishni bekor qilish uchun esa klaviaturaning ung tamonidagi alohida kalavishlardan “-
“ klavishi bosiladi.
NC fayllar haqidagi ma‘lumotlarni quyidagi tartibda chiqarishi mumkin: nomlar,
kengaytgichlar bo’yicha, alfavit tartibida, yozilgan kuni, vaqti va xajmi kamayishi tartibida.
Ma‘lumot chiqish tartibini o’zgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:
[Ctrl]+[F3] - nom bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F4] - kengaytgich bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F5] - vaqt bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F6] - xajm bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]+[F7] - kataloglarning tartiblanmagan ro’yxatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: