AQShning shahar yo‘llari va ko‘chalarini obodonlashtirish bo‘yicha tajribalari
Reja:
Kirish
AQSH tajribasi va ITTni joriy etish vositalari
AQSH aqlli yo‘llar
AQSH Yo‘l harakati boshqaruvi quyi tizimlari
AQSH avtomatlashtirilgan yo‘l harakatini boshqarish tizimi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
80 yildan buyon evropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi aksariyat mamlakatlari va Amerika Qo‘shma SHtatlari transport siyosatini amalga oshirishda asosiy maqsad sifatida ITT ni maqsadli va muntazam ravishda ilgari surishadi.
Yaponiya 1973 yilda ITT va avtomobil transportini boshqarishning yagona tizimini tadbiq qilishni boshlagan dunyodagi birinchi mamlakatlardan biri sanaladi. 1996-yilda Bosh vazir boshchiligida SHtabga birlashtirilgan beshta vazirlik, akademik doiralar, sanoat va “ITT-YAponiya” maxsus tuzilgan tuzilmalari ishtirokida "YAponiyada ITT uchun kompleks reja" ni amalga oshirishga kirishdi. 2010 yildan keyin ITTni rivojlantirish bosqichi "ITT ning etukligi - Ijtimoiy tizimlarning innovatsion rivojlanishi" shiori ostida bo‘lib, bu loyihaning yakuniy davri bo‘ldi va u milliy ta’sirga erishish uchun asosiy tizim bo‘lib xizmat qiladi.
2003 yilda YAponiyaning ITT Jamiyati yana bir muhim hujjatni - "YAponiyada ITTni Rivojlantirish Strategiyasi" ni ishlab chiqdi, unda uchta maqsadli tizim e’lon qilinadi:
1. YAponiya - yo‘llardagi zarar nolga teng zona;
2. YAponiya - yo‘llarda kechikishlar nolga teng zona;
3. YAponiya - qulay transport sharoitlari zonasi (noqulayliklar bo‘lmagan zona).
AQSHda ITT rivojlanishi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan milliy dasturlarga asoslanadi. 1991 yilda ISTEA qonuni bo‘yicha AQSH Kongressi birinchi marta AQSH Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ITTni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik milliy dastur rejasini ishlab chiqdi. 1996 yilda kritik interfeyslar ro‘yxati bo‘yicha ITT standart dasturini ishlab chiqish boshlandi.
1998 yilda TEA21 qonuniga binoan ITT tadqiqot dasturini ishlab chiqish va ITT tarqatish dasturi boshlandi, AQSH Transport Vazirligining integratsiyalashgan ITTni ilgari surishda etakchi roli belgilandi, federal darajadagi tuzilmalar yaratildi, shu jumladan, tadqiqot olib boradigan, operatsion testlarni boshqaradigan, standartlarning rivojlanishini va Federal agentliklarning harakatini muvofiqlashtiradigan ITT dasturining umumiy ofisi ha yaratildi.
Ko‘plab hukumat tashabbuslari, masalan, "ITT ning milliy arxitekturasi"
"Standartlar ishlab chiqish dasturi", "Tijorat transport vositalar uchun axborot tizimlari va tarmoqlari (CVISN)", “SHaxar jamoat transporti, qishloq uchun ITT, yo‘lovchilar xavfsizligi uchun chora tadbirlar dasturlari” va “Baholovchi dastur” 2002 yil yanvar oyida ishlab chiqilgan “Milliy intellektual transport tizimining reja-dasturlari: 10 yilga nazar” ga asosan yaratildi, shuningdek hududiy, shtat va milliy darajalar o‘rtasidagi aloqalar uchun muhim interfeys ishlab chiqildi.
Ma’lumot almashish va siyosatni shakllantirish uchun "ITT milliy hisob palatasi" tashkil etildi.
Shunday qilib, AQSH ITTni rivojlantirish bo‘yicha muntazam yangilanadigan rasmiy strategik va dasturiy hujjatlar tizimini o‘rnatdi, bu rejalashtirishning barcha bosqichlarini - strategikdan tortib to hozirgacha qamrab oladi, qonunchilik darajasida davlatning ITTni tadqiq etish, rivojlantirish va tarqatishdagi ishtirokini kafolatlaydi.
Xitoyda Aloqa vazirligi ITTni 1997 yilda laboratoriya va ITT Milliy muhandislik-texnologiya markazi tashkil etish bilan boshladi. Markaz Pekin Aeronavtika va Astronavtika Universiteti, Pekin Pochta va Telekommunikatsiyalar Universiteti va shu kabi 40 oliy ta’lim muassasasidan tadqiqotchilardan tashkil togan. 2000 yilda Fan va texnologiyalar vazirligi va 10 dan ortiq manfaatdor vazirliklar va komissiyalar birgalikda ITT Muvofiqlashtiruvchi guruhini va ITT Markaziga bo‘ysunadigan asosiy loyihalar milliy idorasini va ITT Texnologiyalar Korxonalarini tashkil etdi. 2003 yilda ITT standartlashtirish bo‘yicha Xitoy milliy texnik qo‘mitasi tashkil qilindi, 2007 yilda "Xitoyning ITTni rivojlantirish strategiyasi" qabul qilindi. ITTning bosqichma-bosqich va rejalashtirilgan rivojlanishi uchun institutsional asoslar yaratildi.
Xitoyda ITTni rivojlantirish rejalangan asosda davlatning to‘liq nazorati ostida amalga oshiriladi. ITT xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha tegishli vazifalar iqtisodiy rivojlanishning besh yillik rejalarida aks ettirilgan. Xitoyda ITSning eng muhim loyihalari pullik yo‘llar bo‘yicha to‘lovlarni yig‘ish tizimida amalga oshirilmoqda, bu esa barcha viloyatlarda mavjud bo‘lgan mamlakatning yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. 2006 yil dekabr oyiga qadar umumiy uzunligi 3200 km bo‘lgan 64 tezyurar avtomobil yo‘llari uchun 160 elektron to‘lov tizimi ishga tushirildi.
Evropa Ittifoqi intellektual mobillik tushunchasini (intelligent mobility) ilgari surgan "Evropa harakatda: bizning qit’amiz uchun barqaror mobillik" nomli siyosiy hujjatni 2006 yilda qabul qildi. Uzoq muddatda avtoulovlar, poezdlar va kemalar samolyotlarda bir xil rivojlangan aloqa, navigatsiya va nazorat uskunalariga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.
2009 yil fevral oyida evropa Ittifoqi komissiyasi Trans-Evropa transport tarmog‘i siyosatining "TEN-T: Strategiyalar tahlili" YASHIL KITOB ning chiqishi bilan yagona multimodal tarmog‘ini yaratish bo‘yicha siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqish jarayonini boshladi. Tarmoqqa integratsiyalashuv jarayonini boshlash va tarmoqlararo ulanishning asosiy nuqtalari sifatida dengiz va havo portlaridan tizimli ravishda foydalanishni boshlashning ustuvor loyihalar prinsipi o‘rnida ustuvor transport tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kontseptual prinsip joriy etish boshlandi. ITTga transport infratuzilmasi maqsadlariga erishishning asosiy vositasi, qattiq infratuzilma va aqlli transport o‘rtasidagi ko‘prik aloqasi vazifasi yuklatildi.
ITT ni kengaytirish faqat davlat va xususiy sektorning sa’y-harakatlarini birlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkinligini anglash (negaki, ITT xizmatlarining bozor jozibadorligi ortib borayotganligi) 1991 yilda YAponiya va AQSH bilan bir vaqtda nodavlat notijorat tashkiloti – jamiyati tuzulishiga olib keldi ERTICO (ITT europe). ERTICO ning maqsadlari evropada ITTni bozor investitsiyalaridan tortib ilmiy tadqiqotlarigacha rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam berishdir. Jamiyat ITS sohasida o‘nlab loyihalar va tashabbuslarni muvaffaqiyatli tashkil etib, bu sohada Evropa lideridir. ITS loyihalari transportni rivojlantirish, evropa Ittifoqining tadqiqot va rivojlantirish doiralari, shu jumladan GNSS GALILEO-dan foydalanish bo‘yicha strategik hujjatlarga kiritilgan.
Umumiy evropa dasturi sifatida ERTICO avtotransport vositasini avtohalokatda topish va avtohalokat yuz bergan voqea joyiga favqulodda xizmatlarni chaqirish uchun transport vositalarini maxsus qurilmalar bilan jihozlash tashabbusi bilan chiqdi.
ERTICO ning jamoatchilik tashabbusi evropa komissiyasining "e_ call " ("favqulodda chaqiruv") dasturini qabul qilishiga olib keldi, u 2012 yildan boshlab umumiy evropa qonuniga kiritildi. Favqulodda chaqiruv dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan eI mamlakatlarida sotish uchun taqdim etilgan avtomashinalarni telematika qurilmalari bilan jihozlash talablari qonuniy ravishda o‘rnatildi, bu esa yo‘ldosh navigatsiyasi orqali avtohalokat o‘rnini aniq aniqlash va jo‘natish markazlari orqali zaruriy yordamni avtomatik ravishda chaqirish imkonini beradi. Masalan, Finlyandiyada "favqulodda chaqiruv" dasturini umumiy evropa qonunlarini qabul qilishni kutmasdan kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
ERTICO evropa Ittifoqi va Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning transport vazirliklari ishtirokida tashkil etilganiga qaramay, evropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan ichki va tashqi bozorlarda qabul qilingan siyosiy qarorlar bajarilishini ta’minlovchi ijtimoiy nodavlat muassasa hisoblanadi. ERTICO ning asosiy maqsadi yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, transportni boshqarish uchun aqlli transport tizimlaridan foydalanish, odamlar va tovarlarning harakatlanish darajasini oshirish, odamlar hayotining sifatini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini takomillashtirish va zararli ta’sirni kamaytirish sohasida evropa innovatsion texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan turli dasturlar ishlab chiqishdan iborat.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ERTICO dasturlarining ro‘yxati bu tashkilotning evropa Ittifoqi mamlakatlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qoshgan hissasini muhokama qilish imkonini beradi:
- ADASIS (Advanced Driver Assistant Systems Interface Specification –navigatsiya vositalarida haydovchiga sayohat paytida vaziyatni oldindan prognoz qilish uchun aniq xarita ma’lumotlaridan foydalanish;
- AIDE (Adaptive Integrated Driver-Vehicle Interface) – quvib o‘tish va murakkab manevrada e’tiborni chalg‘itadigan vaziyatda haydovchi e’tiborini jamlashga imkon beruvchi vositalar bilan avtomashinalarni avtomatlashtirish uchun maxsus elektron uskunalar va dasturiy ta’minotlardan foydalanish;
- ERTRAC (The European Road Transport Research Advisory Council) - Evropa Ittifoqi davlatlari manfaati uchun ilmiy tadqiqotlarni tuzish va optimallashtirish maqsadida evropa tadqiqot institutlarining yo‘l va transport sohasidagi o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish dasturi;
- eSafety Forum - eCall ("favqulodda chaqiruv") loyihasi ustida ish olib boradigan, favqulodda xizmatlardan foydalanish uchun elektron xaritalar yaratish, avtomashinadan operatorni nazorat qilish markaziga uzatish uchun turli kanallarning samaradorligini o‘rganishni o‘z ichiga olgan faol va passiv xavfsizlik tizimlarini ommaviy joriy qilish, avtotransport vositalaridan ma’lumotlarini uzatish uchun texnik echimlarni uyg‘unlashtirish, Amerika, YAponiya va boshqa telematika xizmatlari bozorlari qatnashchilari o‘rtasida yo‘l-transport hodisalari qurbonlariga favqulodda yordam ko‘rsatish bo‘yicha ustuvor vazifalar va xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun hamkorlik, maxsus radio kanali orqali yo‘l harakati qatnashchilariga real vaqt rejimida yo‘llardagi vaziyat bo‘yicha malumot berib borish;
- FeedMAP - elektron xaritalarning doimiy yangilanilishini ta’minlash;
- GST (Global System for Telematics) - ochiq telematik xizmatlarning ommaviy bozorini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan hamkorlikni rivojlantirish uchun texnologik maydonchani yaratish, birinchi navbatda, yo‘l harakati qatnashchilari bo‘lgan foydalanuvchilar uchun tezyordam va qutqaruv xizmatlari ma’lumotlarini to‘plash va uzatish;
- HeavyRoute - tez va xavfsiz yuk tashishni qo‘llab-quvvatlash dasturi;
- IP PReVENT - maxsus elektron qurilmalarni (ADAS – Advanced Driver Assistance Systems) joriy etish dasturi, bu haydovchiga yo‘l harakati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida ogohlantirish ma’lumotlarini olish va favqulodda vaziyatlardan qochish imkonini beradi;
- MAPS&ADAS (IP PReVENT) - yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash uchun elektron xaritalardan foydalanish;
- SAFESPOT - "aqlli" yo‘llarda ko‘proq "aqlli" mashinalarning paydo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash dasturi;
- SpeedAlert Forum - haydovchilarni belgilangan tezlik chegaralariga muvofiqligi to‘g‘risida xabardor qilish;
- ESP21 (European Security Partnership for the 21st Century) evropada adolatli, qonuniy, erkin va xavfsiz hayotni ta’minlash bo‘yicha kompleks yondashuv dasturi;
- AGILE (Application of Galileo in the Location-Based Service Environment) Galileo sun’iy yo‘ldosh tizimidan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun dastur;
- CVIS (Cooperative vehicle-infrastructure systems) - avtomobillar va yo‘l infratuzilmalari bilan o‘zaro ishlash dasturi;
- ENITE (European Network on ITS Training & Education) - aqlli transport tizimlarida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dastur;
- EuroRoadS - evropa yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish dasturi;
- FRAME Forum - evropa Intellektual Tashish tizimi uchun arxitektura dasturi;
- RCI (Road Charging Interoperability) - pullik yo‘llarni rivojlantirish dasturi;
- Road Traffic Information Group - yo‘l foydalanuvchilariga axborotlarni etkazib berishni qo‘llab-quvvatlash dasturi;
- TMC Forum (Traffic Message Channel) - avtomobil foydalanuvchilariga maxsus bag‘ishlangan radiokanalida haqiqiy harakat holati haqida ma’lumot berish dasturi;
- CONNECT, SIMBA - intellektual transport tizimini rivojlantirish uchun milliy va xalqaro dasturlar. Markaziy va SHarqiy evropa, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika va 2008 yilda Rossiyadagi dasturlarni o‘z ichiga oladi. Rossiyada SIMBA 2 loyihasining milliy koordinatori avtomobilni o‘g‘irlashning oldini olish bo‘yicha professional uyushma hisoblanadi.
- Network of National ITS Associations - Intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasining xalqaro tarmog‘ini rivojlantirish dasturi;
eCall dasturi ("Favqulodda qo‘ng‘iroq"). Umumiy evropa dasturi doirasida eRTICO avtomobillarni avtohalokatga uchragan va voqea sodir bo‘lgan joyga favqulodda xizmatlarni chaqirish uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlash tashabbusi bilan chiqdi. ERTICO jamoat tashabbus Evropa Ittifoqi deyarli barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, 2012 yildan boshlab umumiy evropa qonuniga aylanishi kerak bo‘lgan «e-call» ( «favqulodda qo‘ng‘iroq") dasturini qabul qilinishiga olib keldi. Favqulodda chaqiruv dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan eI mamlakatlarida sotish uchun taqdim etilgan avtomashinalarni telematika qurilmalari bilan jihozlash talablari qonuniy ravishda o‘rnatildi, bu esa yo‘ldosh navigatsiyasi orqali avtohalokat o‘rnini aniq aniqlash va jo‘natish markazlari orqali zaruriy yordamni avtomatik ravishda chaqirish imkonini beradi.
ITT ning faol rivojlanish sohasi. ITTni global miqyosda amalga oshirish faqatgina transport tarmog‘ining istalgan nuqtasida real vaqtda raqamli axborotning sezilarli hajmini arzon narxda uzatish bilan bog‘liq muammo bo‘lmaganda, to‘yingan aloqa maydoni sharoitida amalga oshdi. Eng faol transport infratuzilmasi va transport vositalari uchun asosiy texnologiyalarni ishlab chiqish:
1. Infrastruktura uchun aqlli tizimlar:
• avtomobil yo‘llarida harakatlanishni nazorat qilish;
• savdo yuk tashish;
• transport vositalarining to‘qnashuvi va ularning harakati xavfsizligini oldini olish;
• transport xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari;
• asosiy shaxar ko‘cha tarmog‘ida harakatlanishni nazorat qilish va avariya oqibatlarini bartaraf etish;
• axborotni boshqarish;
• intermodal yuk tashish;
• avtomobil yo‘llarida ob-havoning nazorat qilinishi;
• yo‘llarni ta’mirlash;
jamoat transporti boshqarish;
• harakat ishtirokchilari uchun ma’lumot.
2. Transport vositalari uchun aqlli tizimlar:
• to‘qnashuvlarni oldini olish tizimlari;
• to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimi;
• haydovchilar uchun yordam tizimi.
Evropa, Amerika Qo‘shma SHtatlari va YAponiyada ITTni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - aqlli avtomobil kontseptsiyasini amalga oshirishdir. "YUqori darajadagi xavfsizlik vositalari" xalqaro dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. Bortda aqlli tizimlardan foydalangan birinchi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ular baxtsiz hodisalar sonini 40 foizga va o‘lim sonini 50 foizga qisqartirishi mumkin.
"UNECE"(BMT ning evropa iqtisodiy komissiyasi) ta’rifi bo‘yicha "bortda aqlli tizimlar" atamasi transport vositasida o‘rnatilgan xavfsizligini ta’minlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobildagi sensorlardan yoki yo‘l infratuzilmasidan yoki boshqa manbalardan keladigan ma’lumotlardan foydalanish uchun o‘rnatilgan tizimlarni anglatadi.
Bugungi kunda o‘ndan ortiq “bortda ITT”- Zich transport oqimlarida masofadan qo‘llab quvvatlash tizimi; Avtomobil ni yo‘nalishdagi harakat tasmasida ushlash tizimi; Haydovchini charchoq haqida ogohlantirish tizimi; YOn tomondan to‘qnashishni oldini olish tizimi; Avtomobilni egri bo‘ylab harakatda ushlab turish tizimi; Mototsikllarni aniqlash tizimi va shu kabilar sotuvga qo‘yilgan yoki sinovdan o‘tkazilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |