So'zlarning majoziy ma'nosi: ya'ni metafora yoki metonimiya ma'lum bir narsaga ishora qilish yoki ko'rsatish uchun ishlatilganda. Masalan, ushbu ob'ektni qo'llab-quvvatlaydigan ustunlar yoki chiziqlarni ko'rsatish uchun jadvalning oyoqlariga murojaat qilishda.
Ixtisoslashgan yoki texnik til: bu ba'zi bir so'zlarga ish, tadqiqot, rivojlanish sohasiga va boshqalarga qarab texnik ma'no berilganda. Masalan, xamir so'zi fan sohasida fizika yoki kimyo bilan bir xil narsani anglatmaydi, agar uni oshpazlik sohasidagi ma'nosi bilan taqqoslasak, u albatta retsept tarkibidagi tarkibiy qismga ishora qiladi.
Chet so'zlarning ta'siri: ba'zi bir chet el atamalarining ta'siri yoki qo'llanishi tufayli bir nechta ma'no kelib chiqqan so'zlarning xilma-xilligi mavjud. Eng keng tarqalgan misol - bu "tugma" so'zi, bu printsipial jihatdan kiyim-kechakka tegishli bo'lgan, ammo maishiy texnikaning ma'lum bir qismini ham ko'rsatishi mumkin bo'lgan aksessuarlardan birini nomlash uchun ishlatiladi.
Omonimiya: omonimiya bir xil yozilgan va talaffuz qilingan, lekin ma'nolari turlicha bo'lgan ikki yoki undan ortiq so'zlarni anglatadi. Masalan, bank tomonidan siz moliya muassasasiga yoki o'rindiqqa murojaat qilishingiz mumkin.
Mavzuning maqsadi: Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. O‘qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Mavzuning xulosasi: Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir.
Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda.
Arab tilidagi kelishik shakllari o`zbek tili
bilan qiyoslangan holda uchtadir. Kelishik tushunchasini ifodalovchi termin arab
tilida “i’rob” deb nomlanadi. Quyida nahvshunos olimlarning bu termin haqidagi
qarashlari keltirilgan.
يا اخرهف آخش ٔ الاسى انًعشب قال جاس الله انزيخششي ف ً كرات ّ "انًفصم ف ً صُاعح الإعشاب" :
ّ
تاخرلاف انعٕايم نفظا تحشكح أ ٔ تحشف أ ٔ يحلا فاخرلاف نفظا تحشكح ف ً كم يا كا ٌ حشف إعشات
صحٍحا أ ٔ جاسٌا يجشاِ."(صحٍفح91)
Jarulloh Az-Zamaxshariy “al- Mufassal fi sino’atil- I’rob” nomli kitobida:
”Ismning kelishikda tuslanishi - so’z oxiri sintaktik vazifasiga ko’ra unlilar
o’zgarishi, harflarning o’zgarishi (so’z oxiridagi) hodisasidir”. (19-bet).
قال انشٍخ يصطفى انغلا ٌ ٍ ُ ً ف ً كرات ّ "جايع انذسٔس انعشتٍح" : إرا اَرظًد انكهًاخ ف ً انجًهح؛ يا
ٌرغٍش آخش ِ تاخرلاف يشكز ِ فٍٓا لاخرلاف انعٕايم."( صحٍفح03)
Mustafo G’alayiniy “ Jomi’ud- durusil- arabiyyati” kitobida ismlarda kelishik
haqida :” Gapda so’zlar oxiri o’zaro sintaktik munosabatga kirishganda ma’lum
sabablarga ko’ra o’zgarishi.”(30-bet)
Termin lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oxiri”, “chek”, “chegara”, “tugash” degan ma’nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta’rif beradi: “Termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan
ma’nolarni ifodalagan:
1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan
ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika,
iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir
2. U ekspressivlikdan holi muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi,
o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”.
V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at
tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta’rifidir”
3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida
termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.
Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar): bayat “Tangri, Xudo”,
bačaq//bačağ “ro‘za”, burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”, yalabač
//yalavač //yalafar “payg‘ambar”, savčï “payg‘ambar” va h.k.
Ekologik terminlar: sűzűk suv “tiniq, ko‘m-ko‘k suv”, tärkin suv
“balchiqli suv”, et yer “yumshoq yer; yumshoq tuproq”, tatïrlïğ yer “qattiq
yer”, qarqağ “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”, sarğan yer “sho‘rxok yer”,
sağïz topraq “sog‘ tuproq”, ačuq kők “ochiq havo” va h.k.
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu
nuqtayi nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlarning
asosini asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi. Ayni paytda sanskrit,
xitoy, so‘g‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o‘zlashmalarning ham o‘rni bilan
qo‘llangani kuzatiladi.
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida
islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan
istiqomat qiluvchi xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar
intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan
keyin eron madaniyati, ayniqsa, Somoniylar hukmronligi yillarida
taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiati, xarakteriga ma’lum
darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxiriga kelib Sharqiy
Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil
topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida
jiddiy ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar
adabiy tildan farqli o‘laroq chet tillar elementlariga nisbatan oz
ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda
eski turkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan u bilan raqobatga
kirishgan.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi
leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy
xususiyatlarda aksini topadi:
semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi
o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi);
vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi);
semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning
har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir);
tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi
vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni
ishlab chiqishga bo‘ysunadi) (Danilenko 1977; 208).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akobirov S.”Til va terminalogiya” – T, “Fan” 1968
2. Ilmiy-amaliy konferensya tezislari. – Navoiy, 1993
3. O’zbek tili leksikologiyasi – T, “Fan” 1981
4. Tursunov U. O’zbek terminalogiyasi masalalari – Toshkent, 1933.
5. Begmatov E. Hozirgi o’zbek tilining leksik qatlami – T, 1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |