Bog'liq Zamonaviy kompyuterda masalalarni yechish texnologiyalari
2. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi Hisoblash texnikasining rivojlanishining tarixi shartli ravishda uch davrga bulinadi:
1.
Mexaniq mashinalargacha bo’lgan davr;
2.
Mexaniq va elektromexaniq mashinalari davri;
3.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
Yer yuzida eng birinchi hisoblash texnikasi ibtidoiy odamlarning kul va oyok barmoklaridan
iborat bo’lgan va hisobni 20 olib borishni ta‘minlagan. Bu tabiiy hisoblash vositasi bo’lgan.
Dastlabki va eng sodda sun‘iy hisoblash asboblaridan biri birka bo’lgan. Hisoblash
ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni takozo etgan. Natijada
hozirgi chutni eslatuvchi asbob yaratilgan, Shotlandiyalik matematik Jon Neper rakamlar yozilgan
bir qancha tayokchalarni joriy qilgan, va nixoyat logarifmik chizgich yaratilgan.
Birinchi mexaniq moslamalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan ixtiro
kilingan. 1645 yil frantsuz matematigi Blez Pascal arifmometr yasagan. Nemis matematigi,
mexanigi va foylasufi Gotfrid Leybnits 1673 yil fakat qo’shish va ayrishni emas, balki turtala
arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratadi.
Mexaniq hisoblash mashinalarining yaratilishida rus olimlari Z.Slonimskiy (1845 yil),
V.Bunyakovskiy (1867 yil), P.L.CHebshev (1880 yil), V.Odner (1889 yil) va boshqalarning xissasi
kattadir.
Dastlabki mexaniq mashinalar kul kuchi yordamida harakatga keltirilar edi. Keyinchalik
elektr kuvvati yordamida harakatga keltiriladigan mexaniq mashinalar yaratildi. Bunday hisoblash
mashinalari elektromexaniq mashinalar deyiladi. Elektromexaniq mashinalarda 8 soatlik ish kunida
hammasi bo’lib 2000 amal bajarish mumkin bo’lgan. (1soat 250 amal, 1minutda 4 amal).
XX asr fan va texnikaning tarakkiyoti elektromexaniq mashinalarga nisbatan tezrok
hisoblaydigan yangi xil mashinalarning yaratilishini takozo etdi. 1942-1945 yillarda birinchi bo’lib
elektron lampalar AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Elektron lampalar axborotlarni saqlash
imkoniyatiga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida rakamli hisoblash mashinasi yaratildi va bu
mashinaga (ENIAC) ENIAK deb, nom berildi. Bu mashinaning ogirligi 30 tonna bo’lib, 150
kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampa asosida ishlagan.
1946 yil Amerika olimi Djon fon Neyman (1903-1957) shunday elektron mashinalarini
ko’rishni matematik jixatdan asoslab bergan. Keyinrok AQSHda va Buyo’q Britaniyada “EDVAK”,
“EDSAK”, “SYeAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Rossiyada birinchi elektron
rakamli hisoblash mashinasini 1948 yil rus olimi S.A.Lebedev boshchiligidagi guruh ishlab chiqdi.
Bu hisoblash mashinasi MESM deyilar edi – malaya elektronnnaya schetnaya mashina. 1940
yillarning oxirgi va 1950 yillarning boshlari elektron hisoblash mashinalari tarakkiyotining
boshlanishi hisoblanadi.
Elektron hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini tezrok bajargandan tashkari,
elektromexaniq mashinalardan farqli ularok axborotlarni saqlash imkoniyatiga ya‘ni xotiraga
egadir.