Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari
Arabiston yarim oroli janubi va janubiy-g`arbida (ozirgi Yaman Arab respublikasi va Yaman-arab demokratik respublikalari hududlari) qadimda er. avv. X-IX asrlarda bir necha davlatlar vujudga kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari Isil va Karnava bo’lgan Main davlati tashkil topgan. Maindan janubroqda markazi Marib shahri bo’lgan Saba, undan janubroqda poytaxti Timna bo’lgan Kataban, Katabandan janubroqda Ausan davlati, sharqroqda
markazi Shabva bo’lgan Xadramaut davlatlari bor edi. Qadimgi Yaman davlatlari er.avv. IX-VIII asrlarda shakllana boshlaydi. Er. avv. VI-V asrlarda Main, Kataban, Saba va Xadramaut o’rtasida yetakchilik uchun kurash boshlanadi. Saba, Kataban va Xadramaut dastlab Ausanga qarshi birlashib
kurash boshladilar. Natijada Ausan Katabanga qo’shib olinadi. Main davlati Kataban va Sabaning tazyiqiga zo`rg`a bardosh beradi. Er.avv. III-I asrlarda Kataban Arabistondagi eng kuchli davlatlar Saba, Xadramaut tomonidan bo’lib olinadi. Er. avv I ming yillikda eng qudratli Saba podsholigi edi. Sabani gullab-yashnagan davrida uning hududi Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan Hind okeanigacha cho`zilgan. Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin aloqalarni o’rnatadi. Er.avv. II asr oxirida shu vaqtgacha Kataban tarkibida bo’lgan poytaxti Zafar bo’lgan yangi Ximyarit davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Eramizning IV asr boshlarida Ximyarit davlati butun janubiy Arabistonga o’z hukmronligini o’rnatgan. Er.avv. 1 ming yillik o’rtalaridan eramizning I ming yillik o’rtalarigacha Arabiston juda serqatnov savdo aloqalarini Yunoniston, ptolomeylar Misri, va Rim imperiyasi bilan olib boradi. Ximyarit davlati davrida janubiy Arabiston va Efiopiya o’rtasida urush va tinchlik munosabatlari hukm surgan.
Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik va ko`chmanchi chorvachilik bilan belgilangan. Marib to`g`oni (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr) er. avv VII asrda qurilgan va o’n uch asr davomida mavjud bo’lgan. G`alla, poliz ekinlari, xurmo o`stirilib, yirik, mayda chorva mollari va tuya boqilgan. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash,
kulolchilik, to`quvchilik va teriga ishlov berish yuqori darajada rivojlangan. Er. avv. I ming yillikda janubiy Arabiston
iqtisodiyotini tushkunlikka uchrashiga bir necha omillar sabab bo’lgan. Ulardan biri yunonlar, misrliklar va forslar bevosita Hindiston bilan aloqa o’rnatdilar. Endilikda quruqlikdagi savdo yo’lidan ko’ra dengiz yo’li yetakchi o’rinni egalladi Ikkinchi omil mavjud sun'iy sug`orish tizimlarini yemirilishi, iqlimni o’zgarishi bilan hosildor yerlarni sahroga aylanishi bo’ldi. Ichki va tashqi urushlar janubiy Arabiston davlatlarini tushkunlikka olib keldi.
Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Er. avv. II mingyillik o’rtalaridaMina, Saba va Kataban qabilalari ittifoqi shakllana boshlaganEramizdanavvalgi I ming yillik boshida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy
tengsizlik kuchayadi. Siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga to’plagan koxin va savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo’ladi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer qishloq va shahar jamoalari qo’lida edi. Asosiy xo’jalik bo’g’ini patriarxal oila (yoki katta oilali jamoa) bo’lgan. Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi. Qullar urushlarda asir olish va sotib olish orqali paydo bo’lgan. Qarzi uchun qul qilish zaif bo’lgan. Ilk jamiyatlarning paydo bo’lishi qabila ittifoqlarning davlatga aylanishiga olib keladi. Janubiy Arabiston davlatlari siyosiy tuzulishini Saba podsholigi misolida ko`rish mumkin. Saba podsholigini 6 qabila tashkil etgan. Uning 3 tasi qaram ahvolda edi. Har bir qabila katta shoxobchaga, u kichik va yana alohida urug`larga bo’lingan. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqsoqollar kengashi bo’lgan bo’lishi mumkin. Imtiyozli qabilalar zodagon urug`lardan ma'lum muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning muhim mansabdor shaxslarini-eponimlarni saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan bogliq koxinlik vazifalarini ham bajarganlar. Astronomik va astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan foydalanishni tashkil etishdek ba'zi xo’jalik ishlarini boshqarish ham ularni zimmasuda bo’lgan.
Eponimlar bo’yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar raqamlangan yil hisobi bilan olib borilgan. Ular 30 yoshdan mansabga chiqib vakolat muddati tugagach, oqsoqollar kengashiga a'zo bo’lishgan. Er. avv. III-II asrlargacha Saba podsholigini boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar mugarriblar bo’lgan. Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar (qurbonliklar keltirish, diniy ovqatlanish marosimlarini tashkil etish) va davlat faoliyatining qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini
e'lon qilish huquqiy qoidalar, shahar hududlari xususiy mulk chegaralarini aniqlash va boshqalar kirgan. Mugarrib mansabi merosiy bo’lgan. Urush davrida mugarriblar ko`ngillilarga boshchilik qilganlar va vaqtinchalik unvon-malik, ya'ni podsho unvoniga ega bo’lganlar. Mugarriblar asta-sekin o’z qo’llarida butun hokimiyat vakolatlarini to’plab, er. avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq podsholarga aylanganlar. Saba podsholigini oliy organi oqsoqollar kengashi bo’lgan. Unga olti qabilaning vakillari kirgan. Oqsoqollar kengashi sakral, qonun chiqaruvchi vazifalar, ma'muriy xo`jalik vazifalarini bajarganlar. Boshqa janubiy arab qabilalari ham shunday davlat tuzilmalariga ega bo’lganlar.
Qadimgi Arabiston madaniyati
Qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining eng katta yutuqlaridan biri yozuvning alfavit tizimini yaratilishidir. Bu yozuv farazlarga ko’ra finikiya protosinay (Sinaydan topilgan yozuvlarga ko’ra) alfavitlaridan kelib chiqqan. Shimoliy Arabiston aholisi nabateylar ham oromiy yozuvlariga o’xshash o’z alfavitlarini yaratadilar. Monumental me'morchilik sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Marib, Timna, Shabva va Karnava shaharlari xarobalariga ko’ra, shaharlar to’g`ri to’rt burchak shaklida qurilib, balandligi 10-12 metrli tosh devorlar bilan o’rab olingan. Shahar devorlarida kvadrat shaklida minoralar bunyod qilingan. Petra shahri qoyatosh bag’rida bunyod qilinib, uning inshootlari qoyalarda qurilgan. Alebaster, jez va loydan haykallar yasalgan. Hayvonlar (ho`kiz, tuya, ot) tasviri dinamik va ifodali tasvirlangan. Arabiston yarim oroli dini politeistik xarakterda bo’lgan. Janubiy Arabistonda bosh xudo Astar bo’lgan. Saba qabilalarida Almakaxon oy xudosi hisoblanib, unga ho`kiz qurbonlik keltirilgan. Osmon, quyosh va bir necha sayyoralarga ham e'tiqod qilingan. Nabateylar Ilaxu yoki Alloh («xudo»), Dusharg (chaqmoq xudosi, dunyo boshqaruvchisi)ga sig’inganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |