ARAB TILIDA MASDARLARNING FE'LLAR OʻRNIDA QOʻLLANILISH HOLATI
Ismoilova Munira
TDSHU Arab filologiyasi 3-kurs talabasi (90) 808 74 29
Ilmiy rahbar: yu.f.n. dots. Begmatova Buzahro
Arab tili grammatikasida masdarlarning o’ziga xos o’rni mavjud. Masdar soʻzi lugʻaviy jihatdan ismul-makon صَدَرَ الأمْرُ عَنْهُ (“ish undan chiqdi”) ma'nosidan olingan. Basra maktabi olimlari fikriga koʻra masdar soʻzi tuyalarining chiqadigan yer uchun qoʻllanilgan soʻzdan olingan. Kufa maktabi olimlariga koʻra esa, مَفْعُولٌ soʻzidan olingan boʻlib, مَفْعَلٌ vazni asosida yasalgan. Bu ma'nolarga asoslanib, Basralik olimlar feʼlning masdardan hosil qilinganini, Kufaliklar esa masdarning fe'ldan hosil qilinganini iddao qilishadi. Istilohda esa masdar - zamon bilan aloqasi boʻlmagan, mavhum maʼnoga dalolat qiladigan soʻz turi hisoblanadi. 1
Masdar so'z turkumi sifatida ism soʻz turkumiga kirib, ismga xos boʻlgan bir qancha vazifalarni bajaradi. Shu bilan birgalikda masdar fe'llar kabi harakat maʼnosini ham ifoda etadi. Bir tomondan masdar haqiqiy bir ismga oʻxshasa, boshqa tomondan fe'llarga yaqin turadi. Zero, masdar butunlay boʻlmasada, fe'l bajargan vazifani bajara oladi.
Maʼlumki, arab tilida fe'liy gap tarkibida fe'l-kesim oʻzagidan hosil qilingan masdar kelsa, masdar الْمَفْعُولُ الْمُطْلَقُ sifatida qoʻllaniladi. Bunday masdarlar الْمَصْدَرُ الْمُطْلَقُ deb ham ataladi. Bunday holatlarda masdarlar feʼlni kuchaytirish, ta'kidlash vazifasini bajaradi. Masalan: ضَرَبْتُ ضَرْبًا –(“Qattiq urdim"). Baʼzi holatlar borda bu masdarlarining fe'llari hazf qilinadi (tushuriladi) va masdarning oʻzi nasb holatida (tushun kelishida) qoʻllaniladi. Omillari ya’ni, masdarni nasb holatida turishini talab qiladigan, fe’llari tushurilgan masdarlar uch turga bo’linadi:2
Omillarini hazf qilish ( tushurib qoldirish) mumkin bo’lgan masdarlar
Omillarini hazf qilish ( tushurib qoldirish) shart bo’lgan masdarlar
Omillari bo’lmagan masdarlar
1. Omillarini hazf qilish mumkin bo’lgan masdarlar. Baʼzi masdarlar borki, ularning omillarini yaʼni fe'llarini tushurish mumkin boʻlib, bunday masdarlarining fe'llari tushurib qoldirilishi ham, tushurilmasligi ham mumkin. Misol uchun vada berib vadasida turmagan kishi uchun مَوَاعِيدَ عُرْقُوبٍ maqoli qoʻllaniladi. Yoki feʼli saqlangan holda وَعَدْتَنِي مَوَاعِيدَ عُرْقُوبٍ shaklida ham qoʻllanilishi mumkin, yaʼni feʼlni tushurish ixtiyoriy. Maqolda ishlatilgan عَرْقُوبٌ soʻzi vadasida turmasligi bilan mashhur boʻlgan bir odamning ismi hisoblanib, u arab sheʼrlarida va maqollarida mashhurdir. Yoki hamma narsaga jahl qilaveradigan inson uchun qoʻllaniladigan غَضَبَ الخَيْلِ عَلَی الْلُجَمْ (“Yuganlangan ot kabi jahldor”) maqolida ham fe'l tushib qolgan. Aslida esa غَضَبْتَ غَضَبَ الخَيْلِ عَلَی الْلُجَمْ shaklidagi jumla hisoblanadi. Yoʻldan kelgan kishiga - خَيْرَ مَقْدَمٍ deyiladi. Aslida esa bu قدِمْتَ خَيْرَ مَقْدَمٍ (“Yaxshi kelish bilan kelding”) shaklida boʻlib, قَدِمَ feʼlini tushurib qoldirish mumkin hisoblanadi. Shuning uchun bu ifodalarining har ikkisi ham qoʻllaniladi. خَيْرٌ soʻzi إِسْمُ التَّفْضِيلِ (orttirma daraja) hisoblanib, gapda masdarning muzofi ( qaratqichli birikmaning qaratqichi ) boʻlib kelayotgani uchun u ham masdar hisoblanadi. Chunki إِسْمُ التَّفْضِيلِ masdarga muzof boʻlsa masdar maʼnosini oladi. Shu kabi fe'llarini tushurib qoldirish mumkin boʻlgan masdarlar fe'lsiz qoʻllansa jumlada ta'kid maʼnosi boʻlmaydi. Agar fe'l bilan qoʻllansa, masdar oʻzidan oldingi feʼlni الْمَفْعُولُ الْمُطْلَقُ sifatida ta'kidlab keladi.
Baʼzan esa fe'l oʻrnida qoʻllanilgan masdarlar oʻzidan oldingi gapni ta'kidlab keladi. Masalan: هَذَا الْقَوْلُ لا قَوْلَكَjumlasida لا dan keyin kelgan masdar oʻzidan oldingi jumlani takidlab kelgan. (هذا الْقَوْلُ لا أَقُولُ قَوْلَكَ - bu gap - “Mening gapim rost, sen kabi yolgʻon gapirmayapman” kabi maʼnoda)
2. Omillarini hazf qilish shart bo’lgan masdarlar. Yana baʼzi masdarlar borki ular nasb holatida qoʻllanilib, fe’llarni ta’kidlash maqsadidan tashqari hollarda fe’llari bilan hech qachon qo’llanilmaydi, masdarlari oʻsha fe'llar maʼnosida qoʻllaniladi. Bunday hollarda fe'llarning tushurib qoldirish shart boʻladi. Bunday masdarlar buyruq, qaytariq, duo yoki badduo maʼnolarida boʻladi.
قِيَامًا وَ لا قُعُودًا (“Tur, oʻtirma”) jumlasida amr va nahiy fe'lllari tushib qolgan boʻlib, jumlaning asli قُمْ قِيَامًا وَ لا قُعُودًا shaklida boʻlgan. Yoki boʻlmasa, إِجْتِهَادًا وَ لا كَسَلًا (“Jiddi-jahd qil, tanballik qilma”) gapida ham fe'llar tushib qolib masdar fe'llar oʻrnida kelgan.
Bundan tashqari, duo yoki badduo maʼnosidagi gaplarda ham fe'llar tushib qolib ular oʻrniga masdarlar fe'l vazifasini bajarayotganini uchratishimiz mumkin. Bularga جَدْعًا،_عَقْرًا،_بُؤْسًا،_بُعْدًا،_سُحْقًا_،_سَقْيًا'>رَعْيًا ، خَيْبَةً، جَدْعًا، عَقْرًا، بُؤْسًا، بُعْدًا، سُحْقًا، سَقْيًا masdarlarini misol qilishimiz mumkin. سَقْيًا va رَعْيًا masdarlari duo maʼnosida boʻlsa, yuqoridagilarning qolgan barchasi badduo maʼnosida ishlatiluvchi masdarlar hisoblanadi. Bunday holatlarda masdarlar ta'kid maʼnosini ifoda etmaydi, balki fe'l oʻrnida qoʻllaniladi. Bunday maʼnodagi masdarlarning fe'llari bilan qoʻllanishi juda noyob hol hisoblanadi. Ya'ni سَقْيًا (“Alloh seni suvsiz qoldirmasin”) jumlasi سَقَاكَ الله سَقْيًا tarzida, yoki رَعْيًا (“Alloh seni muhofaza qilsin”) jumlasi - رَعَاكَ الله رَعْيًا shaklida qoʻllanilishi juda kamdan-kam uchraydi. Badduo maʼnosida qoʻllaniladigan خَيْبَةً (“Alloh seni muvaffaqiyatsiz qilsin"), جَدْعًا (“Alloh seni parcha-parcha qilsin"), عَقْرًا (“Alloh seni naslingni davom ettirmasin"), بُؤْسًا (“Alloh seni muhtoj qilsin"), بُعْدًا (“Alloh seni uzoqlashtirsin"), سُحْقًا (“Alloh seni uzoq qilsin") masdralar esa fe'llari bilan esa خَيَّبَكَ الله خَيْبَةً، جَدْعَكَ الله جَدْعًا، عَقْرَكَ الله عَقرًا، أَبْأَسَكَ الله بُؤْسًا، اسْحَقْكَ الله سُحْقًا shaklida boʻladi.
Shu bilan birgalikda, حَمْدًا، شُكْرًا kabi masdarlar ham fe'llari tushurilgan hisoblanib, ular aslida أَحْمَدُ الله حَمْدًا، أَشْكُرُ الله شُكْرًا shaklida boʻlgan. Yoki boʻlmasa سُبْحَانَ الله، مَعاذَ الله kabi iboralar ham aslida أُسَبِّحُ الله سُبْحَانًا، أَعُوذُ بالله مَعَاذًا shaklida boʻlgan boʻlib, ular isteʼmolda fe'llari tushurib qoldirilgan holda ishlatiladi.
Arab tilida ishlatiladigan yana baʼzi لَبَّيْكَ (“Amr qil, senga boʻynim qildan ingichka, nima istasang davomli qilaman" degan maʼnoda”), سَعْدَيْكَ (“Senga itoat holidaman”), حَنَابَيْكَ (“Shavqatingga davomli muhtojman”), دَوَالَيْكَ (“Takror-takror, oraliqsiz qilaman”), هَدَادَيْكَ (“Nimani xohlasang sening uchun tark qilay”), هَجَاجَيْكَ (“Nimani xohlasang sening uchun tark qilay”) 3 kabi iboralar borki ular asli fe'llari tushib qolgan masdarlar hisoblanadi va shunday shaklda qoʻllaniladi.
3. Omillari bo’lmagan masdarlar. Arab tilida omili ya'ni feʼli boʻlmagan, oʻzi mansub holda ishlatiladigan masdarlar ham bor. Ularga badduo kabi تَعْسًا لَهُ ،بَهْرًا لَهُ ،دَفْرًا لَهُ iboralar, تَبًّا لَهُ، بَهْرًا لَهُ kabi "hayf unga" maʼnosidagi yoki boʻlmasa تُقَّةً، أُقَّةً kabi bir narsadan jahl chiqishi, yoki norozilik maʼnosini ifodalovchi iboralar, shuningdek, وَيْحَكَ، وَيْبَكَ kabi achinish maʼnosini beradigan iboralar kiradi. Bu kabi masdarlar ta'kid maʼnosini ifodalamaydi. Chunki bu iboralarning fe'l bilan ifodalanish shakli yoʻq boʻlib, arablar uni shu holda fe'lsiz ishlatishgan.
Yuqoridagi mulohazalarga koʻra shu maʼlum boʻldiki, masdarlar ma'lum holatlarda fe'lsiz bir oʻzi kelishi va feʼlning oʻrnida qoʻllanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |