Aralash funksiyali birikmalar



Download 179,41 Kb.
bet7/7
Sana14.06.2022
Hajmi179,41 Kb.
#668135
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aralash funksiyali birikmalar

Nomenklaturasi. Aminokislotalarning gomologik qatori aminosirka kislotadan boshlanadi. Aminochumoli kislota mavjud emas. Aminokislotalarni nomlashda emperik va sistematik nomenklaturadan foydalaniladi.
Empirik nomenklatura bo’yicha nomlashda aminokislotalar nomi tegishli kislota nomi oldiga amino so’zi qo’shib hosil qilinadi. Karboksil va aminoguruhlarning holati -, -, γ- kabi hariflar bilan ifodalaniladi. Chunki, 2 ta C-atomi tutgan aminokislota H2N–CH2–COOH α-aminosirka kislota yoki glikokol (grekcha «glycos» - shirin va «kolla» - yelim so’zlaridan kelib chiqqan). U shirin ta’mga ega bo’lib, birinchi marta «hayvon yelimidan» ajratib olingan.
Sistematik nomenklaturada esa aminoguruhning holati raqamlar bilan ko’rsatiladi va raqamlash karboksil gruppa tomondan boshlanadi, dastlab amino gruppa joylashgan uglerod raqami keyin amino so’zi va aminokislotalarning nomi tegishli to’yingan uglevodorod nomidan hosil qilinadi.
Masalan:

Aminokislota nomi

Trivial nomlanishi

Ratsional nomlanishi

Sistematik nomlanishi

HOOC – CH2NH2

glitsin,
glikokol

aminosirka
kislota

aminoetan
kislota

CH3 – CH – COOH NH2
NH2 – CH2 – CH2 – COOH

CH3 – CH2 – CH – CH – COOH



CH3 NH2

α-alanin

α-amino-
propion kislota

2-aminopropan
kislota

β-alanin

β-amino-
propion kislota

3-aminopropan
kislota

izoleytsin



α-amino- izokapron
kislota

2-amino-3- metilpentan
kislota




γ-aminomoy
kislota

4-aminobutan
kislota






















Aminokislotalar tuzilishida bir yoki bir necha karboksil guruhi bo’lishi mumkin. Karboksil guruhi soni, uning asosligini belgilaydi. Aminokislotalarning tarkibida bir yoki bir necha aminoguruhi bo’lishi mumkin. Aminokislotalar izomeriyasi oksikislotalarnikiga o’xshash bo’ladi.
Izomeriyasi. Aminokislotalarning izomeriyasi: a) birinchidan funksional gruppalarning bir-biriga nisbatan joylashgan holatiga va ularning tarmoqlangan yoki tarmoqlanmaganligiga bog’liq:
5 4 3 2 1
CH3–CH2–CH2–CH–COOH α-aminovalerian kislota (2-aminopentan kislota)
NH2

4 3 2 1
CH3–CH–CH–COOH α-aminoizovalerian kislota(3-metil-2-aminobutan kislota)
CH3 NH2

  1. Ikkinchidan, molekulada amino – NH2 gruppaning karboksil – COOH gruppaga nisbatan joylashishiga bog’liq:

5 4 3 2 1
CH3–CH2–CH2–CH–COOH α-aminovalerian kislota (2-aminopentan kislota).
NH2
5 4 3 2 1
CH3–CH2–CH–CH2–COOH β-aminovalerian kislota (3-aminopentan kislota).
NH2
5 4 3 2 1
CH3–CH–CH2–CH2–COOH γ-aminovalerian kislota (4-aminopentan kislota).
NH2

  1. Uchinchidan, aminokislotalar molekulasidagi asimmetrik C-atomi hisobiga ko’zgu (optik) izomeriyaga ega. M-n: α – aminopropion kislota (alanin) D va L-shakllarda bo’lib, L-shakli tabiatda keng tarqalgan:

COOH COOH
H–C–NH2 H2N–C–H
CH3 CH3

D - alanin L - alanin


Tabiatda uchrashi va olinishi. α aminokislotalar tabiatda o’simlik, hayvon va inson organizmlaridagi oqsillarning asosiy tarkibini tashkil etadi.
Oqsillarning asosiy manbalari go’sht, un, sut, qon, teri, jelatina, jun, soch tolasi, kazein kabi tabiiy manbalar bo’lib, ulardan 22 xil α aminokislotalar ajratib olingan. Buning uchun oqsillar kislotali muhitda gidroliz qilinadi.

  1. Oqsilli moddalarni gidrolizlash. Oqsillar gidrolizlanganda 20-25 dan ortiq α – aminokislotalar aralashmasi hosil bo’ladi. Bu aralashmalardan sof holdagi α – aminokislotalar ion almashinish xromatografiyasi usuli bilan ajratib olinadi. Bu usul bilan olingan aminokislotalar sintez yo’li bilan olishga qaraganda arzon tushadi. Bu jarayonni quyidagicha ifodalash mumkin:

Oqsil → pepton → polipeptid → peptid → α – aminokislotalar


Sintetik usulda aminokislotalar quyidagicha olinadi:

  1. Galogenli kislotalardan olish. Karbon kislotalarga galogen ta’sir ettirib, galogenli karbon kislotalar olinadi:

CH3–COOH + Cl2 → HCl + CH2Cl–COOH α – xlorsirka kislota
So’ngra hosil bo’lgan kislotalarning galogenli hosilalariga ammiak ta’sir ettirib, aminokislotalar olinadi:
CH2Cl–COOH+NH3→NH4Cl+H2N–CH2–COOH α–aminosirka kislota (glitsin)

  1. Aldegidlarga ammiak va sianid kislota ta’sir ettirib, - aminokislotalar olinadi. Bunda dastlab aldemin, so’ngra - aminokislotalarning nitrili hosil bo’ladi. Hosil bo’lngan nitril gidrolizlanganda - aminokislotalarga aylanadi.


N.D. Zelinskiy bu usulni ancha soddalashtirdi. U karbonil birikmaga ketma- ket ammiak va sianid kislota ta’sir ettirish o’rniga kaliy sianid bilan ammoniy xlorid aralashmasini ta’sir ettirdi:
R – CHO + KCN + NH4Cl + H2O R – CH – COONH4 + KCl
NH2

  1. Nitrokislotalar va oksimlarni qaytarib olish. Nitrikislotalar yoki

oksimlarni katalizator ishtirokida vodorod bilan qaytarib, α aminokislotalar
olish mumkin. M-n:
Ni, Pd
CH3–CH2–CH2–CH–COOH + 3H2 2H2O + CH3–CH2–CH2–CH– COOH
NO2 NH2

  1. Aldegid va ketonlardan olish. Aldegid va keton kislotalarni ammiak ishtirokida katalitik qaytarish usuli bilan α – aminokislotalar olish mumkin. M-n:

Ni
R–CO–COOH + NH3 → H2O + R–C–COOH + H2 → R–CH–COOH


NH NH2
Download 179,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish