Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Musulmon huquqida nikoh-oila va meros



Download 250 Kb.
bet26/33
Sana14.08.2021
Hajmi250 Kb.
#147580
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
MUSULMON HUQUQIDA QIYOS MANBAI

6. Musulmon huquqida nikoh-oila va meros

masalalarining tartibga solinishi
Shariat bo`yicha nikoh va oila masalalari batafsil tartibga solinadi. Islomda nikoh - halollik, nikohsiz qo`shilish esa haromlik belgisi hisobla-nadi. Shariatga binoan nikoh musulmonlarning diniy majburiyati, nikoh-sizlik esa ularning xush ko`rilmaydigan holati sanaladi.

«Shariat bo`yicha nikoh shartnoma xarakteriga ega bo`lib, xususan oldi-sotdiga o`xshab ketadi, - deb yozadi taniqli huquqshunos olim F. Ota-xo`jayev. Bir tomondan shartnomaning predmeti - kelin, ikkinchi tomon-dan - sotib oluvchi sifatida kuyov qatnashib, kelinga belgilangan bahoni, ya`ni shartnomaning asosiy sharti hisoblangan to`lovni - qalin106 va mahr-ni107 to`lashdan iborat»108. Shariat bo`yicha nikoh shartnomasi odatiy shartnomalardan farq qilgan. U umrbod muddatga tuzilgan. Shariat mud-datli nikoh ahdida muddatli shartlarga ma`lum hafta, oy yoki yilga yo`l qo`yilgan bo`lsa, bunday nikoh haqiqiy emas deb sanalgan.

Shariat bo`yicha nikohdan o`tish uchun tomonlardan quyidagi shart-larga rioya etish talab qilingan: 1) nikohdan o`tuvchilar o`zaro roziligi; 2) nikoh yoshiga to`lgan bo`lish; 3) nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; 4) kelin uchun qalin va mahr to`lash; 5) diniy e`tiqod birligi; 6) nikohdan o`tayotganlarning yaqin qon-qarindosh bo`lmasligi; 7) tabaqa bo`yicha tenglik; 8) nikohdan o`tuvchilarning ruhiy jihatdan sog`lom bo`lishi. Nikoh tuzish uchun rasman tomonlarning roziligi talab qilinadi. Bunda kelinning ham roziligi olinadi (faqat shofi`iylar bunday rozilikni shart emas deb hisoblaganlar). Burhoniddin Marg`inoniyning mashhur «Hidoya» asa-rida ko`rsatilganidek, «valiyning109 balog`atga yetgan qizni nikohga maj-burlashi joiz emas… Agar balog`atga yetgan qizdan valiyi turmushga chi-qishga izn so`rasa, shunda qiz jim tursa yoki kulib yuborsa, bu ishi rozilik alomati bo`ladi… Agar juvondan izn so`ralsa, roziligini so`z bilan aytishi lozim… Bokira qizning roziligi sukut saqlashi bilan botil bo`ladi. O`g`il bolaning ixtiyori esa, toki «roziman» demaguncha yoki undan roziligini ifoda etadigan biror ish sodir bo`lmaguncha botil bo`lmaydi». Lekin ni-kohga kiruvchilar uchun ularning ota-onalari ham rozilik berishlari mum-kin edi. «Yosh bola va yosh qizni otasi yoki bobosi uylantirsa yoki tur-mushga bersa balog`at yoshiga yetganlaridan keyin, ularda ixtiyor huquqi qolmaydi. Chunki ota va bobo to`la ongli va farzandlariga nisbatan mehr-shafqatli kishilardir, shunday ekan, ularning bevosita ishtiroki bilan nikoh bog`lanaveradi… Shuningdek, balog`atga yetganlaridan keyin ham ular-ning roziligi bilan nikohga ishtirok etishsa, nikoh bog`lanaveradi». Shu-ning uchun nikoh shartnomasi ba`zida ota-onalari tomonidan qizlarini so-tishning niqoblangan shakli bo`lib qolgan. Bunda ko`pincha ayol kishi shartnomaning teng huquqli sub`yekti bo`lmasdan, shartnoma predmeti hisoblangan.

Demak, shariat bo`yicha zo`rlik yo`li bilan, majburiy nikohdan o`tka-zishga yo`l qo`yilmaydi. Lekin qiz bolaning erga tegmaslikka haqqi yo`q edi. U yolg`iz yashashi mumkin emas, albatta turmush qurib, nikoh muno-sabatida bo`lishi lozim edi. Yoshlarning muomilaga layoqatsizligi yoki ularning qarshiligi nikoh ittifoqini tuzishga to`siq bo`la olmasdi. Muomi-laga layoqatli bo`lgan yigitlar va qizlar o`z xohishlari bilan, ota-onalari-ning bu ishga aralashuvisiz, nikoh-huquqiy munosabatlariga kirishlari mumkin bo`lgan110. Shariat bo`yicha nikohning haqiqiy bo`lishligi shartla-ridan yana biri tomonlarning nikoh yoshiga to`lgan bo`lishligidir. Unga ko`ra nikoh yoshi o`g`il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Bunda o`g`il bolalar jinsiy jihatdan voyaga yetgan bo`lishlari lozim edi. Nikohga kiruvchilar uchun belgilangan bu yosh voyaga yetgan-likni belgilashda so`nggi pog`ona hisoblangan. Amalda esa o`g`il bolalar -14, qizlar -12 yoshga to`lganda nikoh tuzilgan. Shariat nikoh yoshining yuqori chegarasini belgilamagan. Nikoh yoshining quyi chegarasini belgi-lashda asosan fiziologik asoslarga tayanilgan. Oilada yigirma yoshdan oshgan «bo`ydoq» bo`lishi isnod hisoblangan.

Shariat bo`yicha nikohdan o`tish shartlaridan biri bunday shartnoma-ning guvohlar ishtirokida tuzilishi lozimligidir. Burhoniddin Marg`inoniy yozganidek, «Bilginki, nikoh bobida guvohlik shartdir. Chunki Rasululloh (SAV): Guvohlarsiz nikoh nikoh emas, deganlar… Musulmonlarning ni-kohlari faqatgina (kamida) ikkita guvoh hozirligida bog`lanadi. Guvohlar-ning ikkisi ham hur, oqil, bolig` musulmon erkaklar yoki bir er, ikki ayol bo`lmog`i lozim»111. Musulmonlarning nikohlarida guvohlarning musul-mon kishilardan bo`lishligi talab qilinadi. Nomusulmon (kofir)ning musul-mon ustidan guvohligi o`tmaydi. Agar musulmon odam xristian yoki yahu-diy bilan nikohdan o`tsa, bunday holda xristian yoki yahudiy dinidagi ki-shilar guvohlikka o`tishlari mumkin edi. Guvohlar erkaklar bo`lsa 15 (16) yoshga, ayollar bo`lsa 9 yoshga to`lgan bo`lishlari lozim edi. Chunki bu yoshda ular muomalaga layoqatli deb hisoblangan.

Shariat bo`yicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti qalinni to`lash va ajratilgan mahrni berishdan iborat edi. Busiz nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. Qalin, yuqorida aytilganidek, kelinga, uning ota-onasi, qarindosh-urug`lari, vasiylariga pul, mol yoki boshqa mulklar bilan bir qatorda to`lanadigan haqdir. Mahr esa kuyov tomonidan bevosita kelinga beriladigan uy-joy yoki sep-sidirg`a va boshqa mulklardan iborat bo`lgan. Qalin bevosita kelinning otasi tasarrufiga tushib, kelinning qalinga hech qanday haqqi bo`lmagan, mahr esa bevosita kelinning shaxsiy mulki hi-soblangan. «Muxtasar» (Shariat qonunlariga qisqacha sharh)da ko`rsatil-ganidek, «nikoh qilgan vaqtda nikohlanuvchi er xotinga mahr berishi shart. Mahrning eng kami o`n dirhamdir, ya`ni bir so`m qirq tiyin kumush. Gar-chi undan kam berib nikohlansa-da, o`n dirham berishga vojib bo`ladi»112.

Shariat bo`yicha nikohga kiruvchilar islom dinida bo`lishi talab qilin-gan, ya`ni faqat islom diniga mansub bo`lgan shaxslargina o`zaro nikoh tu-za olganlar. Islom diniga e`tiqod qiluvchi er boshqa dinga e`tiqod qiluvchi yoki umuman hech qanday dinga mansub bo`lmagan ayol bilan nikoh tuzishga haqqi yo`q edi. Agar xristian yoki yahudiy islom diniga kirsa, u holda musulmonlar bilan nikoh ahdini tuza olgan. Shariat bo`yicha, hatto er-xotindan bittasi boshqa dinga o`tsa (islomga xoinlik qilsa), nikoh bekor qilingan. Agar islomga nisbatan xoinlik er tomonidan sodir etilsa, u xotini-ga mahr berishdan va «idda»113 vaqtida unga nafaqa to`lashdan ozod etil-maydi. Agarda bu ish xotin tomonidan sodir etilsa, idda vaqtida nafaqa olish huquqidan mahrum bo`ladi.

Shariat yaqin qarindosh-urug`chilik aloqasida bo`lgan shaxslarning o`rtasidagi nikohni taqiqlaydi. Islomda nikoh tuzish uchun to`sqinlik qila-digan qarindoshlik darajasi belgilangan. Qur`oni Karimning 4-Niso surasi, 22-24-oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan. 22-oyatda shunday deyiladi: «Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohlaringizga olmang. Magar ilgari o`tgan bo`lsa (ular kechiriladi). Albatta, bu qabih, jir-kanch va yomon yo`ldir». 23-oyatda esa quyidagilar belgilanadi: «Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) - bu onalaringiz, qizlaringiz, opa-singil-laringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-sin-gillaringizning qizlari, emizgan «ona»laringiz, emishgan «opa-singil»larin-giz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bo`lgan xotinlaringizning qaramo-g`ingizda bo`lgan qizlari - jinsiy yaqinlikda bo`lmagan bo`lsangiz, sizlarga gunoh bo`lmas - yana, o`z pushti kamaringizdan bo`lgan o`g`illaringizning xotinlaridir. Ikki opa-singilni qo`shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qi-lindi). Magar ilgari o`tgan bo`lsa (Alloh afv etar). Albatta, Alloh mag`fi-ratli va marhamatli zotdir. Shuningdek, 24-oyatda: «Yana, erli xotinlar (nikohi ham harom qilindi), magar qaramog`ingizdagi joriyalar (bundan mustasno)114. Bu (mazkurlarning hammasi) Allohning bitigi (farzi)dir. Ana shulardan boshqa ayollarga zinokorona emas, (balki) mollaringiz (mahr) bilan uylanishingiz sizlarga halol qilindi. Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq belgilangan mahrlarni beringiz. (Mahr) belgilangandan keyin o`zaro kelishsangiz (xotin o`z mahridan kechsa), sizlar uchun gunoh yo`qdir. Albatta, Alloh ilm va hikmat egasidir».

Shunday qilib, erkaklarga yaqin qon-qarindoshlar, tug`ishganlari bi-lan nikohdan o`tish taqiqlangan. Yuqoridagilar bilan bir qatorda shariat ni-kohdan o`tuvchilarning tabaqaviy jihatdan teng bo`lishligini, ruhiy jihat-dan sog`lom bo`lishini ham talab qiladi. Shuningdek, nikoh shartnomasi tuzishga to`g`ridan-to`g`ri to`sqinlik qiluvchi boshqa holatlar ham ko`rsa-tiladi. Jumladan, musulmonlar ehrom holatida bo`lsalar, agar nikohga kira-yotgan ayolga boshqa kishi tomonidan uylanish istagi bildirilgan bo`lsa, erkaklar o`z xotinlarining singillari bilan nikohga kirayotgan bo`lsalar, to-monlardan biri jinsiy kamolatga yetmagan bo`lsa va hokazo holatlar sha-riatga binoan nikoh ahdi tuzishga to`g`ridan-to`g`ri to`sqinlik qiladi. Shu-lar bilan birga Burhoniddin Marg`inoniyning «Hidoya» asarida ham hadis-lar misolida quyidagi hollarda nikohning taqiqlanishi ko`rsatib o`tilgan: «Kishining o`z onasiga va otasi yo onasi tomonidan bo`lgan buvilariga uylanishi halol emas… Bolasining qiziga va undan pastdagilarga ham uylanishi halol emas… Otasining va bobolari xotiniga ham uylanishi halol emas… O`g`lining bolalarining xotiniga uylanishi halol emas… Xotin o`z ammasi yoki xolasi yoki aka-ukasining qizi yoki opa-singilisining qizi us-tiga nikohlanmaydi… Kimki birorta ayol bilan zino qilsa, unga mana shu ayolning onasiga va qiziga uylanish haromdir… Kimki (biror) ayolni shah-vat bilan ushlasa, unga u ayolning onasi ham, qizi ham harom bo`ladi. (Le-kin shofi`iylar buni «harom bo`lmaydi» deydilar)… Xo`jayin o`z cho`ri-siga uylanmaydi, xotin o`z quliga erga tegmaydi… Majusiy ayollarga uylanish joiz emas… Butparast ayollarga ham uylanish mumkin emas»115.

Yuqorida sanab ko`rsatilgan shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikoh-gina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli huquq va majburiyatlar bilan ta`minlagan. Shuni aytib o`tish lozimki, shariat normalarida belgilangan shartlardan ko`zda tutilgan asosiy maqsad sog`lom, halol nikoh muno-sabatini vujudga keltirishdan iborat edi.

Shariat erkaklarga bir vaqtning o`zida to`rttagacha nikohda bo`lish huquqini beradi. Bu haqda Qur`oni Karimda shunday deyiladi: «Agar yetimlarga (nisbatan) adolatli bo`la olmaslikdan qo`rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo`lgan ayollarga, ikkita, uchta, to`rttadan uylanaveringizlar. Bordiyu (ular o`rtasida) odil bo`la olmaslikdan qo`rqsangiz, bir ayolga (uylaning) yoki qo`l ostingizdagi cho`rilar (bilan kifoyalaning)» (4-Niso surasi, 3-oyat). Islomshunos olim Alouddin Mansur ushbu oyatga izoh be-rib, Qur`oni Karimning 1992 yilgi nashrida quyidagilarni ta`kidlaydi: «Is-lom - voqeiy dindir. Ya`ni u insonlarni pokiza hayot kechirishga da`vat qi-lishda g`ayrivoqeiy yo`llarni tutmaydi. Binobarin, bu qonunda voqeiy in-soniy hayot nazarda tutilgan. Birinchidan, asrlar davomidagi tajribalar ko`rsatishicha, o`g`il boladan ko`ra qiz bola ko`proq tug`iladi. Ikkinchi-dan, ayol kishi erkak kishidan ko`ra uzunroq umr ko`rishi ham voqeiy haqiqatdir. Uchinchidan, turli fojialar, xususan, urush va to`qnashuvlarda asosan erkaklar halok bo`ladilar. Mana shu va yana boshqa ko`p sabablar natijasida insoniyat olamida mudom ayollarning sanog`i erkaklarnikidan ortiq bo`ladi. Demak, bir erkak faqat bir ayolga uylanishi mumkin deyilsa, erkaklar sanog`idan ortib qolgan ayollarga zulm qilingan bo`lur edi. Ya`ni, bu ayollar o`zlarining turmush qurish va ona bo`lish huquqlaridan mahrum bo`lib qolar edilar. Natijada jamiyatda nopoklik va maishiy buzuqliklar yu-zaga keladi. Shuning uchun Islom moddiy imkoniyatlari bo`lgan kishilar-ga, agar adolat qila olishning uddasidan chiqsalar, birdan ortiq ayol bilan turmush qurishga ruxsat beradi va shu yo`l bilan birga ayollar o`rtasida adolat qilmay, faqat shahvoniy nafsni qondirish uchungina ko`p xotin olishga ruju qo`ygan kimsalar uchun oxiratda ashaddiy azob borligi haqida ogohlantiradi»116.

Musulmon huquqida er-xotin o`rtasidagi munosabatlar batafsil tartib-ga solinadi. Bular haqida huquqshunos olim F.Otaxo`jayevning117 asarlari-da qiziqarli ma`lumotlar berilgan. Quyida biz asosan ushbu olimning ki-toblaridan olingan ma`lumotlarni keltiramiz.

Shariat va odatda er-xotinning huquq va majburiyatlari atroflicha ishlab chiqilgan. Erning oiladagi huquqlari quyidagilardan iborat. Er oila boshlig`i hisoblangan, binobarin, oila ta`minoti uchun zarur bo`lgan mod-diy ne`matlarni ishlab topishi lozim bo`lgan. Xotin esa oilada asosan uy-ro`zg`or ishlari va bolalar tarbiyasi bilan shug`ullangan.

Erning huquqi bo`yicha, agar er qalin va mahr to`lagan bo`lsa, xotin albatta uning uyida yashashi lozim edi. Eri er-xotinlik munosabatlariga xiyonat qilsa ham na fuqarolik, na jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bu hol xotinning diniy e`tiqodini haqoratlash hisoblanib, u bilan qo`pol munosa-batda bo`linganligini bildiradi. Xotin biror joyga borishi lozim bo`lsa, al-batta eridan ruxsat olishi darkor edi. Er xotinini moddiy ta`minlashi lozim edi. Agar er uyda olti oydan ortiq muddat bo`lmasa, xotinini moddiy jihat-dan ta`minlamasa, bu holat xotiniga erining nikohidan ajralish uchun asos bo`la olgan.

Agar erning bittadan ortiq xotini bo`lsa, u holda har bir xotini uchun alohida xona ajratib, hovliga chiqish uchun alohida yo`l ochib berish er-ning burchi bo`lgan. Uning mulkidan hamma xotinlari baravar foydala-nishlari mumkin edi. Boshqa munosabatlarda ham shunday bo`lgan. Xotin o`zi uchun ajratilgan xonadan eridan bo`lak shaxslarni chiqarib yuborishi mumkin edi. Er xotiniga ota-onasini ko`rib kelishi uchun bir haftada bir marta ruxsat berishga majbur edi. Unga qarindosh mahram bo`lgan shaxs-larni ko`rish uchun bir yilda kamida bir marta ruxsat berishi lozim edi. Bi-roq u nomahram shaxslarning uyiga borishiga yoki ularni o`z uyida qabul qilishiga, to`yga, jamoat hammomlariga borishiga ruxsat etmasligi mum-kin edi.

Xotinning erdagi haqqiga nisbatan majburiyatlari ko`proqdir. Xotin albatta erining uyida yashab, uyni ozoda va toza saqlab, ro`zg`or ishlarini bajarib, bolalarni tarbiyalashi lozim bo`lgan. Ajratilgan xonada eriga o`zi bilan axloq qoidalariga rioya qilgan holda yaqin aloqada bo`lishga yo`l qo`yishi zarur. Unga bo`ysunib, topshirgan ishlarini bajarishi kerak. Nikoh ahdi tuzilgandan boshlab er-xotinlik munosabatiga xiyonat qilmasligi darkor. Erining ruxsatisiz ommaviy joylarda ko`rinmasligi kerak. Xotin eridan moddiy ta`minot talab qilishga haqlidir.

Agar er xotiniga nisbatan zo`rlik, qo`pollik qilsa, erlik majburiyatla-rini bajarmasa, xotin eri bilan yashashni rad etishi mumkin edi. Xotin o`z zimmasidagi majburiyatlarni bajarmasa, eri unga nisbatan jismoniy ta`sir choralarini ko`rishi, hatto ajralish masalasini ham qo`yishi mumkin bo`l-gan. Agar er xotiniga tirikchilik uchun yetarli miqdorda mablag` bermasa, u holda xotini, qozining ruxsati bilan, erining nomidan va uning javob-garligi bilan qarz olishi, o`ziga tegishli mulkdan ayrimlarini sotishi mum-kin bo`lgan. Agar xotin eri oldidagi majburiyatlarni bajarmasa, u holda er uni jazolashi, ya`ni uni zarar keltirmasdan urishi va ma`lum muddat moddiy ta`minotdan mahrum etishi mumkin bo`lgan.

Agar er yoki xotindan biri, avvalgi sahifalarda ta`kidlanganidek, boshqa dinga kirsa, ya`ni islom dinidan chiqsa, bunday hollarda ular o`rta-sidagi nikoh munosabati tugatilib, mavjud bo`lgan hamma majburiyatlar bekor qilingan. Ammo dinga nisbatan hiyonat er tomonidan sodir etilgan bo`lsa, u xotiniga mahr berishdan va idda vaqtida moddiy ta`minlashdan ozod etilmagan. Bunday harakat xotin tomonidan sodir etilsa, u idda davrida moddiy ta`minot olish huquqidan mahrum bo`lgan. Xotini o`limidan so`ng, er hamma vaqt boshqa ayolga uylanishi mumkin bo`lgan. Xotinga esa eri o`limidan so`ng boshqa shaxsga turmushga chiqishga faqat idda muddati o`tganidan so`nggina ruxsat berilgan. Xotin idda muddatini nikohda qayerda turgan bo`lsa, shu yerda o`tkazishi lozim edi, chunki shundagina uning o`z shaxsiy huquqlari va mulki to`la saqlangan.

Idda vaqtida xotinni moddiy ta`minlash erga yuklatilgan. Ammo u biron asos bo`yicha xotinini moddiy ta`minlashdan ozod etilgan bo`lsa, yoxud bandalikni bajo keltirsa, u holda xotin o`zini o`zi moddiy ta`minlay-di. Agar marhum meros qoldirgan bo`lsa, erining merosi hisobiga ta`min-lanadi. Shariat oilaviy turmush davomida er-xotin tomonidan topilgan mulk ularning umumiy mulki ekanligini tan olmagan, birgalikdagi turmush davrida mulk kimning mablag`iga olingan bo`lsa, o`shaniki hisoblangan.

Qur`oni Karim nikohdan ajralishga (taloqqa) yo`l qo`yadi. Ammo islom taloqni - oila buzishni maqsadga muvofiq ish deb hisoblamaydi. Iloji boricha oilani buzmay saqlab qolishni targ`ib qiladi. Nikohni bekor qilish-ga tegishli «qonuniy» asoslar bo`lganidagina yo`l qo`yilgan. Shariat bo`yi-cha ajralish «taloq» so`zi bilan belgilangan. Bu so`zning lug`aviy ma`nosi qo`yish, qo`yib yuborish demakdir. Taloq qilish huquqi erkakka berilgan. Shuningdek, bu ish uning ishonchli vakili tomonidan ham amalga oshirili-shi mumkin. Erkaklar tabiatan ayollarga nisbatan og`ir-bosiq, har bir ishning oqibatini o`ylab qiladigan va og`ir-yengil kunlarda oilani sabrtoqat bilan boshqarib boradigan kishilar bo`lganligi uchun bu huquq ularga berilgan.

Xotinning bevosita ishtirokisiz, u taloq so`zini eshitmasa ham, «ta-loq» yozma ravishda e`lon etilishiga yo`l qo`yilgan. Bunda ajralish to`g`ri-sida vasiqa kelinning bevosita o`ziga yoki uning otasiga yoxud qozining qo`liga topshirilishi lozim. Agar ajralish to`g`risidagi xatda qandaydir shartlar bajarilishi lozimligi ko`rsatilsa, bu shartlar albatta bajarilishi loz-im, aks holda ajralish sodir bo`lmaydi. Ajralish vasiqa tuzilgan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Ajralish vaqtida diniy-dogmatik normalarga rioya qilinishi lozim bo`lgan. Nikohdan ajralish vaqtida er-xotin mutlaqo tengsiz holatda bo`li-shgan. Er xotindan ajralish uchun o`ylab topilgan har xil vajlarni keltirib, hech bir isbotsiz o`z xohishicha ajralishi mumkin edi. Erning xotini bilan qo`pol muomalada bo`lishi, er-xotinlik munosabatlariga xiyonat qilishi xotinga nikohdan ajralish huquqini bermas edi.

Quyidagi holatlardagina xotini nikohni bekor qilishni so`rashi mumkin edi:

1. Agar eri olti oy muddat davomida xotinini moddiy ta`minlamasa.

2. Agar eri nikohda yashashga qodir bo`lmasa (erlik iqtidori bo`l-masa).

3. Agar nikoh yoshlik vaqtida tuzilgan bo`lib, jinsiy balog`atga yetgandan so`ng yoki ma`lum yoshga to`lgandan so`ng qiz nikohda yashashga rozi emasligini izhor etsa.

4. Agar eri islom dinidan boshqa dinga o`tsa.

Taloq qilingan ayol avval aytib o`tilganidek, nasl-nasablar aralashib ketmasligi uchun uch hayz mobaynida o`zini kuzatib, boshqa turmush qur-may turishi lozim edi. Shu muddat o`tib, homila yo`qligi ravshan bo`lgach u ayol erga tegishi mumkin bo`lgan. Agar homilador ekanligi ma`lum bo`l-sa, bola tug`ilib, nifos muddati o`tgandan keyin boshqa turmush qurishi mumkin. Idda asnosida er qilgan ishidan pushaymon bo`lib, yarashishni istasa, bunga uning haqqi bor. Agar shu muddat ichida xotiniga yaqinlash-masa, muddat tugagach taloq sodir bo`lib, nikoh munosabati tugallanadi.

«Taloq ikki martadir. So`ngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajralish (mumkin). Ularga (xotinlaringizga) bergan narsa-lardan (mahrlaridan) biror narsani qaytarib olishlaringiz sizlarga halol emas, magar (er-xotin) Allohning (oila to`g`risidagi) buyruqlarini bajara olmaslikdan qo`rqsalar (bu undan mustasno). Agar ularning Alloh buyruq-larini bajara olmasligidan qo`rqsalaringiz (eridan taloq olish niyatida) evaz berishida (va erning shu evazni olishida) er-xotin uchun gunoh yo`q118. Bu Allohning (belgilab qo`ygan) hadlaridir. Ulardan tajovuz qilmangizlar! Kim Allohning hadlaridan tajovuz qilsa, ana o`shalar zolimdirlar». (Qur`oni Karim, Baqara surasi, 229-oyat).

«Agar uni (uchinchi marta) taloq qilsa, (u ayol) to boshqa er bilan ni-kohlanmaguncha (va undan ham taloq olmaguncha), unga halol bo`lmaydi. Bas, agar (keyingi er) uni taloq qilsa, (qaraladi,) agar Allohning buyruqla-rini bajara olishga ishonsalar, (avvalgi er bilan) turmushga qaytishlarida gunoh yo`qdir. Bular Allohning (belgilab qo`ygan) hadlaridir. Ularni anglatuvchi qavm (odamlar) uchun bayon qilur». (Qur`oni Karim Baqara surasi, 230-oyat).

Shariat bo`yicha meros huquqi juda murakkab va chalkash bo`lgan. Meros huquqi borasida musulmon huquqining turli huquqiy mazhablari o`rtasida katta farqlar mavjud. Umuman meros vasiyat bo`yicha va qonun bo`yicha qoldirilgan. «Vasiyat» so`zining lug`atda bayon qilingan ma`nosi - «topshirmoqdir». Shariat bo`yicha esa, mol-mulkni o`lgandan so`ng kimga berilishini aytish. Vasiyat qonuniy merosxo`rlar foydasiga tuzilishi mumkin emas edi. Shuningdek, mol-mulkning uchdan bir qismidan ortig`i-ni vasiyat qilishga ham ruxsat etilmagan. Vasiyatni tuzishda ikkita guvoh ishtirok etishi lozim bo`lgan. Shariatda ayniqsa qonun bo`yicha meros tar-tibi bir muncha puxta ishlab chiqilgan edi. O`lgan kishining mol-mulkidan avvalo uni dafn etish marosimlariga ketadigan xarajatlar qoplangan, so`ng-ra uning barcha qarzlari to`langan. Qolgan mol-mulklar qonuniy meros-xo`rlar o`rtasida taqsimlangan. Merosdan birinchi navbatda o`lgan kishi-ning bolalari o`z hissalarini olishgan, ular bo`lmasa uning aka-ukalari, amaki-tog`alari va boshqalar merosga chaqirilgan. Ayollar merosdan erkaklarga nisbatan ikki hissa kam ulush olganlar. Dindan qaytganlar, aj-ralgan er-xotinlar, meros qoldiruvchining o`limiga sabab bo`lganlar meros olish huquqidan mahrum edilar.


Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish