3. Aromatik uglevodorodlarning nomenklaturasi va izomeriyasini
Molekulasida atomlarning o'ziga xos bog'lanishli siklik guruhi-benzol yadrosi bor organik birikmalar aromatik uglevodorodlar deyiladi. Aromatik uglevodorodlarning xalqaro nomi-arenlar deb ataladi. Aromatik uglevodorodlar ikki sinfga ajratiladi:
Oddiy benzol halqali aromatik uglevodorodlar-ularga molekulasida bitta benzol yadrosi mavjud bo'lgan aromatik uglevodorodlar (benzol va uning gomologlari) kiradi.
Kondensirlangan (tutash benzol halqali) aromatik uglevodorodlar- ularga molekulasida ikkita va undan ortiq benzol yadrosi mavjud bo'lgan aromatik uglevodorodlar (naftalin, antratsen, fenantren) kiradi. Arenlarning molekulalari halqali tuzilishga ega. Bundan tashqari, ularning ba'zilari xushbo'y hidga ega. Shuning uchun ularning tarixiy nomi-aromatik uglevodorodlar saqlanib qolingan
Oddiy benzol halqali aromatik uglevodorodlarning eng oddiy vakili benzol C6H6 bo'lib, uni 1825 yilda ingliz kimyogari va fizigi M. Faradey koks gazidan ajratib olgan. 1834 yilda esa Mitcherlix benzol tarkibini o'rgangan. 1845 yilda Gofman toshko'mir tarkibida benzol borligini aniqladi. Benzol molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani dastlab nemis kimyogari Kekule 1865 yilda taklif etgan edi. Benzol molekulasida oltita uglerod atomi va oltita vodorod atomi mavjud bo'ladi.

Benzol molekulasining tuzilishini atsetilendan hosil bo'lish reaksiyasi bilan uzil-kesil isbotlandi. Struktura formulasida navbatlashib keladigan uchta bir va uchta qo'sh C-C bog' bilan tasvirlanadi. Lekin bunday tasvirlash benzolning haqiqiy tuzilishini aks ettirmaydi. Haqiqatda benzolda C-C bog'lanishlar teng qimmatli va ularning xossalari birlamchi bog'larning ham, qo'shbog'larning ham xossalariga o'xshaydi. Bu xususiyatlar benzol molekulasininig elektron tuzilishi bilan tushuntiriladi.