Paradoks – bu hal qilib bo‘lmaydigan zid fikrdan tashkil topgan mulohaza bo‘lib, unda ma’lum bir holatning chinligi ham, yolg‘onligi ham isbotlanishi mumkin. Paradoks (yunoncha «raradoxa» – qarshi fikr ma’nosida) – «g‘ayritabiiy fikrlash» ma’nosini anglatadi. Qadimdan «Yolg‘onchi» yoki «Axilles va toshbaqa» deb nomlangan yoki shunga o‘xshash juda ko‘p paradokslar ma’lum. Bunday paradokslarni mutlaqo hal yetib bo‘lmagan. Masalan, «Yolg‘onchi» paradoksida isbotlanishicha, yolg‘onchi o‘zining yolg‘on gapirganiga iqror bo‘lsa, demak u rost gapirgan bo‘ladi. Rost gapirgan odam esa yolg‘onchi bo‘lmaydi. Bundan esa yolg‘onchining yolg‘onchi emasligi haqida xulosa kelib chiqadi. Mazkur misoldagi paradoks shundan iboratki, mantiqan to‘g‘ri yuritilgan mulohaza bir vaqtning o‘zida ham chinlik, ham yolg‘onlik maqomiga kiritib bo‘lmaydigan, bir-birini istisno qiluvchi, qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Ko‘p vaqtlar paradokslarga yechimi yo‘q, ma’nosiz fikriy mashg‘ulot sifatida qarab kelindi. Matematik mantiq va matematik to‘plam nazariyalarining yaratilishi bunday paradokslar uchun bir necha yechimlarning topilishiga asos bo‘ldi. Shu o‘rinda biz paradokslarning tahlili mantiqiy nazariyalarni mukammallashtirishi lozimligini yana bir bor ko‘rsatib berganligini ta’kidlashimiz mumkin. - Paradoks – bu hal qilib bo‘lmaydigan zid fikrdan tashkil topgan mulohaza bo‘lib, unda ma’lum bir holatning chinligi ham, yolg‘onligi ham isbotlanishi mumkin. Paradoks (yunoncha «raradoxa» – qarshi fikr ma’nosida) – «g‘ayritabiiy fikrlash» ma’nosini anglatadi. Qadimdan «Yolg‘onchi» yoki «Axilles va toshbaqa» deb nomlangan yoki shunga o‘xshash juda ko‘p paradokslar ma’lum. Bunday paradokslarni mutlaqo hal yetib bo‘lmagan. Masalan, «Yolg‘onchi» paradoksida isbotlanishicha, yolg‘onchi o‘zining yolg‘on gapirganiga iqror bo‘lsa, demak u rost gapirgan bo‘ladi. Rost gapirgan odam esa yolg‘onchi bo‘lmaydi. Bundan esa yolg‘onchining yolg‘onchi emasligi haqida xulosa kelib chiqadi. Mazkur misoldagi paradoks shundan iboratki, mantiqan to‘g‘ri yuritilgan mulohaza bir vaqtning o‘zida ham chinlik, ham yolg‘onlik maqomiga kiritib bo‘lmaydigan, bir-birini istisno qiluvchi, qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Ko‘p vaqtlar paradokslarga yechimi yo‘q, ma’nosiz fikriy mashg‘ulot sifatida qarab kelindi. Matematik mantiq va matematik to‘plam nazariyalarining yaratilishi bunday paradokslar uchun bir necha yechimlarning topilishiga asos bo‘ldi. Shu o‘rinda biz paradokslarning tahlili mantiqiy nazariyalarni mukammallashtirishi lozimligini yana bir bor ko‘rsatib berganligini ta’kidlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |