Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J


M a s a l a l a r n i E H M d a y e c h i s h b o s q i c h l a r i



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/149
Sana06.06.2022
Hajmi3,74 Mb.
#640734
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149
Bog'liq
Zamonaviy kompyuterda masalalarni yechish texnologiyalari

M a s a l a l a r n i E H M d a y e c h i s h b o s q i c h l a r i
Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik 
qonuniyatlar hamda funktsional analiz elementlarini ishlatib differentsial va integral tenglamalar 
tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga 
oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko’ra o’ziga xos ta‘sir ko’rsatadi va ulardagi yo’l 
qo’yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi.
Ob‘ektning matematik modelini tuzish, uni EHMda bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil 
qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo’yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, ob‘ektning 
matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo’lgan boshqa xususiyatlari tasvirlanadi. 


99 
1-rasm 
Ikkinchi bosqichda fizik, mexaniq, kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida matematik 
model tuziladi. U asosan algebraik, differentsial, integral, integro-differentsial va boshqa turdagi 
tenglamalardan iborat bo’ladi. Ularni tuzishda o’rganilayotgan jarayonga ta‘sir ko’rsatuvchi 
omillarning barchasini bir vaqtning o’zida hisobga olib bo’lmaydi, chunki, matematik model juda 
murakkablashib ketadi. Shuning uchun, model tuzishda qaraliyotgan jarayonga eng kuchli ta‘sir 
etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi. 
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so’ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi, 
ya‘ni, mos tenglamalar yechilishi va kerakli ko’rsatkichlar aniqlanishi lozim. Ayrim hollarda 
masalaning qo’yilishidan keyin to’g’ridan-to’g’ri, masalani yechish usuliga ham o’tish kerak 
bo’ladi. Bunday masalalar oshkor ko’rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. 
Bu bosqich masalalarni EHMda yechishning uchinchi bosqichini tashkil qiladi. 
Navbatdagi bosqichda, ya‘ni, to’rtinchi bosqichda, masalani EHMdan foydalanib yechish 
uchun uning yechish algoritmi ishlab chiqiladi, hamda shu algoritm asosida biror-bir zamonaviy 
algoritmik tilda EHMda ishlatish uchun dastur tuziladi. Dastur ma‘lum talablar asosida tuziladi. 
Masalan, u umumiylik xususiyatiga ega bo’lishi kerak, ya‘ni, matematik modelda ifodalangan 
masala parametrlarining yetarlicha katta sohada o’zgaruvchi qiymatlarida dastur ishonchli natija 
berishi kerak. U bir necha mustaqil qismlar (protseduralar) dan iborat bo’lishi mumkin. 
Nihoyat masalani yechishning yakunlovchi beshinchi bosqichida yaratilgan dastur EHMga 
kiritiladi va sozlanadi hamda olingan natijalar chuqur tahlil qilinib, baholanadi. Natijalarni tahlil 
qilish, zarur bo’lgan hollarda algoritmni, yechish usulini va modelni aniqlashtirishga yordam beradi, 
hattoki masalani noto’g’ri qo’yilganligini ham baholab berishi mumkin. 
SHunday qilib, biz masalalarni EHMlar yordamida yechish bosqichlari bilan tanishib 
chiqdik. Shuni ta‘kidlash lozimki, har doim ham bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan holda 
bo’lmasdan, bir-biriga qo’shilib ketgan bo’lishi ham mumkin. 

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish