Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1517 International Conference
O„qituvchi o„quvchilarga savol bilan murojat qiladi: Sizlarga savol: To„yinmagan
uglevodorodlarda qo„shbog„ yoki uchbog„ mavjudligini tez va ishonchli tarzda
aniqlashga imkon beradigan juda oddiy reaktsiyalar qaysilar?
O„quvchilar javob qaytarishadi: Birikish va oksidlanish reaksiyalari. Bular bromli
suvni rangsizlantirish va kaliy permanganatning suvli eritmasini rangsizlantirish
reaksiyalari orqali to„yinmagan uglevodorodlarni aniqlash reaksiyalaridir.
O„qituvchi o„quvchilarga benzolning bromli suv va kaliy permanganat bilan
o„zaro ta'siri bo„yicha tajribalarni videoyozuvda namoyish etadi va o„quvchilarga
yuzlanadi. Benzol to„yinmagan uglevodorodlardan farqli ravishda bromli suvni
rangsizlantirmaydi va kaliy permanganat etitmasida oksidlanmaydi. Ushbu qarama-
qarshilikning sababi nimada? (Molekulaning tuzilishi (Kekule formulasi) va xossalari
o„rtasidagi ziddiyat).
Aromatik uglevodorodlarning kimyoviy xossalarini, yorug‟lik ta‟sirida xlorlashni,
bromlanishi, nitrolanishi, benzol gamologlarini bromlash, oksidlash va nitrolash
tajribalarini videoroliklarini o„quvchilarga ko„rsatadi va jarayonlarni reaksiya
tenglamalari bilan o„quvchilarga tushuntiradi.
3-qism
– boshqotirma. Bu boshqotirma uchun bizga plastikdan tayyorlangan,
molekulani shar-sterjnli modelini tuzish uchun atomlar modellari to„plami kerak bo„ladi.
O„quvchilar juftlikda, har bir juftlik benzol molekulalari va uning gomologlaridan
bittasining sharik tayoqchali modellarini ishlab chiqishadi.
Songra o„qituvchi savol beradi: Molekulani modellashda Butlerovning tuzilish
nazariyasini hisobga olish kerak edi?
O„quvchilarning ishi tekshiriladi va tayyorlangan modellar bo„yicha doskada 2-3
o„quvchi tinglanadi.
4-qism.
Aql charxi. O„quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan turlicha murakkab vazifalar tizimi.
Savol: Uglevodorodlarni o„rganish jarayonida benzol hosil bo„lishiga olib
keladigan qanday reaktsiyalarga duch keldik?
O„quvchilarning taxminiy javoblari: a) koks gazidan; b) toshko„mir smolasidan d)
siklogeksanni degidrogenlash, e) alkanlar yuqori bsim va katalizatorda degidrogenlash f)
asetilenning trimerizatsiyasi, (o„quvchilar reaksiya tenglamalarini doskaga yozadilar) g)
Vurs reaktsiyasi (reaksiya tenglamasini o„quvchilar doskaga yozishadi), f) Fridel-Krefts
reaksiyalari yordamida (o„qituvchi tushuntiradi).
Muammoli savol: Uglevodorodlar, xususan benzol va ularning hosilalari
birikmalari qishloq xo„jaligi uchun pestitsid (pestitsid) sifatida ishlatiladi. Pestitsidlar
dalalar va o„rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o„tlardan himoya qilish
uchun ishlatiladi. Pestitsidlar quyidagi asosiy guruhlarga bo„linadi: insektitsidlar (zararli
hasharotlardan himoya qiladi), fungitsidlar (patogen mikroblarga qarshi), zootsidlar
(kemiruvchilarga qarshi), gerbitsidlar (begona o„tlarga qarshi). Bir tomondan, pestitsidlar
qishloq xo„jaligi ekinlari hosildorligini sentineriga 35% gacha oshiradi, ular iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |