Qarz shartnomasi - eng ko`p tarqalgan shartnomalardan biri. U iqti-sodiy, ijtimoiy jihatdan turli ahamiyatga ega bo`lgan munosabatlar bo`yi-cha qo`llaniladi. Ushbu shartnoma vositasida buyumni, asbob-uskunani tekinga foydalanish uchun berib turish, shuningdek, boshqa sabablar, ya`ni nasiyaga sotish, mol-mulkni ijaraga berish, pudrat va shunga o`xshash boshqa munosabatlarni amalga oshirishda ham foydalanilgan.
Maishiy pudrat shartnomasi rivoj topgan shartnomalardan iborat. Shartnoma bo`yicha bir tomondan - hunarmandlar (ko`nchi, etikchi, bo`z-chi, temirchi, duradgor, bo`yoqchi, tegirmonchi, nonvoy, juvozchi), ikkin-chi tomondan iste`molchi - fuqaro va savdogarlar qatnashadi. Savdogarlar hunarmandlar tayyorlagan narsalarni, asbob-uskunalarni olib-sotish bilan shug`ullanadi. Shartnomaning narsasi mahalliy aholi keng ravishda iste`-mol qiladigan va hunarmandlar ishlab chiqaradigan qurol-asboblar va ma-halliy ustalar, quruvchilar bajaradigan qurilishlar va boshqa mahsulot-lardan iborat bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |