Huquqiy h’ujjatlar va yozishmalar. O’zbekistonning qadimgi va wrta asrlar tarixini o’rganishda ilmiy tekshirish institutlarining kutubxonalarida, davlat tarix arxivida,o’lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan rasmiy h’ujjat va yozishmalarning ah’amiyati benihoya kattadir. Lekin ularni topish, o’rganish va o’z o’rnida foydalanish wta qiyin bo’lib, tadqiqotchidan chuqur bilim, maxsus malaka, qunt va sabot-matonat talab qilinadi. Huquqiy h’ujjatlarni h’am, jamiyatda katta nufuzga ega bwlgan shaxslar o’rtasida olib borilgan yozishmalarni h’ar yerdan, aniqrog’i bir yoki ikki asar ichidan, bir muzey, arxiv va fondidan topib bwdmaydi. Ularni barcha muzey, arxiv va fondlar ichidan, qwlёzma kitob va chop etilgan asarlardan qidirib topish mumkin. Huquqiy h’ujjatlar – podshoh’ va xonlarning farmonlari, yorliqlari, inoyatnomalar, rah’nomalar, vasiqalar, vaqfnomalar va boshqalar O’zbekistondagi tarix va wlkashunoslik muzeylarida, maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va universitetlarning kutubxonalarida, shuningdek Davlat tarix arxivdarida h’amda shaxsiy majmuadarda saqdanadi. Ammo IX-XII asrga oid h’ujjatlar h’ali aloh’ida twplanib wrganilganicha ywq. Bu davrda maxsus kotib ёki dabirlikka qancha katta etibor berilgani Nizimiy Aruziy Samarqandiyning “To’rt maqola” asarida bayon etilib, ayrim maktublar namunalari keltirilgan. Musulmonchilik h’ujjatlari Burxoniddin Marg’inoniyning “Hidoya” asarida keyincha o’zining rasmiy tavsifini topdi.
Arab tilida yozilgan manbalar. O’zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bwlgan tarixi kwproq va deyarli arab tilidagi ёzma manbalarda ёritilgan va bu anana keyincha h’am Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab xadifaligi tarkibida, swngra Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Xorazmshoh’lar davlatlarini boshdan kechirdi. Arab tilida vatanimiz tarixiga oid ёzma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruh’ga ajratish mumkin. Birinchi guruh’ - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va olimlar. Bular Muh’ammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayh’on Beruniy, Mah’mud Koshg’ariy, Mah’mud Zamaxshariy, Abu Said Samoniy, Shah’obuddin Muh’ammad Nisoviy va boshqalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona vatanga muh’abbat aloh’ida namoёn bwladi, bu ayniqsa Abu Rayh’on Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati twg’risidagi malumotlarida aloh’ida kwzga tashlanadi. İkkinchi guruh’ - xorijlik olimlardan iborat bwlib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi madaniyati, siёsiy-ijtimoiy h’aёti ёritilgan. Ushbu mualliflarning eng yiriklari Abulh’asan Madoiniy (vaf. 840 y.), Abulabbos alYaqubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, İbn Xurdodbeh’ (820-taxm.913), Abu Jafar Tabariy (839-923 y.), İsh’oq al-İstah’riy (850-934 y.) va boshqalardir. Mazkur muarrixlar yurtimiz h’ududini umummusulmon olami, arab xalifaligi bir qismi sifatida ёritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki qismga, yani arab va ajam - g’ayri arabga ajratib wrganar edilar. Arablar tomonidan yurtimizga berilgan nom Movarounnah’r – darёning u ёg’idagi mamlakat mazmunini bildiruvchi jug’rofiy nom bizgacha etib kelgan bwlib, asosan arab mualliflari asarlarida istefoda etiladi. 51 Quyida arab tilida bitilgan eng muh’im manbalar va ularning mualliflari h’aqida ixcham malumot keltiriladi. (Ushbu malumotlardan maruzachi wz xoh’ishiga binoan tanlab ana wshalardan foydalanishi mumkin.) “Kitob at-tarix”. Ushbu arab tilida bitilgan qimmatli asar muallifi buyuk matematik Muh’ammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. Biz uni birinchi Wrta Osiёlik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-Xorazmiy birinchilardan bwlib wzining “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini ёzgan. Ammo ushbu asar bizgacha mukammal h’olida etib kelgan bwlmasada, undan olingan parchalarni swnggi davr tarixchilari İbn an-Nadim, al-Masudiy, at-Tabariy, Hamza al-İsfah’oniylar wz asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayh’on Beruniy wzining “Osor ul-boqiya” asarida h’am eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid malumotlardan iborat bwlgan.
“Kitob al-surat al-arz” Mazkur asar h’am al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bwlib, yunon olimi Ptolomiyning jug’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni wzining yangi malumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“Er tasviri kitobi”) asarida Kaspiy dengizi ёki Xorazm dengizi h’aqida qimmatli malumotlar bor. Ushbu tarixiy jug’rofiyaga oid asardagi Wrta Osiёga oid malumotlar katta ilmiy ah’amiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, h’ijriy 428 yili kwchirilgan mwtabar qwlёzmasi yuizgacha etib kelgan bwlib, unga turli xaritalar chizib ilova qilingan. Ushbu mwtabar qwlёzma matni 1926 yili sharqshunos H.M.Mjik tomonidan Leyptsigda nashr qilingan. Kitobni wzbek tiliga A.Ah’medov tarjima qilib, ilmiy sharh’lar bilan 1983 yili chop etgan.
“Kitob al-mag’oziy” Kitob muallifi Madoiniy Abulh’asan Ali ibn Muh’ammad (vaf. 840 y.) Arabiston, Xuroson va Movarounnah’rning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiysiёsiy tarixiga oid ikki yuzdan ziёd asar ёzgan yirik arab tarixchi olimidir. “Axbor al-xulafo”(“Xalifalar h’aqida xabarlar”), “Kitob al-mag’oziy” (“Urushlar h’aqida kitob”), “Kitob futuh’ ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi h’aqida kitob”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir. “Kitob al-mag’oziy” Eron, Afg’oniston va Wzbekistonning arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siёsiy tarixi bwyicha muh’im manbalardan h’isoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha etib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida saqdanib qolgan.
”Kitob al-buldon” Asar ijodkori al-Yaqubiy IX asrda wtgan yirik geograf tarixchi olimdir. İsmi Abulabbos Ah’mad ibn Abu Yaqub ibn Jafar ibn Vah’b ibn Vadih’ al-Kotib alAbbosiy bwlib, u yirik mansabdor h’onadoniga mansubdur. Al-Yaqubiy Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining kwp qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va Mag’ribda wtkazdi. Al-Yaqubiyning ikki yirik va muh’im asari bizning zamonamizgacha etib kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” nomi bilan mashh’urdir. ”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda ёzilgan) twrt qismdan iborat. Asarda arablar qwl ostidagi mamlakatlarning geografik h’olati, yirik shah’arlar va qalalari, ah’olisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari, wsha mamlakatdan olinadigan xirojning umumiy miqdori h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi. Ushbu asarning ikki mwtabar qwlёzmasi G’arbiy Germaniya kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashh’ur sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. Al-Yaqubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida ёzilgan bwlib, Sharq mamlakatlari, shuningdek Wrta Osiёning VII-IX asrlardagi tarixi bwyiyaa muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bwlib, Odam Atodan islomgacha bwlgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, yani wsha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bwlgan voqealar baёn etilgan. “Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma (1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.
“Kitob futuh’ al-buldon ” “Kitob futuh’ al-buldon”(“Mamlakatlarning zabt etilishi”) IX asrda wtgan yirik geograf va tarixchi olimi Balazuriy (vaf. 892 y.)ning asaridir. Muarrix Madoiniyning shogirdi bwlib, uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn Yaxё Jabir alBalazuriy, asli eronlik Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-861 y.) va al-Mustain (862-866 y.) saroyida tarbiyachi bwlib xizmat qilgan. Balazuriy ikki yirik asar “Kitob futuh’ al-buldon” va “Kitob al-ansob aosharif”(“Sharofatli kishilarning nasablari h’aqida kitob”ning muallifidir. “Kitob futuh’ al-buldon” arab istilolari tarixi bwyicha eng yaxshi asarlardan biri h’isoblanadi. Faqat shu asarda arablarning xalifa Usmon (644-656 y.) va uning Xurosondagi noibi Abdulloh’ ibn Amr davrida Movarounnah’rga bir necha bor bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab qaytganliklari h’aqida malumot bor. Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga sazovor shah’arlari va osori-atiqalari, xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliklar, shuningdek arab tilining joriy qilinishi h’aqida h’am qimmatli malumotlarni uchratamiz. “Kitob futuh’ al-buldon”ning qisqartirilgan tah’riri etib kelgan, xalos. Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) h’am bor. Balazuriyning ushbu asarining twliq nusxasi Ёqut va İbn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bwlib xizmat qilgan. “Kitob ul-xiroj” “Kitob ul-xiroj” (“Xiroj solig’i h’aqida kitob”) asarining muallifi Abu Yusuf Yaqubdir (731-798 yy.). Bu qonunshunos olimning twla ismi Abu Yusuf Yaqub ibn İbroh’im Kufiydir. U asli Shomning Kufa shah’ridan, imom Abu Hanifaning (699-767 yy.) shogirdi, Abbosiylardan al-Mah’diy (775-785 yy.) va Xorun arRashid (786-809 yy.) davrida Bag’dod qozisi bwlgan. “Kitob ul-xiroj” asarida Arab xalifaligining VII-VIII asrlardagi ijtimoiyiqtisodiy ah’voli, xususan er egaligi va undan foydalanish kabi ijtimoiy masalalarni wrganishda qimmatli manba h’isoblanadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning topshirig’i bilan ёzilgan bu asarda wrta asrlarda ah’olidan yig’iladigan asosiy soliq - xiroj, uning turlari va miqdori, twlash tartibi baёn etilgan. Bundan tashqari feodal mulkchilik, xususan korandalik tartibi, yirik er egalarining shaxsiy xwjaliklarida qwl meh’natidan foydalanish h’aqida h’am malumotlar mavjud. Asarning arabcha matni 1884 yilda Misrning Buloq shah’rida chop qilingan. Uni E.Fanyan frantsuzchaga tarjima qilgan.
“Kitob axbor ul-buldon” İbn al-Faqih’ “Kitob axbor ul-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida xabarlar” asari bilan mashh’ur bwlgan tarixchi olim. Uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn Muh’ammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili ёzilgan) malum bwlishicha, u xalifalardan al-Mwtadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902-908 y.)lar bilan zamondosh bwlgan. “Kitob al-fih’rist” muallifining swzlariga qaraganda, İbn al-Faqih’ wz zamonasining atoqli adiblaridan bwlib, naql-rivoyat va adabiёtni yaxshi bilgan. “Kitob axbor ul-buldon” asari siёsat, tarix va madaniy h’aёtga oid materiallarga boydir. İbn al-Faqih’ning ayniqsa yirik shah’arlar, Balx, Samarqand va boshqalar h’aqida keltirgan malumotlari nih’oyatda qimmatlidir. “Kitob axbor ul-buldon”ning Ali ibn Jafar ash-Shayzoriy tarafidan bajarilgan (1022 y.) qisqa tah’riri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda chop etilgan. Ushbu asarning mwtabar qwlёzmasi, aniqrog’i uning ikkinchi qismi, 1923 yili Mashh’addagi (Eron) İmom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. Unda Eron va Movarounnah’rning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid diqqatga sazovor malumotlar bor.
“Kitob masolik ul-mamolik” Ushbu asar muallifi İbn Xurdadbeh’ ёki Abulqosim Ubaydulloh’ Xurdadbeh’ (820 tax 913 y.) asli eronlik bwlib, u oliy martabali mansabdor xonadoniga mansub edi. Otasi IX asr boshlarida Tabariston h’okimi bwlgan, Daylam viloyatini bwysundirib, xalifaning diqqat etiborini qozongan. İbn Xurdadbeh’ Bag’dodda wqigan va keng malumot olgan. U xalifa Mwtamid (870- 892 y.) davrida yuksak davlat lavozimlarida turgan, dastlab nadim, swng Eronning g’arbiy-shimoliy tarafida joylashgan Jibal viloyatida soh’ib barid va-l-xabar (pochta va razvedka boshlig’i) lavozimini egallagan. İbn Xurdadbeh’ turli mavzuda, adab, tarix, geografichga oid wnga yaqin asar bitgan bwlib, ulardan eng muh’imi “Kitob masolik ul-mamolik” (“Ywllar va mamlakatlar h’aqida kitob”) nomli asari bwlib, u 846 yili ёzib tamomlangan. Asarning qisqartirilgan tah’riri bizgacha etib kelgan va M. de Gue tarafidan 1889 yili chop qilingan. Ruscha tarjimasi (tarjimon Noila Velixanova) 1986 yili Bokuda chop etilgan. Kitob arab xalifaligi qwl ostidagi mamlakatlar, shah’arlar, ularga boriladigan ywllar, shah’arlar va mamlakatlar orasidagi masofa, ah’olidan undiriladigan soliq va jarimalarning miqdori h’aqida qimmatli malumotlar keltirilgan. Ayniqsa, qadimiy Swg’d shah’arlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida joylashgan), Samarqand, Ustrushana, Shah’riston (Ustrushana shah’arlaridan), qadimgi Shosh, İspijob (Sayram) shah’arlarida ah’oli wrtasida muomalada bwlgan pul birligi, Nuh’ ibn Asad (vaf. 842 y.) va Ah’mad ibn Asad (819-846 y.) davrida Swg’d va Farg’onaning umumiy ah’voli, Movarounnah’r va Farg’onada IX asrda istiqomat qilgan turkiy xalqlar h’aqidagi malumotlar benih’oya qimmatlidir.
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” Bu asar avtori yirik qomusiy olim Abu Jafar Muh’ammad ibn Jarir atTabariy (836-923 y.)dir. U Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shah’rida tug’ilgan, umrining kwp qismini Bag’dodda wtkazgan va shu erda vafot etgan. Tarixchi xalifalikning kwp shah’arlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan. Tabariy davrining keng malumotli kishilaridan bwlib, wndan ortiq kitob ёzib qoldirgan. Musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bwlgan ixtiloflar baёn etilgan “Kitob ixtilof al-fuqah’o” (“Faqih’lar wrtasidagi ixtiloflar h’aqida kitob”), “Quroni karim” oyatolri sharh’iga bag’ishlangan wttiz (boshqa malumotlarga qaraganda qirq) jilddan iborat “Jome al-baёn at-tavil al-Quron” (“Quron” swzlari manosining keng baёni majmuasi”) va nih’oyat, “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” (“Payg’ambarlar va podshoh’lar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix ilmi uchun eng muh’imi swnggi asar h’isoblanadi. “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” ёki qisqa nomi “Tarixi Tabariy” asari umumiy tarix tipida ёzilgan kitob. Lekin mukammalligi va daliliy materiallarga boyligi bilan boshqa asarlardan tamoman aloh’ida ajralib turadi. Asarda olimning “yaratilishi”dan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum (Kichik Osiё), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan mamlakatlarda, shuningdek Wzbekiston h’ududida bwlib wtgan ijtimoiy-siёsiy voqealar h’ikoya qilinadi. Voqelar yilma-yil, xronoligik tarzda baёn etilgan. Bu esa asardan foydalanishda kwp jih’atdan qulaylik yaratgan. Tabariy mazkur asarini yaratishda yah’udiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, Sosoniylar (224-651 y.) solnomasi “Xvaday namak” (“Podshoh’noma”), al-Voqidiyning (747-823 y.) “Kitob ulmag’oziy” (“Urushlar h’aqida kitob”), al-Madoiniyning “Tarixi xulafo” (“Xalifalar tarixi”), İbn Tayfurning (819-893 y.) “Tarixi Bag’dod” (“Bag’dod tarixi”) kabi asarlardan keng foydalangan. Lekin u kwp h’ollarda “Hadis ilmi” printsipiga kwra, ayniqsa asarning qadimiy tarixiga bag’ishlangan qismlarida boshqa manbalardan olingan dalil va malumotlarni aynan keltirgan.Kitobning qadimiy tarixidan bah’s yurituvchi qismlari h’am malum ilmiy qiymatga ega, chunki bularda bizgacha etib kelmagan manbalarda (rivoyatlar, “Xvaday namak”, “Tarixi xulafo” va boshqalar) mavjud bwlgan qimmatli malumotlar, lavh’alar saqlangan. “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” musulmon mamlakatlari, shuningdek Movarounnah’rning VIII-IX asr tarixi bwyicha asosiy va eng mwtabar manbalardan biri bwlib, tarix ilmining keyingi taraqqiёtiga katta tasir wtkazgan. Mazkur asarning arabcha ikki xil (mufassal va qisqartirilgan) tah’riri bwlgan, lekin bizgacha uning faqat qisqartirilgan tah’riri etib kelgan va asar matni gollandiyalik sharqshunos M.Ya. de Gue tarafidan 1879-1901 yillari 15 jildda nashr etilgan. Tabariy asarining forsiy tah’riri h’am bor bwlib, u Somoniy Abu Solih’ Mansur ibn Nuh’ning (961-976 y.) vaziri, atoqli ilm-fan h’omiysi al-Balamiy (vaf. 974 y.) tomonidan 963 yili ёzilgan. Balamiy tah’riri shunchaki oddiy tarjima bwlib qolmay, balki asarning qayta ishlangan va ayrim h’ollarda yangi faktlar bilan boyitilganidir. Unda, birinchidan, qisqartirilgan tah’ririda uchramaydigan malumotlar mavjud bwlib, ularni Baoamiy Tabariy asarining twla nusxasidan olgan. İkkinchidan, Balamiy tah’riri boshqa manbalar asosida yangi malumotlar bilan twlatilgan. Tabariyning mazkur asaridan ayoim parchalar bir necha Evropa tillariga tarjima qilingan. Uning twla frantsuzcha tarjimasi G.Zotenberg tomonidan 1867- 1874 yillari Parijda nashr etilgan. Asarning forsiy va turkiy tarjimalari h’am bwlib, ularning mwtabar qwlёzma nusxalari Sankt-Peturburg va Toshkent kutubxonalarida mavjud. Baoamiy tah’ririning matni twla tarzda Lakxnav, Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va Teh’ronda (1962, 1967 y.) chop qilingan. “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asarining qwlёzma nusxalari MDH, Angliya, Turkiya, Eron va Hindiston kutubxonalarida saqlanadi. Toshkentda, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida arab tilidan twrtta mwtabar qwlёzmalari va wzbek va uyg’ur tillaridagi tarjimalari mavjud. Qisqartirilgan ruscha tarjima tarjimon V.İ.Belyaev) 1987 yili Toshkentda “İstoriya Tabari” yani “Tabariy tarixi” nomi bilan chop etildi.
“Kitob al-masolik val-mamolik” Ushbu nomdagi etti jildlik ulkan asarni vatandoshimiz, davlat arbobi va olim Jayh’oniy (870-942 y. h’alok bwlgan) ёki Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Nasr al-Jayh’oniy yaratgan. U Buxoroda Somoniylar davlatida katta obrwga ega bwlib, 914 yildan h’aёtining oxirigacha vazir bwlib xizmat qilgan. Olimning asosiy asari tarixiy jug’rofiyaga oid bwlib, u yana “Kitob al-molik fi marifiyi al-mamolik” (“Mamlakatlarni bilishda masofalar kitobi”) deb h’am atalgan. Bu kitob wz davrida juda mashh’ur bwlib, barcha keyingi olimlar Beruniy, Gardiziy, İbrisiy, Muqaddasiy va boshqalar undan qimmatli va ishonchli manba sifatida foydalanganlar, iqtibos (tsitatalar) keltirganlar. Jayh’oniy asarida Sharq mamlakatlari, xususan Movarounnah’r, turk qabilalari twg’risida qimmatli malumotlar bwlgan.Mazkur asar bizgacha etib kelmagan bwlsa-da, uning nomi barcha yirik olimlar asarlarida zikr qilingan va Beruniy, İbn Xavqal, Gardeziy va Avfiy asarlarida parchalar ukltirilganligi, uning qimmatli manba ekanligidan guvoh’lik beradi.
“Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-buldon” Bu kitob al-Masudiy ёki Abulh’asan Ali ibn al-Masudiy (vaf.956 y. Qoh’ira) X asrning kwzga kwringan geograf va tarixshunos olimi asaridir. Muallif IX asr oxirlarida Bag’dodda zodagon oilasida dunёga kelgan. Juda kwp (915-945 y.) saёh’at qilgan, turli wlkalarda bwlib, adabiёt, falsafa, fiqh’, geografiya va tarix ilmlari bwyicha chuqur malumotga ega bwlgan, xususan Movarounnah’rda bwlganda shah’arlar va odamlar h’aqida qimmatli malumotlar twplagan. Al-Masudiy ilmning turli soh’alariga oid “Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-buldon”( “Davr xabarlari va mamlakatlarning ajoyibotlari h’aqida kitob”), “Kitob ul-avsat” (“Wrtacha kitob”), “Kitob at-tavorix fi axbor al-umum min arab va-l-ajam” (“Arab va Ajam xalqlari tarixi”), “Xazoin ul-muluk va sirr al-olamayn” (“Podshoh’larning xazinalari va ikki olam sirlari”), “Kitob ar-rasoil” (“Risolalar twplami”), “Kitob at-tanbih’, va-l-ishraf” (“Ogoh’lantirish va ishontirish h’aqida kitob”) singari 20dan ortiq asar ёzgan. Al-Masudiyning asarlari arab xalifaligi, Movarounnah’rning IX-X asrlar tarixini wrganishda zwr ah’amiyatga ega. Ular wziga xos geografik qomus bwlib, jah’on xalqlari va turkiy xalqlarning tarixi, ijtimoiy-siёsiy ah’voli, urf-odatlari h’aqida boy malumotga ega. Tarixchining yana “Muruj az-zah’ab va madan al-javoh’ir” (“Oltin tozalagich va qimmatbah’o toshlar koni”) nomli asari h’am bor. Bu kitobning arabcha matni frantsuzcha tarjimasi bilan birga, 1861-1877 yillari Parijda twqqiz jildda nashr etilgan.
“Kitob ul-xiroj va sanat al-kitoba” Asar muallifi Abulfaraj Qudama, filolog va geograf olimdir. Uning twla ismi Abulfaraj ibn Jafar Qudama al-Basriy al-Bag’dodiy (vaf.922-948 y.). U yuasraoik aslzoda bwlib, avval nasroniy bwlgan, saroy xizmatiga qabul qilingandan keyin xalifa al-Muqtafiyning tasiri ostida islom dinini qabul qilgan. Dastlab mamuriy mah’kamalardan birida (majlis az-zimam) xizmat qilgan, umrining oxirida esa aloqalar devoniga (devoni soh’ib barid) boshchilik qilgan. Abulfaraj Qudama 928 yili “Kitob ul-xiroj va sanat al-kitoba” (“Xiroj undirish va maktublar ёzish sanati h’aqida kitob”) nomli ikki jildlik (8 qismdan iborat) asar ёzgan. Mazkur asar arab xalifaligining mamuriy bwlinishi, xalifalikka tobe bwlgan mamlakatlar wrtasidagi aloqa xizmati, soliq va moliya tizimining umumiy ah’voli h’aqida qimmatli malumot beradi. “Kitob ul-xiroj va sanat al-kitoba” asarida Movarounnah’rning geografik h’olati va uning turkiy zabon ah’olisi h’aqida h’am muh’im daliliy malumotlarni uchratamiz. Kitobning faqat ikkinchi jildigina saqlanib qolgan. Uning ayrim parchalari frantsuzcha tarjimasi bilan M.Ya. de Gue tarafidan 1889 yili chop etilgan.
“Kitob masolik ul-mamolik” Ushbu kitob muallifi İstaxriy ёki Abu İsh’oq İbroh’im ibn Muh’ammad alForsiy (850-934) nomi bilan mashh’ur bwlgan sayёh’ va geograf olim. U 915 yildan blshlab Eron, Movarounnah’r, Suriya, Misr va Mag’rib bwylab saёh’at qilgan. Mana shu saёh’at vaqtida twplangan boy daliliy material va zamondoshi Abu Zayd Ah’mad ibn Sah’l al-Balxiyning (850-934 y.) “Suvar al-aqolim” (“İqlimlar surati”) kitobi asosida 930-933 yillari wzining “Kitob masolik ulmamolik” (“Mamlakatlarga boriladigan ywllar h’aqida kitob”) nomli qimmatli asarini ёzgan. Asar yigirma bobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari Arabiston, Mag’rib, Misr, Suriya, İroq, Eron, Movarounnah’r), shuningdek, Hindistonning chegaralari, iqlimi, mamuriy bwlinishi, mashh’ur shah’arlari, ularga olib boriladigan ywllar, ah’olisi va uning mashg’uloti, atoqli kishilari, savdo-sotiq va boshqa masalalar baёn etilgan. “Kitob masolik ul-mamolik” asarining asl matni uch marta 1870, 1927 va 1967 yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmah’osin Muh’ammad ibn Sad ibn Muh’ammad an-Naxchivoniy tarafidan XVI asrning ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qwlёzma nusxalari Sankt-Peterburg va Toshkentda saqdanmoqda.
“Kitob ul-masolik va-l-mamolik” Ushbu kitobning muallifi İbn Havqal (vaf. 976 y.)dir. U wz davrining kwzga kwringan yirik geograf olimi va sayёh’i bwlgan. Olimning twla ismi Abulqosim ibn Havqal an-Nasibiy bwlib, nisbasiga kwra vchlm Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nisibin shah’ridan chiqqan. İbn Havqal 943 yildan boshlab savdogar sifatida turli mamlakatlar Markaziy Afrika, İspaniya, İtaliya, Eron, Hindiston bwylab saёh’at qilgan. U İstaxriy bilan shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida İstaxriy gwёki undan wz asaridagi xato va chalkashliklarni xalos qilish va kaytadan ishlashni iltimos qilgan. “Men,-deb ёzadi İbn Havqal,- uning kitobidagi bir emas, bir necha xaritalarni tuzatdim, swngra ushbu wz kitobimni ёzishga qaror qildim. İstaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta (yangi) xaritalarni ilova qildim va ularni izoh’lab berdim.” İbn Havqalning asari “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” (“Ywllar va mamlakatlar h’aqida kitob”) ёki qisqacha “Kitob surat al-arz” (“Erning surati”) nomi bilan mashh’ur bwlib, Hamadoniylardan Sayfulla Ali I ga (945-967 y.) bag’ishoangan. Uni ёzishda muallif saёh’atlari vaqtida twplagan, savdogarlardan swrab-surishtirib yiqqan materiallardan h’amda İbn Xurdodbeh’, al-Jayh’oniy, Qudama asarlaridan foydalangan. Kitobda tavsiflangan h’ar bir mamlakat va viloyatning xaritasi h’am berilgan. Masalan, Movarounnah’r qismiga ilova qilingan xaritada Jayh’un (Amudarё), Buxoro, Samarqand, Usrushana (Wratepa), İspijob (Sayram), shosh va Xorazm shah’arlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda turkiy va g’uzzlar, ularning mashg’uloti, shuningdek, Movarounnah’r shah’arlari, xalqlari xususida keltirilgan malumotlar nih’oyatda qimmatlidir. “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarining arabcha matni ikki marta M.Ya. de Gue (1878) h’amda Kramers tarafidan (1938-1939) chop etilgan. Kramers nashri (u 1086 yili kwchirilgan va h’ozir İstambul kutubxonalaridan birida saqlanaёtgan mwtabar qwlёzmaga asoslangan) birmuncha nashr sifatida qadrlanadi.
”Ah’san at-taqosim” ”Ah’san at-taqosim” ёki “Ah’san at-taqosim fi marifat al-aqolim” (“İqlimlarni wrganishuchun eng yaxshi qwllanma”) nomli asar muallifi X asrning yirik geograf olimi al-Muqaddasiydir. Uning twliq ismi Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Abubakr al-Muqaddasiydir. Olim 947 yili Quddisi sharifda tug’ilgan, butun dunё musulmon mamlakatlari bwylab saёh’at qilgan va 1000 yili vafot etgan. Al-Muqaddasiy saёh’at vaqtida twplagan h’amda boshqa manbalardan olingan aniq malumotlar asosida 985 yili wzining qimmatli asarini ёzib qoldirgan. Kitobning ikkita tah’riri mavjud. Birinchi tah’riri 986 yilda amalga oshirilgan bwlib Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga bag’ishlangan. Asar muqaddima va ikki qismdan iborat. Muqaddimada muallif asarning ёzilish tartibini baёn etgan va wzidan avval wtgan geograf olimlarning asarlariga twxtalib wtgan. Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabiston yarim orolida joylashgan mamlakatlar İroq, Mesopotamiya, Suriya, Misr, Mag’rib h’amda Kichik Osiёning geografik h’olati, mashh’ur shah’arlari, osori atiqalari, ah’olisi va uning mashg’uloti, etiqodi h’amda urf-odatlari, ah’olidan twplanadigan soliq va jarimalar va ularning umumiy h’ajmi, shuningdek, h’ar bir mamlakat va viloyatning mamuriy tuzulishi h’amda mashh’ur kishilari h’aqida malumot berilgan. İkkinchi qismda Ajam mamlakatlari Xuroson, Seiston va Movarounnah’r tavsiflangan. ”Ah’san at-taqosim” ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy h’amda madaniy h’aёtga oid qimmatli aniq malumotlari bilan blshqa geografik asarlardan ajralib turadi va arab mamlakatlari, shuningdek, Wzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy h’amda siёsiy tarixini wrganishda muim manba bwladi. Asarning arabcha matni de Gue tomnidan 1877 yili chop etilgan edi. U yana 1906 va 1967 yillari nashr etildi. ”Tarixi Yaminiy” ”Tarixi Yaminiy” (“Yamin ud-davla tarixi”) asarining ijodkori Utbiydir. Uning h’aqiqiy ismi Abu Nasr Muh’ammad ibn Abdujabbor Utbiy (taxm.961-1077 ёki 1036 yy.) bwlib, asli Eronning Ray shah’ridan. Olimning xonadoni badavlat va nufuzli zodagonlardan bwlib, uning tog’alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat qilishgan. Abu Nasr Muh’ammad Utbiy h’am yuqori davlat lavozimlarida turgan, Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989-998 yy.), swngra Ziёriylardan Shams ul-Maoliy Qobus ibn Vushmagir (998-1030 yy.)ning shaxsiy kotibi, keyinchalik G’aznaviylardan Sabuktakin (977-997 yy.), Sulton Mah’mud (998-1030 yy.) h’amda Sulton Masud (1031-1041 yy.) saroyida xizmat qilgan. Masalan, Utbiy Sulton Mah’mudning elchisi sifatida (999 y.) Garchistonga borgan, keyin Ganj rustakda soh’ib barid bwlib ishlagan va 1023 yili Sulton Mah’mudning amri bilan xizmatdan chetlatilgan. Manbalarda, xususan as-Saolibiy tazkirasida aytilishicha, al-Utbiy bir nechta yirik asar ёzgan. Lekin ulardan faqat bittasi ”Tarixi Yaminiy” nomli tarixiy asari saqlanib qolgan, xalos. Uning yana “Latoif al-kuttob” (“Kotiblarning latif swzlari”) nomli bwlib, u bizgacha etib kelmagan. ”Tarixi Yaminiy” amir Sabuktakin h’amda Sulton Mah’mud zamonida G’aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va qisman Movarounnah’rning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-isёsiy tarixini baёn etadi. Asarda Qoraxoniylarning Movarounnah’rni bosib olishi (992-996 yy.) h’aqida keltirilgan malumotlar benih’oyat qimmatlidir. Asar wrta asr tarixshunosligiga xos og’ir saj – nasriy qofiyali uslubda ёzilgan. Unda h’ukmron sinfning maqsad va manfaatlari h’imoya qilinadi, xususan Sulton Mah’mud va uning yaqinlari kwklarga kwtarib maqtaladi. Shuning bilan birga, tarixchi uzluksiz davom etgan urushlar, zulm, turli-tuman soliq va jarimalar tufayli xonavayron bwlgan meh’natkash xalqning og’ir turmushiga h’am ayrim wrinlarda kwz tashlab wtadi. ”Tarixi Yaminiy” asarining arabcha matni 1874 yili Deh’li, 1874 yili Buloq va 1883 yili Loh’ur shah’arlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar K.Shefer, T.Nёldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan frantsuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bwlib, eng durusti Abu Sharif Nosih’ al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 1956 va 1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz tiliga tarjima qilgan.
”Yatimat ad-dah’r” ”Yatimat ad-dah’r” ёki ”Yatimat ad-dah’r fi mah’osin ah’l ul-asr” (“Asr ah’lining fozillari h’aqida zamonining durdonasi”) nomli tazkirani wz davrining yirik olimi va shoiri Abu Mansur Abdulmalik ibn Muh’ammad ibn İsmoil asSaolibiy yaratgan. U 961 yili Nishopurda tug’ilgan, ilm-fanning turli soh’alari tarix, adabiёt, mantiq, arab tili va boshqalarni yaxshi bilgan, asosan tulki terisidan pwstin tikib sotish bilan shug’ullangan va as-Saolibiy degan nom bilan mashh’ur bwlgan. Olim Eron va Wzbekistonning taliy shah’arlari Jurjon, Marv, G’azni, Buxoro, Xorazmda turgan va ularning madaniy h’amda ijtimoiy-siёsiy h’aёti bilan yaqindan tanish bwlib, 1038 yili Nishoparda vafot etgan. As-Saolibiy ellikka yaqin asar ёzgan bwlib, Wzbekiston xalqlarining X-X1 asrdagi tarixi va madaniy h’aёtini wrganishda ”Yatimat ad-dah’r” h’amda “Kitob al-g’urar” asarlari aloh’ida ah’amiyat kasb etadi. ”Yatimat ad-dah’r” (995-1000 yillari ёzilgan) Wzbekiston, xususan Marv va Buxoroning X asrdagi adabiy muh’itini wrganishda asosiy manbalardan biridir. “Kitob al-g’urar” ёki “G’urar axbor muluk ul-furs va siyaruxum” (“Eron podshoh’larining tarixi va ularning h’aёti”) nomli asar G’aznaviylarning Xurosondagi noibi Abu Muzaffar Nasr ibn Nosuriddin (1020 yili vafot etgan)ning topshirig’i bilan ёzilgan muh’im tarixiy asardir. ”Yatimat ad-dah’r”ning arabcha matni 1883 va 1947 yillarda Bayrut va Qoh’irada chop etilgan. Uning Wzbekistonning X asrdagi adabiy muh’itidan baxs yurituvchi twrtinchi qismi wzbek tiliga İsmatulla Abdullaev tomonidan tarjima qilinib, 1976 yili Toshkentda chop etilgan.
”Mafotix ul-ulum ” Wz davri qomusi bwlmish bu kitobni Abu Abdulloh’ Muammad alXorazmiy yaratgan. U X asrda wtgan mashh’ur filolog va fan tarixchisidir. Uning twla ismi Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn Yusuf Kotibiy al-Xorazmiy bwlib, olim Somoniy Nuh’ 11 ibn Mansurning (976-997 y.) vaziri al-Utbiy qwlida dabir bwlib xizmat qilgani va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi h’amda davlat bosh idoralari uchun muh’im qwllanma bwlgan “Mafotix ul-ulum” (“İlmlarning kalitlari”) nomli muh’im asar ёzib qoldirganligi malum. Ushbu asardan malum bwlishicha, Abu Abdulloh’ yunon, surёniy, arab va fors tillarini mukammal bilgan keng malumotli kishi bwlgan. “Mafotix ul-ulum” 976-991 yillar orasida ёzilgan wziga xos izoh’li terminologik lug’at bwlib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan iborat bwlib, unda shariat bilan bog’liq ilmlar fiqh’, aqidalar, grammatika, idora ishlarini yuritish tartibi, sheriyat va tarix tug’risida malumotlar keltirilgan. İkkinchi qism twqqiz bobdan iborat bwlib, u ajam, yani arab bwlmagan xalqlar yunonlar, suriyaliklar, forslar, h’indlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy etgan ilmlar – falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, h’andasa-geometriya, falakiёtastronomiya, mexanika, musiqa va kimiё fanlarini wz ichiga oladi. Asarda yurtimiz h’aqida, xususan bu erda amalda bwlgan sug’orish wlchovlari h’aqida muh’im malumotlar h’am bor. “Mafotix ul-ulum” iomiy jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, İ.Yu.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning yuksak bah’osiga sazovor bwlgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bah’odirov tadqiq etib, maxsus kitob ёzgan.
“Devonu lug’at at-turk” “Devonu lug’at at-turk” (“Turkiy swzlar lug’ati”) Mah’mud Koshg’ariy nomi bilan mashh’ur bwlgan XI asr yirik tilshunos olimining noёb asaridir. Olimning twla ismi Mah’mud ibn al-Husayn ibn Muh’ammad al-Koshg’ariy bwlib, Qoraxoniylar xizmatida bwlgan turk beklaridan birining oilasiga mansub. U 1029- 1038 yillar orasida taxminan Barsg’onda tug’ilgan, lekin umrining kwp qismini Bolasog’un, Koshg’ar, Bag’dod va boshqa shah’arlarda wtkazgan. Mah’mud Koshg’ariy ёshligida yaxshi malumot olgan va wrta asr fanining kwp soh’alarini, xususan, arab tili, turkiy tillarni, tarix h’amda geografiya fanlarini chuqur bilgan. Uninng qimmatli “Devonu lug’at at-turk” asarining dunёda yagona qwlёzmasi h’ozir İstambulda (Turkiya) saqlanmoqda. Ushbu asarning arabcha matni 1915-1917 yillari uch jildda İstambulda, mukammal wzbekcha sharh’li tarjimasi S.M.Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960-1963 yillari Toshkentda chop etilgan. “Devonu lug’at at-turk” asarining usmonli turkcha 1939-1941 yillari B.Atali, inglizcha 1982-1985 yillari R.Dankoff bilan J.Kelli, uyg’urchasi esa 1981-1984 yillari bir guruh’ tarjimonlar tomonidan amalga oshirilib, chop ettirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |